Tarmoq / tizim administratori

{BB}
{BB}
Jul 22, 2017 · 3 min read
Rasm manbasi: penncommercial.edu

O’tgan safargi postimning oxirida agar sizga dasturlash qiyinday tuyulsa, boshqa soha ham bor degandim. Bugun shu haqida yozmoqchiman. Bir narsani aytib oʻtishim kerak, bugun gapiradigan yoʻnalishlar men aytganchalik osonmas, lekin dasturlashdan ma’lum farqli jihatlari bor. Ularga ham toʻxtalaman oxirrogʻida.

Bugungi kunda internet hayotimizning har bir sohasiga kirib anchagina qulayliklar yaratib beryapti. Uning hali foydalanilmagan imkoniyatlari ham talaygina. Endi savol: internet oʻzi nima, u qanday ishlaydi? Bu aslini olganda judayam murakkab savol. Bu savolga batafsil javob berishingiz uchun esa siz tarmoq administratori (network administrator) boʻlishingiz kerak. Bu nafaqat qiziq, balki yaxshigina daromadli soha ham. Xuddi dasturlashdagi kabi, qayerga bormang, sizga doim ish topiladi, “moʻmaygina maosh” tayin. Qolaversa, buning uchun universitetni aynan shu sohada bitirib chiqishingiz shart emas. Butun dunyoga oʻzining yuqori sifatli va chidamli tarmoq qurilmalari bilan tanilgan “Cisco” korporatsiyasining dunyoning 150 dan oshiq davlatlarda oʻquv akademiyalari faoliyat yuritadi. Shular qatorida Oʻzbekistonda ham: bizda eng nomdori UzSciNet qoshidagi oʻquv markazi. Bu yerda boshqa davlatlardagidan arzon narxda 5–6 oy muddatga boshlangʻich sertifikat uchun oʻqishingiz mumkin (CCNA Switching and Routing). Bu kurs yilda 2–3 marta ochiladi, xolos. Shuning uchun agar oʻqish istagingiz boʻlsa, qoʻngʻiroq qilib avvaldan yozilib qoʻyishingiz yoki kompaniyaning facebookdagi sahifasini kuzatib borishingiz kerak. Kurs yakunlangandan keyin sertifikatni olish uchun alohida imtihon topshirishingiz kerak. Qunt bilan oʻqisangiz imtihon umuman qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ushbu sertifikatning obro’si chet elda O’zbekistondagidan ancha yuqoriligini ham aytib oʻtishim kerak. Keyinchalik oʻzingizning qiziqishingizga qarab yuqori darajadagi sertifikatlarni olishingiz mumkin. Mendan yana bitta tekin maslahat: Dilya opa (toʻliq ismlarini bilmayman, chunki hamma shunaqa chaqirardi) degan oʻqituvchida oʻqing. Men oʻqiganimda 1-yarmida boshqa oʻqituvchi, 2-yarmidan Dilya opa kirgandilar. Oʻqituvchida ham gap koʻpligiga oʻshanda yana bir bor ishonchim komil boʻlgan.

Savol: Men Avstraliyada sizdek oʻqimoqchiman. Grant yutish imkoniyati qanaqa? Qancha pul topa olaman borganimdan keyin? Qolgan qismini ishlab topa olamanmi? Oʻqishga topshirayapman, IELTS balim yaxshi. Qaysi sohani oʻrgansam borganimda Avstraliyada yaxshi pul toʻlaydigan ish topa olaman?

Javob: Boshqa oʻqishlarni bilmadimu, lekin bizning oʻqishda men oʻqiyotgan sohaga topshirsangiz grant yutish imkoniyatingiz ancha baland. Agar baholaringiz va hujjatlaringiz yaxshi boʻlsa. Oʻrtacha 25%, Koʻpi bilan 50% yutishingiz mumkin. Qolgan qismini toʻlamoqchi boʻlsangiz, albatta, qoʻshimcha mablagʻ kerak. Lekin tarmoq CCNA sertifikatini olib Oʻzbekistonda kamida yarim yillik ish tajribasiga ega boʻlsangiz (istalgan internet provayderda texnik boʻlib), bu yerda

  1. Siznig ish topish imkoniyatingiz ancha yuqori boʻladi;
  2. Grant yutish imkoniyatingiz ham ancha oshadi.

Bu faqat Avstraliyada yoki Melburn Universitetiga emas, balki istalgan boshqa rivojlangan davlatga va nufuzli universitetga taalluqli. Ushbu link orqali tarmoq administratorlarining Avstraliyadagi maoshi haqida bilib olishingiz mumkin. Bu yerda esa maosh va boshqa statistik maʻlumotlarni ham bilib olishingiz mumkin. Au.indeed.com saytida hozirdan mavjud ish oʻrinlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Bu kasb bilan oʻqish va yashash xarajatlarini eplasa boʻladi.

Agar dasturchi boʻlsangiz ham, albatta, sizda ancha keng imkoniyatlar mavjud lekin tarmoq administratori dastur yaratmaydi balki tayyor yaratilgan dastur va qurilmalarni soz holatda saqlashga va ulardan unumli foydalanishga javobgar. Bu xuddi buxgalterning ishiga oʻxshaydi: barcha formula va qonun-qoidalar tayyor yozilgan — siz ulardan foydalanib mijozingizning soliq va boshqa majburiyatlarini yengillatishingiz kerak. Tajribangiz oshib borgani sari bu ishlarni karra jadvaliday eplay boshlaysiz.

Agar imkoniyat va qiziqish boʻlsa, tarmoq administratorining yoniga tizim administratorligini (System administrator) qoʻshishingiz mumkin. Bu kasb egalari server va boshqa maʻlumot markazlarini sozlash uchun javobgar boʻladilar va koʻp hollarda asosiy ishlari Linux operatsion tizimi bilan ishlash boʻladi. Buni oʻrganishingiz uchun hech qanday kurs ham shart emas. Shunchaki kompyuteringizga Linux OS (boshlovchilar uchun Ubuntu distributivi ancha oson va ommabop) oʻrnating. VMWare yoki VirtualBoxdan foydalanib virtual tizim sifatida oʻrnatsangiz Windows ichida uni ishga tushirishingiz va qandaydir xatolik yuz berganda avvalgi holatga qaytarishingiz ancha oson — boshlovchilar uchun juda qulay. Oxir-oqibat shu ikkala sohani oʻzlashtirib, Gollivud kinolaridagi xakerga aylanib ketishingiz ham hech gapmas).

Rasm manbasi: citizenop.com

P.S. Yuqorida bergan maslahatlarim bilan men shu yoʻldan ketsangiz barchasi men aytganday boʻlishiga kafolat bermayman. Oxir-oqibat hammasi oʻzingizga bogʻliq. Oʻzingiz ham qoʻchimcha izlanishingizni tavsiya qilaman.

{BB}

Written by

{BB}

Programming is everything and it's everywhere

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade