Qanday qilib biror dasturlash tilida to’liq ishlay oluvchi dasturchi bo’lish mumkin?!

Full satck developer

Full stack (Ma’lumotlar bazasi, foydalanuvchi interfeysi va dasturning biznes jarayonlarini tashkil qiliuvchi) web dasturchilar, Ular Stack Overflowning 2016 yilgi olib borgan so’roviga ko’ra hozirgi kunda juda ham ko’p izlangan va kerakli dasturchilar bo’lib chiqdi. Hozirgi kunda internetda full stack dasturchi bo’lsh uchun yetarli online yoki individual kurs va resurslar mavjud bo’lib ular, hattoki, yosh dasturchilarni bilimlarini baholagan holda ularga ish ham taklif qiladilar. Masalan:

Stepik online kurslari
Udemy online portali

Ushbu maqolada, men qaysi web saytlar yoki koding bootcamplarda eng yaxshi online kurslar borligi haqida yozmoqchi emasman, buning o’rniga, hozirgi kunda full stack web dasturchi bo’lish uchun eng kerakli bo’lgan va muhim sanaladigan narsalar haqida to’xtalib o’tmoqchiman.

Full stack web dasturchi bo’lish back end va front endda ham bemalol ishlay olish uchun yetarli darajada ko’nikmaga ega bo’lish degani emas, buni amaliy jihatdan uddalash uchun ko’p yillik mehnat talab qilinadi. Qachonki siz web dastur yaratish jarayonida yuqorida nazarda tutilgan ikki tomonda ishlay olsangiz va qanday ishlar bo’layotgani haqida tushuna olsangiz, sizni full stack dasturchi deyish mumkin.

Agar siz 2018 yilda Full Stack Web dasturchi bo’lishni hohlasangiz va shu bilan birga o’zingizni dastlabki ishingizni topishni chin dildan istasangiz, quyida keltiriganlarni o’rganishingizga tog’ri keladi.

  1. HTML va CSS
HTML va CSS

Deyarli barcha web dasturlashni o’rgatuvchi kurslar, nainki u online yoki induvidual bo’lsin o’rgatish jarayonini albatta HTML va CSSdan boshlaydi. Sababi shuki, ular webni ajralmas qismlari hisoblaniladi. Soddaroq qilib aytganda, HTML web sitega kontent qo’shishsa masalan: jadval, matn yoki ro’yhat va boshqalar CSS ushbu kontentga stil ya’ni chiroyliroq ko’rinish berishda ishlatiladi.

2. Javascript

Javascript

Javascript Full Stack, Front end va Back end uchun mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Bu browserda ishlaydigan yagona dasturlash tili bo’lib, bir vaqtning o’zida serverda back end o’rnida ham ishlatsa bo’ladi masalan Node.js.

3. Back-End uchun dasturlash tili.

HTML & CSS va Javascriptni o’rganib bo’lgach , sizga back-end ya’ni ma’lumotlar bazasi, foydalanuvchi autentifikatsiyasi va dasturdagi biznes jarayonlarni shakllantirish uchun biror dasturlash tilini tanlab uni chuqur o’rganish talab qilinadi. Quyida Indeed.com olib borgan so’rovga ko’ra back-end dasturlash tillarini top-9 taligi keltirilgan.

Taklif qilinayotgan ish joyiga tog’ri keluvchi dasturlash tillari. 2017–2018 -yillar uchun

4. Ma’lumotlar bazasi & Web Storage

Qachonki web dastur yaratayotganingizda foydalanuvchilar ma’lumotlari yoki qandaydir kerakli ma’lumotlarni qayergadir saqlab keyinroq ishlatish zarurati tug’uladi. Buning uchun sizdan SQL, NoSQL e.g MongDB kabi texnologiyalarni o’rganish talab qilinadi.

Ma’lumotlar bazasi

5. HTTP & REST

HTTP internet bilan ishlash uchun zarur bo’lgan dastur protokoli bo’lib, u web dastur orqali serverga yuboriladigan Javascript — AJAX so’rovlarini boshqarib turadi. Masalan :

GET — serverdan ma’lumot olish uchun

POST — serverga ma’lumotni saqlash uchun

PUT — mavjud ma’lumotni yangilash uchun

DELETE — serverdagi ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi ma’lumotni o’chirish uchun ishlatiladi.