“keepgoing.uz” ilk bora “Intelect2all”da

O’zbekiston Respublikasida har yili o’tkazilib kelinayotgan “Intelect2all” IT tanlovi — ko’plab dasturchi yoshlarga ulgan imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Shu yilning may oyida start olgan ushbu tanlov “keepgoing.uz” sayti uchun ham muvaffaqiyatli bo’ldi. Saralash bosqichida ishonchli g’alabani qo’lga kiritib, final bosqichini naqd qilgan ushbu jamoa, shu yilning sentabr oyining 21-kuni tanlovning so’ngi bosqichida “all360.uz” dan keyingi sovrinli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Ushbu ko’rik tanlovda veb saytlar yo’nalishi bo’yicha 40 ta saytlar qatnashgan bo’lsa, final bosqichiga kuchli 16 ta veb saytlar yetib keldi. Albatta, final bosqichigacha yetib kelishning o’zi ham katta gap. Bunday nufuzli tanlovda “keepgoing.uz” jamoasi ilk qatnashishiga qaramay, kuchli uchlikdan joy oldi.

Sayt haqida qisqacha to’xladigan bo’lsak, bu sayt o’zbek tilida veb dasturlash tillarini o’rgatuvchi sayt bo’lib, undan hozircha HTML, CSS, JavaScript tillaridan darliklar mavjud. Saytning ustunliklaridan biri — matn muharririning mavjudligidir. Ya’ni siz saytimizdan chiqib ketmasdan, o’zingizni kodingizni yozib, natijasini onlayn ko’rishingiz mumkin. Bundan tashqari HTML dan bir nechta video darsliklar ishlab chiqilgan bo’lib, bundan foydalanuvchilar bemalol o’z bilim va mahoratlarini vizual tarzda oshirishlariga imkon bo’ladi.

One clap, two clap, three clap, forty?

By clapping more or less, you can signal to us which stories really stand out.