O’zgacha mashinalar mamlakati. Janubiy Koreya avtobozorining o’ziga xos farqlari.
Hyundai, KIA, SsangYong, yo’qolib borayotgan Daewoo … Biz yosh Koreyaning avtomobil hayoti haqida yana nimalarni bilamiz? Xatto Hyundai “zamonaviylik” deb tarjima qilinishi, KIA ning to’liq abbreviaturasi esa -“Osiyodan butun dunyoga chiqish” ekanligi ko’pchilikni ajablantiradigan ma’lumot bo’lishi mumkin. Aslida, Janubiy Koreya - butunlay o’zga avtomobil dunyosidir, yevropaliklar buni ba’zan tushunishi qiyin. Ehtimol, shu sababli bu yanada qiziqarli tuyilar. Mamlakat atigi ellik yoshda, shuning uchun u osongina shaharlarni avtomobil ehtiyojlariga moslashtirishga muvaffaq bo’ldi. Endi qarama-qarshi jarayon kuzatilmoqda-ko’p qatorli avtomobil yo’llarini, fuqarolar hayoti uchun ajratilgan joylar egallab olmoqda.

Faqat o’zinikimi?
Janubiy Koreya-katta mamlakat emas. Agar yashash uchun yaroqsiz bo’lgan tog’ va tepaliklarni uning xududidan chiqarib tashlasak, Estoniya bilan taqqoslanadigan yer maydoni qoladi. Faqat bitta farq bilan, Boltiqbo’yi davlatida qariyb 1,3 million fuqaro hayot kechirayotgan bo’lsa, Koreya Respublikasida esa 52 million kishi istiqomat qiladi. Va bu odamlarning barchasi farovonlikka intiladi, shu o’rinda xar kim o’z mashinasiga ega bo’lishni xohlaydi. Imkon boricha bir oilaga, ikkitadan.
Shu sababli poytaxtning yangi turar joy xududlarida, kamida 20 qavatli uylar qurilmoqda. Xar bir bino ostida 3–4 qavatli avtoparklar yashiringan. Orqa xovlisida mashinalar turar joyiga ega bo’lgan eski uch qavatli binolar faqat Seulning bir necha tumanlarida qoldi xolos. Bu uzoq davom etmaydi, asta-sekin past qavatli binolar, osmono’par binolar foydasiga buzilmoqda.



Bundan chamasi yigirma yilllar avval Janubiy Koreya yo’llarida faqat koreys avtomobillari-Hyundai,KIA, SsangYong va Daewoo harakatlangan. Shunday qilishni qonun talab etar edi. Vaqt o’tishi bilan SsangYong Hindistonning Mahindra & Mahindra Limited kompaniyasi tasarrufiga o’tdi, Daewoo General Motors konsernining tarkibiga kirdi. Ammo ikkala gigant-Hyundai va KIA — xech kim bilan birlashmadi, yakka xolda gullab-yashnamoqda. Ba’zida ular umuman raqobat qilmayotganday va aksincha bir-birini to’ldiradiganday tuyiladi. Ikkala kompaniyaning ofis binolarini olsak, ular yonma-yon joylashgan va deyarli bir-biriga o’xshash, faqat logotiplar boshqacha xolos.

Endi vaziyat o’zgargan, ammo tubdan emas. Koreyada import avtomobillar xali kam uchraydi, ammo avvalgiday odamlar hayratiga sabab bo’lmayapti.
Yo’q bo’lgan avtomobillar.
“Jahon Savdo Tashkilotiga kirishdan avval koreyslar faqat mahalliy avtomobillarini sotib olishi mumkin edi, deydi sayoxat bo’yicha yo’lboshchimiz Ingo. -Xozirda odamlar chet el mashinalarini afzal ko’rishmoqda. Hech bo’lmaganda turfa xillik uchun. Ehtimol, eng mashhurlari nemis avtomobillaridir. Lekin yapon avtomashinalarni sotib olishmaydi, ular sotilmasligi sababli emas. Bunga asosiy sabab, Birinchi Jahon urushi tugaganidan -1948 yilgacha Koreyaning Yaponlar tomonidan ishg’ol etilishi va bunga insonlarning salbiy munosabati xaligacha saqlanib qolganligida deb bilaman. Shu sababli bizda Toyota yuqori darajada xurmatga sazovor emas. Ajablanarlisi shundaki, Lexus va Infiniti bilan bundan mustasno. Ular yapon emas, balki lux avtomobillardir ”.
Bizda, avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida mavjud bo’lmagan, ammo boshqa nom bilan dunyoda keng tanilgan brend alohida e’tiborga loyiqdir. Boshlanishiga, quyidagi rasmlarda qanday mashinalar ko’rsatilganligini taxmin qilib ko’ring : Renault, Kaptur, Koleos?


Yo’q, bular Samsung QM3 va QM5. Aslida hammasi oddiy: 1994 yilda tashkil etilgan Samsung Motorsning 80 foizi fransuzlarning Renault kompaniyasiga tegishli. Busan shahrida joylashgan zavodning yiliga 155,000 dona mashina ishlab chiqarishiga qaramay, xorijiy bozorlarda Samsung avtomobil markasi namoyish etilmaydi.
Belarusiyada eng mashhur brendlardan biri -Volkswagen -Janubiy Koreyada deyarli uchratmaysiz. “Dizelgeyt bilan bog’liq janjaldan so’ng, bunday mashinalar toboro kamayib bormoqda”, - deya tushuntirdi bizning yo’lboshchimiz mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib. - Men ushbu mavzudagi yangiliklarga sharhlarni ko’rdim: agar mashinalar yaxshi ishlashgan bo’lsa, unda bu holatda egalari qanday azob chekishdi? Aslida bu yerda, ekologiya ta’sir jiddiy qabul qilinadi. Avtomagistral qanday buzilib, Chonghecheon daryosining o’z o’rnida qayta tiklangani xaqidagi voqealarni eslang. Agar ishlab chiqaruvchi dastlab mashina ajratib chiqaruvchi zararli is gazlarining haqiqiy qiymatlarini ko’rsatganda edi, odamlar bu mashinalarini sotib olishmasligi mumkin edi. Qanday bo’lmasin, bu yolg’on. Mamlakatimiz, Volkswagen egalarini savdo dillerlar bilan o’zi shug’ullanishiga qarab turmadi. Hukumat ishlab chiqaruvchidan mijozlar uchun kompensatsiya to’lab berishni talab qildi. Kompaniya rad etdi. Bu erda ko’plar bu javobni haqoratli deb bilishadi: bu degani ular (Volkswagen) amerikaliklarga pul to’lab berishdi, lekin bizga to’lanmaydimi? Rad etilgandan so’ng hukumat ushbu brendni Janubiy Koreyada sotish litsenziyasini bekor qildi. Portda uch mingga yaqin mashina qolib ketti -ishlab chiqaruvchi uni bozorga qaytishga umid qilmoqda edi. Ammo bu yuz bermadi. Natijada, minglab mashinalar kemalarga qayta yuklanib, boshqa joyga olib ketildi. Dizelgeytdan so’ng KIA va Hyundai dizel yengil avtomobillarini sotishdan va yanada rivojlantirishdan voz kechganliklarini e’lon qilishdi”.
Bu yerda mashinalar qanday sotib olinadi?
Janubiy Koreyada, aholi zichligi yuqori bo’lishiga qaramay, sariq pressa yangiliklarida yoziladigan, mashina sotib olish bo’yicha qonuniy to’siqlar yo’q. Avtoraqamlarga qarab juft / toq sanada xarakatlanish bo’yicha taqiqlar mavjud emas(koreyaliklarning aytishiga koʻra, ular 90-yillarda bunday amaliyotni ham amalga oshirishgan). Faqat bir istesno, tengsizlik desa ham bo’ladi - tirbandlik paytida jamoat transporti uchun ajratilgan bo’laklarda “moviy raqamli” mashinalarga ham harakatlanish ruxsat beriladi. Belgilangan yo’llarda va shahar ko’chalarining ko’p qismida chap tomonida aloxida yo’l ajratiladi. Shunga ko’ra, shahar markazlaridagi avtobus to’xtash joylari ham yo’lning o’rtasida qurilmoqda. Oddiy avtoulovlar ham maxsus yo’llarda harakatlanishi mumkin, ammo transport kam bo’lsa, ammo tirbandliklar paytida-taqiqlangan (istisno — olti yo’lovchidan ko’proq mashinalar).

Avtoraqamlarga qaytsak. Moviy rangli raqamlarining egalari nega avtobuslar bilan bir qatorda xarakatlanishi mumkin? Gap shundaki, bunday raqamlar faqat elektrda xarakatlanuvchi va gibrid avto transport vositalariga beriladi. Ulardan biri bizga SK Korporatsiyasining tadqiqot markazida namoyish etildi. Endi ular litium-ionli batareyaga alternativa bo’lishi kerak bo’lgan yangi batareyada xarakatlanadi.


Jismoniy shaxslarga odatiy oq rangli raqamlar beriladi. Tijorat transporti sariq rangli raqamlarda yuradi.

Yangi mashinalar bilan hammasi ravshan: kreditlar, salonlar, kafolatlar. Ikkilamchi avtobozor haqida nima deyish mumkin? Bu savol Ingoni biroz o’ylantirib qo’ydi, u darhol nima deb javob berishni ham bilolmadi. “Bizning mintaqada sizlardagi kabi avtomobil bozorlari kam”, dedi u. -Ba’zi savdolar maxsus saytlar orqali amalga oshiriladi. Rostini aytganda, do’stlarim orasida eski mashinaga qiziqadiganlar yo’q. Hamma yangi avtomobillar sotib olmoqda. Agar mashina eski yoki urilgan bo’lsa, treyd in dilllerlariga topshiriladi. Dilerlar bularni asosan eksportga jo’natadilar ”.
To’grisini aytganda, Janubiy Koreyaning yo’llarida besh yoshdan oshgan avtomobillarini ko’rish mushkul. Istisno tariqasida katta va kichik yuk mashinalari bo’lishi mumkin. Ular shaxardan tashqarida ko’proq uchraydi, ayniqsa mamlakat janubidagi odamlar baliq ovlash bilan shug’ullanadigan orollar mintaqasida. Boshqa xollarda, siz ko’rib turganingizdek, Koreya Respublikasi butunlay boshqa avtomobillarga ega mamlakatdir.
auto.onliner.by saytida e’lon qilingan maqoladan @mukhamedovblog telegram kanali uchun o’zbek tiliga tarjima qilindi.
