15 asrdan boshlab ayrim Yevropa mamlakatlari butun dunyoda yerlarni bosib olar ekan, ulkan davlatlarga — imperiyalarga aylandi. Ular tomonidan bosib olingan mamlakatlar o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lib, mustamlakalarga aylandi.
Ushbu xaritada 20 asr boshidagi asosiy Yevropa mustamlakalari ko‘rsatilgan.
Imperiyalar mustamlakalarni boshqarishda turli usullarni qo‘llaganlar, masalan:
20 asrda bir nechta mamlakatlar o‘zida kommunizm deb atalgan yangi boshqaruv tizimini qurishga harakat qildilar. Nazariy jihatdan kommunizm barcha kishilar mol-mulk — oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy bilan o‘zaro teng bo‘lishishi kerakligini nazarda tutar edi. Haqiqatda esa, kommunistik hukumatlar katta o‘zgarishlarga erishganligiga qaramay, ulardan hech biri to‘liq tenglik jamiyatini qura olmadi.
Nemis faylasufi Karl Marks 1848 yilda chop etilgan o‘zining “Kommunistik partiya manifesti” nomli kitobida kommunizmning asosiy g‘oyalarini quyidagicha ta’rifladi: — Hozirda biz yashayotgan tizim adolatsiz! Ko‘pchilik kishilar — ishchilar — barcha ishni bajaradi. Va juda oz kishilar — kapitalistlar — ishchilar mehnati hisobiga boyiydi va hamma pulni o‘zlashtiradi. …