Uch App. Va Medium yaxshiligi haqida tvit

Yoki blogpost.

Bugun, 28-noyabr 2015-yilda uchta App — VKontakte, Medium, Tinder’ni telefonimga o’rnatdim. Va ulardan faqat Medium yoqqani haqida tvit yozmoqchi edim-u, o’zingiz bir ko’ring (yoki ko’rganlarga bir eslatay) deb blogpost yozishga qaror qildim.

Ha, post telefonda yozildi. Menimcha, kasal emasman. Chunki Medium’ning mobil dasturida yozish qulay, o’qish esa undanda zo’r ;)

Xullas WK’dan boshlayman.

Bu ijtimoiy tarmoq qanday qilib dunyoda ikkinchi — Facebook’dan keyingi o’rinda, hayronman.

  • Log in qilishda har doim, har yerda pand bergan;
  • App dizayni rasvo. O’tgan zamon “super portal”lariga o’xshaydi;
  • Yozuv shriftlari yoqimsiz;
  • App’da vebdagisi kabi onlayndagilar yo’q;
  • Tanishlar kam — zerikarli (bunisi faqat men uchun).

Yaxshi tomoni — vk.com/likeit_uz manzilida texnologiyalar haqida yozadigan peyj bor ekan (reklama huquqlari asosida yozildi) ☺

Ikkinchisi — Tinder.

Ideyasi yaxshi App. Ma’lum radiusni tanlaysiz, shu hududdagilarning suratini taqdim etadi. Yoqsa — layk, yoqmasa — ”iks”.

Agar siz suratini layklagan kishi sizning suratingizni ham layklasa, tanishish uchun gaplashadigan bo’lim ochiladi.

P.S. Meni hech kim yoqtirmagan. Yoki App algoritmi xato ☹

Yoqmagan tomonlari:

  • Yaqin atrofdagi, deb ko’rsatilgan a’zolar shunchaki qiziqtirish uchun;
  • Bizda juda kam odam foydalanadi.

Bir tomondan yaxshi App — avtobusda bir ko’rishda kimnidir yoqtirib qoldingiz-u, lekin tanishishga, sevgi izhoriga tortinyapsiz. Tinder’ni ochasiz, u ham Tinder’da bo’lsa, rasmi chiqadi. Layklaysiz, unga ham yoqsangiz, suhbatlashib ko’rasiz. Balki tez orada to’y bo’lib ketar.

Sevgi — uyat emas. Sevgisiz yashash va aybsiz farzandlarni yuragini kemtik qilish — ham ayb, uyat!

Yomon tomoni — nega bu App menga kerak!? Shundoq ham ishlarim ko’p. Kimnidir yoqtirib qolsam, shart o’ziga borib aytaman. Zarurmi yuztasi bilan tanishish…

Va nihoyat Medium ilovasi haqida.

Yaxshi ilova. “Chotkiy” ishlaydi. Benuqson.

Yuqorida yozganlarim — uch xil rang, uch xil shakl, nuqtali-raqamli qator, link berish, surat qo’yish imkoni bor.

Har kuni yaxshi blogpostlar o’qish mumkin. Faqat ingliz tilida.

O’zbekchasi kamligi. To’g’rirog’i yo’qligi — yagona yoqmagan tarafi.

Ko’paytirasiz, degan umiddaman ☺

Mana bitta tvitimda shuncha ma’no. Tavsiyam, meni Follow qiling ;)