Mantiqan fikrlab, har bir axborotning ishonchliligini tekshirish hamisha muhim sanaladi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov fikricha, bu jihat maktablarda Science fanining qoʻyilishi haqidagi xabarlarga ham taalluqli.

Maqola gazeta.uz saytidan olindi va Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Facebook tarmog‘idagi «Potrebitel.uz» guruhi juda qizg‘in muhokama maydoniga aylanib ketdi. Unda Zuhra Nabiyeva ismli foydalanuvchi maktab dasturiga Science (tabiiyot) fanining kiritilishi bo‘yicha o‘z munosabatini bayon etib, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga ochiq xat bilan murojaat qilgan.

Biroz avval Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi 1−6-sinflar o‘quv dasturiga Science fani kiritilishi haqida xabar bergandi. Xabar berilishicha, yangi fan maktab dasturida avvaldan…


xanakademiyasi.uz

Maktab davrida muvaffaqiyat qozonish uchun maʼlumotlarni oʻzlashtira olish qobiliyatiga bogʻliq boʻlmagan boshqa zarur koʻnikmalar talaygina. Bular: oʻz hissiyotlarini aniqlash, ularni toʻgʻri nomlash va boshqara olish qobiliyatidir. Maktabda oʻtgan kunlar hissiyotga boy boʻladi va aynan shu hissiyotlar, u xoh xursandchilik, xoh tushkunlik holati boʻlsin, maktab muhitini oʻz-oʻzini idora etish koʻnikmalarini sinab koʻrish uchun eng mos joyga aylantiradi.

Men uchun ularga “hissiy” lugʻatlarini boyitishda koʻmaklashishning eng ishonchli yoʻli — bu oʻz hissiyotlarimni boshqarishdagi shaxsiy tajribamni dars paytida qoʻllagan holda koʻrsatish”, — deydi 2-sinflar oʻqituvchisi Lindsey Minder. …


Konstitutsiya va testologiya fani talablariga muvofiq kelmaydigan mantiqsiz imtiyozlar tizimi yosh avlodning adolatga ishonchini yoʻqqa chiqaradi hamda universitetlarga haqiqatan munosib nomzodlarni qabul qilishga toʻsqinlik qiladi, deya yozadi Komil Jalilov.

Oʻtgan hafta kirish imtihonlarining natijalari eʼlon qilindi. Qariyb 1,5 million nafar abituriyent va ularning oila aʼzolari buni intiqlik bilan kutishgan edi. Pandemiya sharoitida qiyin kechgan mazkur test sinovlari natijalarini testologiya talablariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan tahlil qilishimizga toʻgʻri keladi (tahririyat Davlat test markazidan oʻz soʻroviga javob kutmoqda), ushbu maqolada esa imtiyozlar masalasiga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz.

Test natijalari eʼlon qilingan kuni ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp muhokama qilingan mavzulardan biri abituriyentlarning javob varaqalari boʻldi. Ularda…


xanakademiyasi.uz

Muallif: Ben Orlin, oʻqituvchi, bloger, Math with Bad Drawings (2018) and Change is the Only Constant (2019) kitoblari muallifi.

Matematika oʻqituvchisi sifatida koʻp hollarda oʻquvchilarimdan koʻnglim qoladi. Ular dars qoldirishadi. Dangasalik qilishadi. Ulardan kalkulatorini olib qoʻysangiz, yosh boladek yigʻlashga tushishadi. Lekin eng yomon narsa — bu ular qilmaydigan ishlari. Ular savollar berishmaydi. Kerakli joylarni yozib olishmaydi. Testni qayta topshirishmaydi, hattoki bu umumiy baholarini oshirsa ham. Nahotki oʻqishdagi muvaffaqiyatsizliklardan hech xavotirga tushishmasa?

Oʻzlarini bunday tutishlariga sabablar anchagina: dangasalik, befarqlik, maktabdan tashqaridagi xalaqit beruvchi omillar va hokazo. Lekin mendan soʻrasangiz, men sizga chuqurroq sababni koʻrsataman: matematikani bilmaslik kishilarni oʻzini ahmoqdek his qilishga…


Pro-Vision Communications agentligining kadrlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Natalya Ageeva hikoya qiladi.

Yuqori texnologiyalar davrida har bir kishi qaysi kasb vakili boʻlishidan qatʼi nazar, muntazam ravishda oʻz bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Onlayn darslarga yozilish yoki biror-bir korxonada amaliyot oʻtash yangi koʻnikmaga ega boʻlishning eng oson usullaridan biridir. Siz uchun bulardan qay biri ahamiyatliroq ekanligini aniqlab olish uchun, keling, ularning xususiyat va afzalliklarini koʻrib chiqaylik.

Yangi koʻnikmalarni egallashga yoʻnaltirilgan onlayn va offlayn kurslarning afzalliklari


Maqola medium.com saytidan olindi va Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Kengayib borayotgan koinotdagi masofa siz oʻylagandek harakatlanmaydi. Kosmologlar singari fikrlashni oʻrganmas ekansiz, buni tasavvur qila olmaysiz.

Koinotning kelib chiqishi, tarixi va buguni haqida bir qancha muhim maʼlumotlar mavjudki, ularni aqlga sigʻdirish oson emas. Bulardan biri Katta portlash — koinotning bir muncha vaqt oldin, aniqroq aytganda, 13,8 milliard yil avval paydo boʻlgani toʻgʻrisidagi gʻoya. Bu koinotning biz bilgan hozirgi holatini tasvirlash uchun zarur boʻlgan birinchi qadamdir: u materiya va nurlanish, shuningdek, oxir-oqibat yulduzlar, galaktikalar, sayyoralar va odamlarga aylanuvchi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Xoʻsh, biz qanchalik uzoqni koʻra…


Illyustratsiya: Eldos Fazilbekov / “Gazeta.uz”

Maqola gazeta.uz saytidan olindi va Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Hozirgi zerikarli va mafkuraga boʻysundirilgan ijtimoiy fanlar texnika fakultetlari talabalariga kerak emas. Ularni oliy taʼlimning “jon-u ruh”iga aylantirish orqali qanday jonlantirish mumkin? Qanday qilib oʻquv jarayoniga zarar yetkazmasdan fanlarni 50 foizga qisqartirsa boʻladi? Faylasuf, sotsiolog va antropolog Valeriy Xan oʻz maqolasida mazkur savollarga javob beradi.

Prezident parlamentga murojaatida oliy taʼlim tizimidagi vazifalardan birini belgilab bergan: chet el tajribasi asosida oliy taʼlim standartlarini takomillashtirish, uning yoʻnalishlari va oʻrganilayotgan fanlar tuzilishini qayta koʻrib chiqish. Tanlangan mutaxassislik bilan bogʻliq boʻlmagan fanlarning soni ikki karra qisqartirilishi kerakligi taʼkidlangan.

Valeriy Xan…


xanakademiyasi.uz

Muallif: Erik P.M. Vermeulen, biznes va moliya boʻyicha professor.

Nega biz kelajak taʼlimiga yanada ijodiyroq yondashishimiz kerak?

Taʼlimni isloh qilish, uni raqamli asrda voyaga yetayotgan yoshlar uchun moslashtirish — qiyin vazifa.

Men buni har doim bilganman.

Lekin oʻtgan hafta olgan saboqdan chiqargan xulosam shuki, men bu masalaga biroz yuzaki qaragan boʻlishim ham mumkin.

“Akkreditatsiya (roʻyxatdan oʻtkazish) tadbiri”ga tayyorgarlik mobaynida orttirgan tajribam meni joriy taʼlimdagi achchiq haqiqatlar bilan yuzlashtirdi.

Sodda qilib aytganda, taʼlimni isloh qilish men kutganimdan koʻra birmuncha osonroq kechishi, ijodkorlik va innovatsiya maʼqullanishi mumkin, deb oʻylab qoldim.

Oxir-oqibat, universitet va universitetdan tashqaridagi faoliyatim davomida oʻzim suhbatlashgan barcha insonlar taʼlimni isloh qilish kerakligiga ishonishdi. …


xanakademiyasi.uz

Maqola spot.uz saytidan olindi va Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Pandemiya nafaqat Oʻzbekistondagi, balki butun dunyodagi menejer (ish yurituvchi)lar uchun yaxshi saboq boʻldi: biznesning “tor” jabhalari ochildi. Taʼlim bozori ham bundan mustasno emas.

Pandemiya sababli masofaviy taʼlim karantin sharoitida bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishning yagona imkoniga aylandi. Maʼruza hamda mashgʻulotlar Zoom va boshqa dasturlardan foydalangan holda oʻtkazilmoqda. Maktab oʻquvchilari uchun esa maxsus televizion darslar tashkil etildi va bular keyinchalik ham davom etar, ehtimol.

Taʼlim muassasalarining asoschilari hamda rahbarlari Spotʼga taʻlim sohasi endi qanday rivojlanishi, onlayn taʼlimning karantindan keyingi ahamiyati va soha samarali faoliyat olib borishi uchun hal…


xanakademiyasi.uz

• Bevaqt oʻlimning oldini olish;
• Butun dunyoni bepul internet bilan taʼminlash;
• Tadqiqotda qatnashish uchun 1200 yevro;
• COVID-19 — ikki muhim yangilik;
• Muzlik davridagi harorat.

Shu kabi qiziqarli yangilikar haqida bilishni xohlaysizmi? Unda biz bilan hafta yangiliklari olamiga sayohat qiling.

Hammasi juda oddiy: bevaqt oʻlimning oldini olish yoʻli aniqlandi

Khan Academy Oʻzbek Blog

Bepul taʼlim – barcha uchun har yerda va hamisha. Foydali maqolalar bilan boʻlishamiz. xanakademiyasi.uz loyihasining rasmiy blog sahifasi.

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store