“Qorako’z”

Ko’plab kuzatuvlarimdan keyin aniqrog’i dangasaligimni yengibmi, vanihoyat men ham blog yozishga tutindim. Tabiatan yozuv-chizuv qilish, qiziqarli narsalarni o’qish va ko’ngilga yoqqanini yig’ish, hozirgi kunda zamonaviyroq qilib aytadigan bo’lsam “izbranni”ga olib qo’yadigan odatim bor. Vaqtim bo’lmay qolganda belgilab qo’yamanu, ilojini topganimda esa ularni birma-bir o’qiyman.

Soat 10–11ga qarab boraverarkan, hamma qizlarni o’ylovi bo’lgan: “nima ovqat qilsam ekan?” degan savol miyamda gi-gir aylanaveradi. Mana hozir ham shuni o’ylovida edim. Blog yozsammi yoki…

Agar blog yozishdek ishtiyoqimni so’ndirib yana qoldiradigan bo’lsam, u yana qachon keladi bilmadim, agar ovqat tayyorlamasdan yoza qolay bir gap bo’lar desam, uyda ochlikka daqiqayam chiday olmay, o’rniga o’zimni yeb qo’yadiganlar bor. Oshxonaga borib, qozonga qarayman… Harqalay, bugun tushlik uchun kecha qilgan ovqatimdan turibdi, demak tushlikkacha bemalol vaqtim bor. Uraa!

13.10.2014.

One clap, two clap, three clap, forty?

By clapping more or less, you can signal to us which stories really stand out.