So’ragan edingiz
Dunyodagi eng qisqa, qayg’uli xikoya qaysi hikoya ekanligini bilasizmi? Bu hikoya muallifini ismi esimda yo’qku-ya, lekin hikoya nima haqidaligi yaxshigina esimda.
Bolalar oyoq kiyimi sotiladi, kiyilmagan.
Bu hikoyani dastlab o’qiganimda ma’nosiga tushunmagan edim. Yaqinda shu hikoyani internetdan qidirib, nimaga muallif bunday yozganligiga, bu hikoyani nimasi qayg’uli ekanligiga guvoh bo’ldim. Bungacha bilgan emasdim. Gap shundaki, bu oyoq kiyimni sotayotgan odam, ushbu poyabzalni hali tug’ilmagan shiringina farzandiga olgan ekan. Ayanchli taqdirni qarangki, farzandi tug’ilmasdan nobut bo’libdi. Bu inson esa farzandiga olgan poyabzalini quchgancha yig’layveribdi, yig’layveribdi. Natijada bozorni bir chekkasiga o’tirib olib, alam va istirob bilan shu poyabzalni sotayotgan holida muallif tamonidan bayon qilingan ekan.