Bitcoin ni qayerdan qanday sotib oladi?

Crypto Community of Uzbekistan
1 min readNov 23, 2022

Agar kripto olamiga endi kirib kelgan bo’lsangiz, firibgar (scammer)lardan ehtiyot bo’ling.

Bitkoinga (BTC) sarmoya kiritish murakkabdek tuyulishi mumkin, ammo Bitcoinga egalik qilish juda oddiy. Aslida Bitcoinning maqsadi ham shu, oddiy insonlarning o’z boyliklarini inflatsiyaga uchramaydigan shaklda saqlashlariga yordam berishdir.

  1. Eng birinchi va ommalashgan usuli bu Bitcoinni (CEX) Markazlashga birjalardan sotib olish.

Bitcoinni markazlashgan birjalardan sotib olmoqchi bo’lsangiz sizga

  • Binance, Kucoin, Kraken va ByBit kabi birja hisobi (akkount)
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (passport yoki ID)
  • Internet
  • Toʻlov qilish usuli (visa, master card yoki humo uzcard kabilar)
  • Birja hisobidan tashqarida shaxsiy hamyonga ega boʻlishingiz kerak.
  • Va albatda o’zingiz uchun bitcoin hamyoni (non-custodial wallet) ochib olishingiz kerak: Masalan: BitcoinWallet yoki Electrum kabilar. (Ko’proq bilishni hohlasangiz koment qoldiring alohida post qilamiz)

Bu usulda Binance, Kucoin va ByBit kabi birjalardan hisob ochasiz va hisobingizni fiat bilan to’ldirasiz, birjalarda to’gridan to’g’ri BTC yoki boshqa altcoinlarni sotib olishingiz mumkun. Etibor qiling, siz sotib olgan BTC yoki boshqa coinlar sizning birja hisobingizda turibdi, yani o’z hamyoningizda emas, bu o’ziga hos risk degani. Tavsiya qiladiganimiz, BITCOINni o’zingiz ochgan non-custodial hamyonga o’tqizib olishingiz kerak.

2. Ikkinchi usuli bu P2P platformalardan foydalanish

Bunda sizga kerak bo’ladigan narsalar

  • P2P platformalaridan birida hisob (localbitcoins, paxful kabilar)
  • Bazi P2P platformalar shaxsni tasdiqlashni so’raydi bazilarida yo’q

(YOZILMOQDA DRAFT)

--

--

Crypto Community of Uzbekistan

Our first goal is to educate people of Uzbekistan about Crypto Space, We believe in decentralization of finance.