Wifi parolini 10 soniyada buzish!

Assalomu alaykum bo’lajak xakerlar. Bugun siz bilan qanday qilib, wifi parolini buzishni o’rganamiz. Buning uchun bizga notebook va kuchli diapazonga ega wifi kerak bo’ladi. Ishni “Bismillo…” dan boshlimiz.

Notebookingizdan kerakli wifini tanglang va ustiga bosing. Parol kiritish oynasi chiqadi. Bu ishni qilishga 1 soniya kifoya. Hisobimizda 9 soniya qoldi. Shu on, hamma ishimizni qo’yib, bir mulohaza qilib ko’raylik:

O’zganing wifidan foydalanib nimaga erishamiz? O’zganing haqini nahotki tortib o’lishdan qo’rqmasak? Bu bilan kimdurlar bizni xaker deb atashini hohlaymizmi? Ho’sh, ular bizni o’zganini wifini buzib kirganimiz uchun tasannolar aytarlar, lekin buning gunohi og’ir-ku. Nahot shu tamonini o’ylab ko’rmasak?

Shu kabi mulohazalar aytaylik 5 soniya vaqtimizni oldi. Boshqa tamondan ya’ni shaxsiy tamondan olib qarasak:

Tasavvur qilin, siz internet paket sotib oldingiz. Siz yangi kompyuter foydalanuvchisiz. Wifi tarqatdingiz, aksiga olib wifiga parol qo’yish hayolizdan ko’tarilibdi. Natijada 1 kun ichida hamma intenet paketingiz “xaker”lar tamonidan o’zlashtirilib, sarflanibdi. Bundan jahlingiz chiqishi aniq. Unda nimaga o’zgaga bunday imkoniyatni taqdim etayapsiz? U ham sizni ishingizdan aziyat chekishi aniq-ku. Nega bila turib, boshqalarga quvonch o’rniga, qayg’u ulashayapsiz? Dunyodagi “qora xakerlar” ham o’zlarini qabig’ ishlarini amalga oshirishni, kimningdir wifiyidan, kimningdir shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlashdan va yana allaqanday ishlarni qilishdan boshlagan. Nahotki, biz shunday ishlarni qilish uchun o’qiyotgan bo’lsak.

Ko’ngildagi fiklar, shu kabi o’ylar uchun 3 soniya yetarlidir menimcha. Ana endi qolgan 1 soniyaga be’malol o’zganing wifini buzib, mazza qilib foydalanishingiz mumkin. Aytganchalik, agar buzib kirgan bo’lsangiz, bu maqolaga “like” bosishni unutmang.

“Корзинка” dagi “Note” larim sahifasidan…