AQShda ikki boshli toshbaqa dunyoga keldi

Loggerxedlar boshli dengiz toshbaqalari nomi bilan ham mashxur. Floridada tug’ilgan kichkintoy o’z nomini butunlay oqladi.

Sherzod Mutalov
Aug 22, 2017 · 2 min read
Ikki boshli toshbaqacha (osti)

Floridaning 50 kilometr uzunligidagi sohil loggerxed (Caretta caretta) toshbaqalari juftlashish uchun keladigan sayyoramizdagi eng katta joy hisoblanadi. O’tgan yili ular bu yerda 122 000 tuxum qo’yib ketdilar. Afsuski, hamma toshbaqachalar ham tirik qolmaydilar. Dunyoga endi kelganidayoq ular xilma-xil xavf-xatarga uchraydilar. Biologlar tushuntirishlari bo’yicha, kichkintoylar tuxumdan chiqayotgan paytda tuxum po’chog’iga yaralanishi va bu bilan suzishga otlanishda qiyinchilikka uchrashi mumkin. Suvda esa ular baliq to’rlariga aralashib qolishi, yoki ularni kutayotgan yirtqichlarga duchor bo’lishi mumkin.

Ikki boshli toshbaqacha (usti)

Statistika bo’yicha, mingdan bir (ayrim manbalar bo’yicha — o’ng mingdan biri) loggerxed voyaga yetib katta bo’ladi. Har xil salomatligidagi og’ishlarga ega bo’lgan tur tirik qolish ehtimoli yanada kamroq. Ikki boshli toshbaqani topgan biolog ham, bu toshbaqa uchun hayot ko’ngilsiz bo’lishini oldindan aytib bermoqda.

Xilma-xil hayvonlar — sutemizuvchilar ham, reptiyalar ham — ayrim vaqtlarda dunyoga ikki bosh bilan keladilar. Bu genetik og’ish bo’lib, “politsefaliya” deb nomlanadi. Bu og’ish zigota bo’linishi davrida vujudga keladi. Odatda, ular voyaga yetish davrigacha tirik qolmaydilar.

Asl manba: http://www.nat-geo.ru/nature/1118520-v-ssha-rodilas-cherepakha-s-dvumya-golovami-video/

)
    Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
    Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
    Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade