Paranoya. Media-degradatsiya!

Telekanallarimiz va ota-onalarga murojaat tarzida

Jonga tegdi sifatsiz kontent. Qaysi kanalga qarama muhim mavzularga qanaqadur bo‘magur ko‘rsatuvlar tayyorlashadi. Juda ko‘pchiligimizni esimizda, maktablarda tarbiyaviy soatlar o‘tkazilardi. To‘g‘risi, o‘zim “qo‘shimcham bor” deb bahona qilib ketardim yoki umuman survorardim. Chunki o‘ta zerikarli edi, boshqa kassetasi yo‘q magnitofonga o‘xshab qayta-qayta bir xil narsa eshitar edik.

G‘urur, or-nomus, poklik, iymon haqida haqiqatdan ham juda kuchli ta’sir qiladigan videofilm va ko‘rsatuvlar tayyorlasa bo‘ladi. Ammo ularga yetarli mablag‘ ajratilmaydi. Sevgi-muhabbat mavzusiga ayamay pul tiqiladi, “xadavoy” bo‘lgani uchun. Yana bir sababi televideniyamizning o‘zi xalqni shunga o‘rgatib qo‘ydi. Tomoshabin “zombi”lashmoqda, ongi zaharlangan, moral chegara susaygan.

Kanallarimizdagi asosiy(hamma uyda bo‘lgan) vaqtni faqat sevgi-muhabbat va ishqiy sarguzashtlarni targ‘ib qiluvchi chet el(koreys, xitoy, turk va h.k.) seriallari, va kinoteatrlarimizni yangi, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan qo‘shtirnoq ichida “turli xil” kinolar egalladi.

Nomahram so‘zi shunchaki so‘z bo‘lib qoldi. Xalqimiz esidan chiqaroyatgan bir qancha o‘zbekcha so‘zlar bor, shularni safiga “nomahram” so‘zi ham qo‘shildi. Nega? Shu to‘g‘rimi? Qayda qoldi andisha-yu, qayda qoldi or-nomus?!

Virus tarqatyapsizlar. Ommaga birinchi qadamni o‘zingiz qo‘yib beryapsiz! Muhimi birinchi qadam, uyog‘iga sekin-sekinmi, tez-tezmi “Ha mumkin ekanku” deb fikrlashni boshlaydi. Xozir shu darajaga bordiki, ota-ona “qizing(yigiting) bormi?” deb o‘zi farzandiga savol beryapti. Bunday savollardan keyin farzand nima deb o‘ylasin? Noto‘g‘ri yashayapman, yigitni qizi, qizni yigiti bo‘lishi kerak ekan degan tushunchaga olib kelmaydimi bu?

Yigit qizni sevib qoldi, ular uchrashishni boshlashdi, “strelka”lar (“svidaniyalar”) ko‘paydi. Kinolarda hammasini “cho‘tkiy” qilib ko‘rsatishadi: gul, kino, har xil sovg‘alar, muzqaymoq, parklarda qo‘l ushlashib yurishlar.

Achchiq haqiqat shundaki, hayotda birov birovdan uyalmaydi, yigit-qiz tushunchasi yigit uchun ham, qiz uchun ham sevgi so‘zidan ko‘ra vaqtichoqlik so‘ziga yaqinroq bo‘lib qoldi, qo‘l ushlashish bilan chegaralanilmayapti. Parklarda iloji boricha yashirin va qorong‘iroq joy qidirib qolishyapti. Soatbay “xata”lar ham ko‘payib qolgan. Torg.uz da e’lonlar tiqilib ketgan. Chiroyli qilib yozib qo‘yishgan: hamma shart sharoyiti bilan, “роматическая обстановка, большая кровать” va hokazo, va hokazo.

Boshqa holatda, ba’zi qizlar sevmagan insoniga turmushga chiqqanidan keyin, avvalgi yigitini sog‘inadi, yozishadi, ko‘rishadi va ular ham yashirin to‘shak qidirib qoladi, chunki “to‘siq yo‘q, shaxsan tutib olishmasa, boshqachasiga “xitlab” qolishmaydi.

  • Unaqa ona qanday farzandlarni tarbiyalaydi? Qilgan ishlari ma‘lum bo‘lsa, erini, ota-onasini, aka-uka, opa-singillarini va umuman boshqa yaqinlarini sha’niga dog‘ tushmaydimi? Ularning oilasidagi tinchlik yo‘qolmaydimi?
  • Unaqa yigitda sog‘lom fikr qoladimi? Kelajakda o‘z ayoliga ishonchi qoladimi?
  • Bunday voqealarni eshitgan, bilgan va guvohi bo‘lgan yoshlarchi. Paranoyik bo‘lib qolmaydimi?

Sevgi bu juda pok tuyg‘u, inson sevishi va sevilishi kerak, uchrashishi kerak degan virus g‘oyangizni siz to‘g‘ri yetkazib bera olmayapsizlar. Dozasini oshirib yubordinglar. Nimagaligini FXDYda ajralish uchun arizalar soni va ginekolog(ba’zi hollarda praktolog)lar kabinetiga turmushga chiqmagan qizlarning o‘sha maqsadda navbatga turganiga qarab bilib olsangiz bo‘ladi. Mana sizlarga hozirgi sevgi-muhabbat!

Ikki putingni va ikki jag‘ingni orasidagiga ehtiyot bo‘l.” (Xalq maqollaridan)

To‘g‘risi, uylanishga ham qo‘rqib qoldi kishi. “Qanaqa qiz uchrar ekan? Pokmikan? Hech kim bilan uchrashmaganmikan?” Qo‘pol bo‘lsada aytaman, “yamoqmasmikan?” degan savollarning javobidan qo‘rqaman. Paranoya!

Ota-onalar, farzandingizga to‘g‘ri tarbiya, to‘g‘ri axborot bering va uni to‘g‘ri tahlil qilishga o‘rgating. Betarbiya, iflos va jirkarch insonlarni ham misol qilib keltirib turing, ehtiyot bo‘lgan holda. Zahar ham me’yorida shifo.