unsplash.com

Nega onlayn-taʼlim anʼanaviy taʼlimdan yaxshiroq?

Muallif: Mattan Griffel

Aksariyat insonlar onlayn-taʼlim hech qachon anʼanaviy taʻlimning oʻrnini bosa olmaydi, deb oʻylaydi. Ammo, men ularning fikriga qoʻshilmayman: onlayn–taʼlim anʼanaviy taʼlimdan-da samarali boʻla oladi.

Onlayn–taʼlim hozirda u qadar rivojlanmaganligi sababli, unga bepisand qarash, mashinalar ishlab chiqarilayotgan vaqtda otlardan foydalanishni afzal koʻrishga teng.

Onlayn-taʼlimning asosiy afzalligi:

Taʼlim tizimi raqamli koʻrinishda boʻlsa, oʻrganuvchilarning koʻrsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish osonlashadi.

Xoʻsh, tajribali oʻqituvchining dars xonasida vazifasi nima? Tajribali oʻqituvchi dars xonasida quyidagi ishlarga ulgurishi kerak:

  • Qiyin mavzularni tushuntirishda samarali materiallardan foydalanish;
  • Har bir oʻrganuvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini qisqa muddatda oʻrganib chiqish;
  • Olingan maʼlumotlardan kelib chiqib tezlik bilan yangi metodlarni qoʻllash.

Tajribali oʻqituvchi oʻquvchining koʻzlariga qarab u mavzuni tushungan yoki yoʻqligini ilgʻay olishi kerak. Bunda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida jonli muloqot sodir boʻladi. Shu sababli, yaqin kelajakda onlayn darslar anʼanaviy sinf xonalaridagi darslar darajasiga yeta olmaydi deb oʻylashingiz mumkin.

Ammo, qaror qabul qilishga shoshilmang. Scientific America bergan maʼlumotlarga koʻra, bundan ikki yil oldingi eng tez ishlaydigan kompyuter odam miyasiga nisbatan 10 marta koʻp maʼlumot saqlay olgan va maʼlumotlarni 4 marta tezroq qayta ishlagan.

Hozirgi kunda onlayn-taʼlimda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilimlardan toʻliq foydalanishmayapti, hatto.

Tasavvur qilib koʻring, oʻqituvchida oʻquvchining qaysi mavzuda qiynalayotganini, mashqlarni bajarishi uchun qancha vaqt ketganligini va hatto, dars jarayonida oʻquvchining fiziologik holati (koʻz qorachigʻi harakati, yurak urish tezligi) ni bilish imkoni bor.

pixabay.com

Anʼanaviy taʼlimdagi eng katta muammo — bu barcha uchun bir xil bilim berish uslubi ishlatilinishidir.

Istalgan sinfda tengdoshlaridan ortda qolgan yoki oldinga oʻzib ketgan oʻquvchilarni uchratishimiz mumkin.

Hatto, eng yaxshi oʻqituvchi ham qachonlardir oʻziga quyidagi savolni bergan: “Men, koʻproq oʻrganuvchilar mavzuni tushunishi uchun sekinlashishim kerakmi yoki oʻquv-rejani tugatish uchun mavzularni tezroq oʻtishim kerakmi?”

Shuning uchun ham ular tezlik va ta’lim berishda bir marom (temp) ni saqlashga harakat qilishadi.

Onlayn-taʼlim esa bu muammoni hal qila oladi. Negaki, u individual taʼlim berishga asoslangan va taʼlim olish jarayoni oʻquvchi hamda uning moslashuvchanligiga qarab oʻzgaradi.

Tasavvur qilib koʻring, hech bir dars bir xil oʻtilmaydi. Dasturlash darslarida oʻquvchilar bu fanda egallagan koʻnikmalariga qarab, kelgan joyidan davom ettiradi, yangi qoʻshilgan oʻquvchilar esa fanni boshidan boshlaydi. Bundan tashqari, oʻquvchining bilim olish qobiliyatiga qarab, turli usulda maʼlumotlarni yetkazish yoki oʻquvchining qaysi mavzularda qiynalayotganini bilib, u uchun alohida dars jadvali tuzish mumkin.

Aslida, bularni tasavvur qilishingiz shart emas. Chunki, Salmon Xon oʻzi asos solgan Khan Academy yordamida bularni amalga oshirmoqda.

Onlayn–taʼlimda erishilgan yutuqlar sababli oʻqituvchilar darslarga “startup” loyihalar singari munosabatda boʻladi.

“Startup” loyihalar ishga tushirilgandan soʻng, turli savol-javoblar, oʻyinlar, elektron manzilga yuboriladigan xabarlar, isteʼmolchilarning fikrini bilish kabi harakatlar uyushtiriladi. Nega endi ulardan taʼlim tizimida foydalanmasligimiz kerak? Ularni ham qoʻllash mumkin, ammo buning uchun biroz vaqt kerak boʻladi.

Baʼzida, odamlarning onlayn–taʼlimga bepisand qarashi xafa qiladi. Lekin, biz koʻrib turgan onlayn dars va platformalar bu yoʻldagi dastlabki qadamlar ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak.


Manba: medium.com


Matnda xato topgan boʻlsangiz, blog@bilimonlayn.uz email manziliga yoki Telegram orqali @khanacademyuzbek_adminga xabar bering. Rahmat :)

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade