TUIT(Tashkent university of information technology) dan IUT (Inha university in Tashkent) ga sayohat yoki meni hayotimni tubdan o’zgartirgan qadam.

Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti (TATU) juda boy tarixga ega. Bu oliy o’quv dargohidan necha — necha o’z sohasining yetuk egalari kamol topgan. Men ham ana shunday ilm maskanida oz bo’lsada taqsil olganimdan xursandman. TATU mening ulkan qadam tashlashimga, mustaqil fikrlay olishimga turtki bo’ldi, men TATU dan Inha universitetiga o’qishimni ko’chirganimdan hech ham afsuslanmayman.

2014 — yil Toshkent axborot texnalogiyalari universitetining Dasturiy injinering fakulteti(DIF)ga, to’lov shartnoma asosida o’qishga qabul qilindim. Bundan xursand edim. Men o’qishga kirishimdan oldin kompyuter haqida office dan tashqari umuman savodim yo’q edi, lekin matematika, fizika va ingliz tili fanlarini yaxshi bilar edim. Oz fursatda kompyuter haqida umumiy tasavvurga ega bo’ldim, buning uchun TATU professorlari va Korea tomonidan tashkil etiladigan o’quv dasturlari juda katta yordam berdi. O’sha paytlari Toshkent shahrida yurtboshimiz tashabbusi bilan Inha universiteti tashkil etilgan edi va men bu haqda yaxshigina ma’lumotga ega edim. Ushbu oliy dargohda Nodir va Islom (litseydagi kursdoshlarim) o’qar edi, to’g’risi ularga havas qilar edim. Chunki Inhada darslar korealik professorlar tomonidan ingliz tilida olib borilar edi. Oktabr oylarini oxirida Nodir menga telefon qildi va Inhaga boshqa universitetlardan o’quvchilar o’qishini ko’chirishi mumkinligini aytganda rosa xursand bo’ldim. Bu ish dekabr oyini oxirida, matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan imtixon bo’lishi, imtixonlardan o’tgan talaba ingliz tilidan ochiq suhbatga kirishi va hamma bosqichlardan a’lo o’tgan kishi 2 — martdan, 2 — o’quv yilidan o’qishni boshlashi mumkin edi. Men bunga astoydil tayorlanishni boshladim. Meni naznimda: “Inhada dasturlashga oid ko’roq narsa o’rgatishadi, TATU da o’zimga kerakli bilimlarni o’zlashtira olmayapman. Agar inhaga o’tsam TATU dan ziyod bilimlarni o’rganaman” — deb o’ylardim, eh o’sha payt notog’ri fiklagan ekanman men nodon.

Keyin nima bo’ldi-yu, Allohni inoyati bilan, ota-onam duosi bilan barcha imtixonlardan a’lo o’tdim va inhani rasman talabalar safidan joy olishga to’la haqli edim. Lekin oldimda katta ish ya’ni TATU ni, jonajon o’qishimni tark etishdek mashaqatli ish turar edi. Kursdoshlarimni ba’zilari “o’qishinni o’zgartir”, ba’zilari esa “o’zgartirma” deyishar edi. O’sha paytlari TATU ning rektor o’rin bosari bilan uchrashishni axd qildim, ulardan maslahat olish niyatida edim. Lekin mana shu suhbat bir umr qalbimda muhrlanib qoldi. Quyida ularni gaplarini so’zma — so’z bayon qilaman.

  • Avvalo seni Inha talabasi bo’lganin bilan chin dildan tabrikliman, qayerda o’qisen ham sog’ bo’lgin, lekin senga bitta savol nimaga Inhaga o’tayapsan?

Bu savol meni esankiratib qo’ydi, bunaqa savol tugul bu haqda umuman o’ylab ko’rmagan ekanman. Lekin javob berishim kerak edi va men shunday dedim:

  • Inha xalqaro toifadagi universitet bo’lgani uchun darslar inglis tilada olib boriladi, bu menga ulkan imkoniyatlar ochib beradi.
  • To’g’ri lekin bizda (TATUda) ham korealik mutahasislar ingliz tilida dars berishadi, mana sen ingliz tilini yaxshi bilar ekansan qatnash shunaqa o’quv kurslariga, agar hozirdan faol o’quvchilarizmidan biri bo’lsen, katta kurs bo’lganingda agar nasib qilsa “Prezident”, “Beruniy” stipendiyalari yutib olishin, buning natijasida magistraturaga imtiyozli byudjet asosida o’qishga qabul qilinishing mumkin. O’ylimanki bu inhada erishadigan yutuqlarindan ortiq bo’lsa bordirki, aslo kam emas.

Men chuqur hayolga o’yga tonib qoldim va yana u kishi:

  • Tasavvur qil, bitta oilada 10 ta farzand bor va boshqa oilada 1 ta farzand bor, qaysi bir oilada farzandga bo’lgan e’tibor jon boshiga hisoblanganda kuchli bo’lishi mumkin? Albatta, bitta farzandli oilada, chunki ona mehri faqat bitta ya’ni bor mehri unga sarflanada, 10 ta farzandli oilada esa, ona mehri 10 ga taqsimlanadi. Endi fikr qil, inhada 100 ta talaba o’qiydi, bizda esa 8 mingdan oshiq. Ularda bitta tadbir bo’lsa, darrov ovoza bo’lib ketadi. Lekin bizda tadbir bo’lsa, talabalar ko’pligidan, hammasiga ham yetib bormidi. Bizda ham inhada yaratilgan sharoit yaratilgan, faqat sizlar undan oqilona foydalansangiz bas.

Shunaqa dedilar-u, menga omad tilab, o’z nasihatlarini berdilar. Men uyga qaytar ekanman, hayolimda o’sha gaplar edi, agar yana ozgina shunga o’xshash gaplar aytganlarida, men aniq TATU da o’qar edim.

2 — mart, meni inhadagi birinchi o’qish kunim. Men inhadaman, universitet rostdan ham ajoyib, chiroyli o’qisa arziydigan maskan ekan. Hali ham oldimda, inhagi birinchi darsim fizika edi va bu dasrni fransuz professor o’tar edi. Hammasi ajoyib edi, qachonki fizika kitobni ochmagunimcha. Chunki bizlar baribir o’zbekmiz, o’z ona tilimizda savodimiz chiqqan va maktabda, kollejda yoki litseyda ham o’z ona tilimizda o’qiganmiz. Lekin inhada hamma fanlar ingliz tili ekanligi menga bir muncha qiyinchilik tug’dirdi.

Asosiysi bu emas, yuqorida aytgandim: “inhada ko’proq narsa o’rganaman…” deb yozgan edim. Ha rostdan shuday bo’ldi desa ham bo’ladi. Chunki inha talabalari mavzu jihatidan TATU dan oldinda edi, men ularga yetvolish uchun mustaqil o’qishimga to’g’ri keldi. Shunday qilib odam mustaqil o’qish kerak ekanligini anglab yetdim. Mana masalan TATU ni professorlari ham Inha ni professorlari ham bir xil ta’lim berishadi, men TATU da darslardan qoniqmasdan, mustaqil o’qimasdim, lekin inhada professorlarni o’rgatgani kamlik qilib, mustaqil o’qishni o’rgandim, chunki inhada ko’rdimki, odam o’qimasa hech qanaqa natijalarga erisha olmas ekan.

Xulosa qiladigan bo’lsam, odam o’qimaslik uchun biror nimani bahona qilishi kerak emas, aksincha bor imkoniyatdan foydalanib, o’ziga qulay muhit yaratib olish kerak ekan. Zo’r universitetda o’qimagan bilan, o’rta hol universitetda o’qigan bola xuddi Nexia bilan Sparkka o’xshataman, ya’ni Nexia egasi mashinasini bor imkoniyatlaridan to’liq foydalanmidi-yu, lekin Spark egasi mashinadan oqilona foydalanadi. Yana bir gap: “zo’r oliygohda o’qidim, endi meni kelajagim porloq bo’ladi” degan gap, hato gap. Taqdirimizni avvaldan yozib qo’ygan Qudratli zotning bergan risqidan hech qachon qochib keta olmaymiz. Biz qo’limizdan kelgan ishni qilaylikda, natijasini yaratgan izmiga topshirsakgina barcha mushkilimiz osonlashadi…