
Bir olifta, Po`stdumbalik Rulet va Qurut
“Ketmonni sopi peshonasiga “qars” etib urilganda, “Voy ketmoney!” deb yuboradi” — Xojiboy Tojiboyev.
“Ko`rmaganni ko`rgani qursin” deb bekorga aytishmas ekan. Bir yaqin tanishim (Polvonjon, uni shunday ataymiz) yaqinda chet-elda bo`lib qaytdi. Bir yilgina. Keldi-yu, noliy ketdi. Havoni issiqligidan shikoyat qildi, bizdagi “fast-food” haqida tomog`i teshulguncha nolidi.
Kel endi ozgina chalg`isin, yaxshi gaplardan gaplashib o`tiramiz deb 5-6 ta o`rtoqlar kechki ovqatni birga qiladigan bo`ldik. Choyxonaga telefon qilib joyni band qildik. Kechki payt yig`ilib, gaplashib o`tirgan ham edik, palovxon to`rani ko`tarib dastyor yigitlar kirib kelishdi.
Tovoqni betida ikki bo`lak po`stdumba turibdi.
“Iyuuuv, qanaqa qilib yeysizlar bunaqa narsani?! Axir bu g`irt iflos narsaku, qo`yni k*tini ham yiydimi odam?” — deb gapni boshladi. O`tirganlar bir-birimizga qarab qo`ydik. Shunda yonimdagi sherigim gap boshladi:
— Birga esingdami bozorning darvozasi oldidagi choyxonadan no`xat olib yer edik.
— O`sha no`xatning betidagi po`stdumba edi. Nega buni endi ko`rgandek ensang qotadi? Otang, onang qo`yni k*tini yemaganmi?
Chet-eldan qaytgan sherigimiz jim bo`lib qoldi. Bir biriga qovushmagan 2-3ta gapdan keyin, dasturxonga fotiha tortib, ketishga tayyorlandik. Tashqarida turganimizda Polvonjon sigareta olmoqchi bo`lib sotuvchi ayolgan 2-3 ming uzatdi. Qaytimiga sotuvchi ayol 2 dona qurut berdi. “Qurut! Na bular gigienani biladi na sog`liqqa etibor beradi.”— noliy ketdi yana. Shunda boyagi sherigimiz Polvonjonni og`zidan sigaretani olib shunday dedi:
— Siz gigiyenadan oldin farosat ilmini o`rganing. Sog`liqdan so`z ochishdan oldin, qurutning zarari bilan og`zingizdagi sigaretaning zararini o`rgning.
Email me when Khurshidbek publishes or recommends stories