“Magistrnoma”

Haya “Qorko’z” deb nomlaganimning sababi bor, magistraturada o’qigan kezimda guruhimiz bilan kelishgan holda o’zimizning “Magistrnoma” gazetamizni chiqaradigan bo’ldik, unga ko’ra to’qqizta talaba fakultetimizga doir istalgan muammo yoki o’zini qiziqtirgan hodisaga munosabat bildirgan holda erkin mavzuda bittadan maqola yozib kelishi kerak edi. Bu biz uchun cho’t emas, guruhimizda necha yillardan buyon yurtimizdagi yetakchi gazetalarda ishlab kelayotgan, ish tajribasiga ega, qalami o’tkir kursdoshlarim ko’p edi. Talaba ahli o’z-o’zidan ma’lumki (ayniqsa magistrantlar ular ancha ulg’aygan, o’zlariga juda yuqori baho beradilar) atrofga tanqidiy ko’z bilan qaraydi. Bunday olib qaraganda bu yaxshigina imkoniyat bo’lib, o’zimizdan esdalik bo’lishini xohlagan holatda, bunaqa ishga yeng shimarib kirishib ketdik. Kimdir maqolasida urib qolinadigan stependiyani tiyin-tiyinigacha hisoblab chiqqan, kimdir qashshoq kutubxonamizni tahlil qilgan, boshqasi ayrim domlalarning ochiq-sochiq kiyinishini, yana boshqasi (turmushga chiqqan qizlar bor edi) talaba onalar “lyugota”lari haqida… xullas kimni nima qiynagan muammo bo’lsa o’sha mavzuda yozgan edi. Jumladan, men ayrim keraksiz fanlar o’rniga mutaxasisligimizga oid fanlarni magistrantlardan sotsial so’roq o’tkazgan holatda xulosa, taklif va tavsiyalar bergandim. Shuningdek, na ishga ketishga ruxsat berib, na darsni qoyillatib o’tadigan, quruqqa bir soatu yigirma minutimizni behudaga o’tkazib yuboradigan domlalarimni birma-bir jihatlarini sanab o’tgan holatda “Vaqt o’g’irlaydigan domlalar” sarlavhali materialimni ham qo’shdik. (dars jarayonini tasvirga olib “Magistrantlarga o’tilayotgan darsning ahvoli” deya Youtubega qo’yish fikri bor edi, ammo qilinmagan. Yaxshiyam qilmaganim. Nimagaligini haliroq bilasiz☺)
Xullas, “Ketar jafosiga” deb biz, ya’ni matbuot gruppasidagilar birovning haddi sig’ib-sig’may, ko’rib aytolmagan muammolarni yozdik va tahlil qilib uni gazeta sahifasiga joyladik. Endi yakunda bir narsa qiynardi (o’zbekchilik qursin) o’qib bizdan ranjishmasin, aynan qaysi birimiz ekanligimizni bilishmasin, shuningdek qiziqroq bo’lsin deya kimligimizni maqola tagida taxallus bilan qoldiradigan bo’ldik. Nayzangul, Tikongul… meniki esa Qorako’z bo’ldi.
Qariyb bir oy deganda gazeta tap-tayyor holatga keldi. Guruh yig’ilishgan holda o’z hisobimizdan 50nusxa chiqardik. Dizayner, muassis, musahhih… hammasi o’zimiz edik.

Tayyor holda gazetamiz qo’limizga tekkan paytni eslasam☺…

Hamma xursand, shovqin, gazetani varaqlab barcha o’zining materialini qidirishga tushib ketgan, qayta o’qib chiqib, ba’zan ko’z ilg’amay o’tib ketgan imloviy xatoliklarni ham topganlar bo’ldi. Asosiysi bizning “Magistrnoma” (bu nomga to’xtalgunimizcha bir necha juda ko’plab variantlar bo’lgan) miz tayyor edi. Endi uni tarqatib, aks-sado qanaqa bo’lishiga judayam qiziqar edik.☺ Tayyor gazetani olib birma-bir: eng avvalo dekanga, keyin har bir kafedraga butun bir guruh bilan kirib tarqatib chiqqanmiz. Shuningdek, boshqa gruppadagi kursdoshlarimizga ham bir nusxadan, ulardan ham ortganini esa kichik kursdagi faol talabalarga tarqatgandik.

Mashmashalar gazeta tarqalganining ertasiga boshlandi…

One clap, two clap, three clap, forty?

By clapping more or less, you can signal to us which stories really stand out.