Biologlar ilk o’simliklar sayyoramizda paydo bo’lish vaqtini aniqladilar

Sherzod Mutalov
Aug 22, 2017 · 2 min read
Rizomnium nuqtali (Rhizomnium punctatum) mikroskop ostida (x400)

Xloroplastlarning molekulyar analizi, ular protoo’simlik hujayrasida qaysi payt paydo bo’lib qolganligini aniqlashga imkon berdi. Aynan shu unikal hodisa butun sayyoramizning yuz ko’rinishini o’zgartirib yubordi.

Quyosh energiyasini “tutib”, bu energiyani suv molekulalari va karbonat angidrid bilan shakar molekulalariga birlashtirishda o’simliklarga xloroplastlar yordam beradilar. Bu hujayra ichi organellalar qachonlardir “protoo’simlik” tomonidan zabt etilib, borgan sari u bilan ittifoqqa kirishgan sianobakteriyalar, ko’k-yashil suv o’tlarining tanazzulga uchragan va juda uzoq ajdodlari hisoblanadi. Bu g’aroyib simbioz bir tomonni universal resurs manbai, ikkinchi tomonni esa barqaror va himoyalangan yashash joyi bilan ta’minlab berdi.

Ko’k-yashil suv o’tlari mikroskop ostida

Proceedings of the National Academy of Science jurnalida chop etilgan yangi maqola mualliflari bu ittifoqning ro’y berishi oni haqida ayrim tafsilotlarini aniqlashtirdilar. Darhaqiqat, hozirgi vaqtgacha aynan qaysi sianobakteriya xloroplast ajdodi bo’lganligi, va hattoki aynan qachon va qay tarzda uning boshqa hujayraga qo’shilishi sodir bo’lganligi aniq emas. Patrisiya Sanches-Barakaldo (Patricia Sánchez-Baracaldo) va uning Bristol unversiteti kasbdoshlari, bir tomondan xloroplastlar biomolekulalari, ikkinchi tomondan sianobakteriyalardagi yig’ilib borgan o’zgarishlarini kuzatib turgan holda “molekular soat" uslubini qo’lladilar. Bunday solishtirish natijasi ularning ajralish vaqtiga ishora berdi. Hodisa 2.1 mlrd yil avval sodir bo’lgan deb tahmin qilinmoqda.

Nazarda, bu hodisa rostdan ham bir martda sodir bo’lib, “ikkilangan” hujayra avlodlariga esa simbioz batamom tugashi uchun yana tahminan 200 mln yil kerak bo’ldi. Xloroplastlar ajdodlari tarkibida bo’lgan oqsillar hossalariga asoslangan holda, ularning uchrashuvi chuchuk suv havzasi sharoitlarida sodir bo’lib, uzoq vaqt davomida barcha o’simliklarning ajdodi hisoblanib kelgan sho’rsevar suv o’tlarining gullab yashashi davri keyinroq, tahminan 1.3 mlrddan so’ng boshlangan.

Asl manba: https://naked-science.ru/article/sci/biologi-vyyasnili-vremya-poyavleniya

)

    Written by

    C#-developer

    Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
    Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
    Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade