Web dastruchi bo’lib ishga kirish

Web dasturchi bo’lishni istaysizmi ? Ammo nimadan boshlashni bilmayabsizmi? Web dasturlash haqida hech nima bilmaysizmi? 21-asrda eng ko’p daromad keltiradigan ish bu dasturchi(programmist) ekanligini bilarmidingiz? Agarda savollarga javob topmoqchi bo’lsangiz bu maqola aynan siz uchun.

Nega aynan dasturchi bo’lish?

Siz dasturchi bo’lmoqchisiz, ammo sizda yetarlicha malumot yo’q. Dasturchi bo’lsangiz kariyerangizda qanday o’zgarishlar qila olasiz, bu haqida qisqacha malumotlar bilan boshlasam.

  1. Dasturchi uchun doimo bozorda ish bo’lgan, ya’ni ish beruvchi bozor dasturchilar uchun juda katta ehtiyoj borligini o’z statistikasida ko’rsatadi. INDEED.com ish e’lonlar bozorining malumot berishicha. 2018 yilda 37,739 dasturchi kerak degan e’lonlar Britaniyada, 145,640 esa Amerika qo’shma shtatlarida internetga joylangan.
  2. Dasturchi bo’lish uchun wunderkind bo’lib tug’ilish kerak emas. Istagan shaxs dasturchi bo’lishi mumkin, ammo bu ham oson emas. Ko’p mehnat, mashaqqat talab qiladi. Dasturchi bo’lib web sahifalar, mobil ilovalar, suniy intelektual (artificial intelligence), e-bozor(e-commerce) loyihalar ustida ishlashingiz mumkin.
  3. Dasturchi bo’lib ishlash uchun sizga Kompyuyet, va ingliz tili kifoya qiladi. Hozirda freelancer(masofadan turib ishlash) bo’lib ishlash dasturchilar ichida keng tarqalgan. Uydan turib loyihalar ustida ishlashingiz mumkin va yaxshigina daromad qilishingiz mumkin.

Dasturchi bo’lishni xohlayman, ammo qanday?

Dasturchi bo’lish ko’p narsa talab qilmaydi ammo, o’rganishga bo’lgan ishtiyoq bo’lsa yetarli. Sabr juda muhim, 5–6 oyda dastruchi bo’lishingiz mumkin, lekin eng yaxshi dasturchilar qatorida bo’lishingiz uchun ko’p yillar mehnat qilishingiz kerak.

Ikki asosiy faktorni keltiraman, bu sizga dasturchi bo’lishingizda tayanch bo’lib o’tab beradi.

  • Samarali mashg’ulot — o’rganayotgan dastur tilingizda ko’p mashq qilishingiz kerak. Loyihalar ustida ishlash kerak, Github open sourceda dastruchilar loyihalaridan foydalanib o’zingiz ustingizda ko’p ishlashingiz kerak.
  • Senior dasturchilar ko’magi — tajribali dasturchilar ko’magidan foydalanish kerak, savollar berib muammolarni yechishga odatlanish kerak. Stackoverflow tajribali dasturchilar bilan liq to’la. Muammolaringizni ular bilan hal qilishingiz juda oson.

Coding Bootcamplari

Coding Bootcamplari eng yaxshi tanlovlardan biri. Dasturchi bo’lishni xohlasangiz Coding Bootcamplari 3–6 oy ichida sizga juda ko’p narsalarni o’rgatishadi. Loyihalar ustida ishlab, tajriba oshirishingizga yordam beradi. Ishga joylanishingiz ham juda oson kechadi. Ingliz tilini bilsangiz 3000–15000 USD miqdorida to’lab 3–4 oy ichida boshlang’ich bosqichdan o’tib olishigiz mumkin. Rus tilida ham bootcamplar ommalashyabti, hatto o’zimizda ham o’zbek tilida bootcamp tashkil qilindi.

MENTOR topish

Mentor topish ham juda muhim rol o’ynaydi dasturchi hayotida. Senior dasturchilarning ko’plari muvaffaqiyatga erishishlarida Mentorlari asosiy rol o’ynagani haqida gapirishadi. Biror yangi texnalogiyani mentorlari maslahati bilan o’rganganlari, va samarador bo’lishlariga mentorlari sababchi bo’lgani haqida ko’p gapirishadi. Mentor topish oson emas, ammo yaqin do’stingiz yoki oila azoingiz mentorlik qilishsa nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

Dasturchilardan mentorim bo’ling, yo’l yo’riq ko’rsating deb so’rasangiz, lekin rad javobini olsangiz, xafa ham bo’lmang. Qidirishda davom ettiring. Ko’p dasturchilarni vaqtlari chegaralangan bo’ladi, yaxshi gumonda bo’lavering.

Dasturchi sohasida ishlash

Dasturchi bo’lish uchun, albatta dasturlash tillarini bilish kerak, tajriba kerak, deb o’ylashingiz mumkin. Ammo, bootcampsiz, mentorlarsiz ham ishga kira olishingizga ishoning, men ishonaman :). Qanday qilib? Bu haqda ham gaplashamiz. Ishga kirib, loyihalar ustida senior dasturchilar bilan ishlash, dasturchi bo’lishingizga juda katta yordam beradi. Yozgan codelaringiz uchun haq olishingiz hissini tasfirlab berish qiyin. :)

Reja

Hamma ham bootcamplarga qatnasha olmasligi mumkin, mablag’ muammolari oldinga chiqadi. Hamma ham mentor topa olmasligi mumkin. Lekin, dasturchi bo’lish uchun hozir internet bo’lsa yetadi, O’zbek, Rus, Ingliz tillarida tonnalab malumotlar bor. Youtubeda hozir o’zbek dasturchilari Farxod aka , Muhammadjavohir online kurslar qilishyabti.

Ish topish uchun

Reja tuzib oling, bozorni o’rganing. Qaysi dasturchi tillarida talab kuchaymoqda. JavaScript, Java, PHP, Python yoki C# tillari mashhur tillar jumlasidan.

Bizning asosiy rejamiz, tezroq ishga joylashib olish bo’lishi kerak. Qancha tez ishga kirsangiz, shuncha tez amaliy mashg’ulotlar qurshovida qolasiz va senior dasturchilardan yordamlar olasiz.

Internetdan Junior front end dasturchi deb qidirsam, quyidagi listdagi texnalogiyalarni bilishim talab qilinar ekan:

Front — end dasturchi:

  • HTML, CSS va JavaScriptni bilishi
  • Responsive web sahifalar tuza olishi
  • O’zingizni GitHubda portfolioyingiz bo’lishi va uyerda oddiy bo’lsada bazi bir loyihalar ustida ishlagan bo’lishingiz
  • Version control(git) ni bilishi

Qo’shimcha yana texnalogiyalarni bilishi +(bonus):

  • JavaScript kutubxonasi — jquery, Ajax
  • Debugging ilmi

Dasturlashni o’rganishdagi reja, plan

Tepada kelitirilgan texnalogiyalarni o’rganish uchun reja tuzib olishimiz muhim. Bosqichma bosqich reja bo’yicha o’rganishimiz talab qilinadi. Texnalogiyalar bir — biriga bog’liqliklari bor. HTML ni o’rganmasdan turib CSSni o’rganib bo’lmaydi.

HTML & CSS

Har bir internetdagi sahifa HTML, CSS bilan tuziladi. Bular dasturlash tili emas. Internetda millionlagan online darsliklar mavjud, ingliz, rus, o’zbek tillarida Youtubeda darsliklar bor.

Boshlang’ich bilimga ega bo’lishga intiling. Mukammal hammasini o’rganaman degan maqsad qo’yib, yillar davomida HTML o’rganish to’g’ri qaror emas.

Version Control

Version Control bu sistema bo’lib, siz o’zingizni codelaringizni saqlab(save) borishingiz mumkin. Deyarli barcha Kompaniyalar version controldan foydalanishadi. Boshlang’ich bilimlarni qo’lga kirtishingiz sizga yetarli bo’ladi.

GitHubdan o’z sahifangizni ochasiz va Git yordamida o’z loyihalaringizni yuklab borishingiz mumkin. HTML, CSS dan oldin Gitni o’rganib olganingiz yaxshi. O’z loyihalaringizni Github sahifangizga qo’yib borasiz.

Code Editor

Sublime text va VSCode lardan foydalanib loyihalar ustida ishlashingiz mumkin. Sublime textdan oson va qulay foydalanishni Mayoq telegram kanalidan o’rganib olishingiz mumkin.

Code editoringizni o’zingizga moslab olishingiz, samarali ishlashingizda yordam beradi.

JavaScript

Bu dasturlash tili bo’lib, internet web sahifalar olaming 94.8% dan ortig’i JavaScript bilan ishlaydi. JavaScript orqali static web sahifalarni interactive web safilarga aylantirish mumkin.

JavaScript o’rganish uchun ham internetga murojat qilinsa ko’p online kurslar, kitoblar chiqib keladi.

Portfolio tuzish

Tepada tilga olingan texnalogiyalarni o’rganganingizdan keyin, siz o’zingizni portfolioyingizga ega bo’lishingiz kerak. 10 Loyiha ustida ishlagan bo’lsangiz ulardan 5 tasi albatta JavaScriptda yozilgan bo’lishi kerak va barchasi GitHub repisotoryida git yordamida saqlangan bo’lishi kerak.

Ish qidirishga kirishish

Tepadagi texnalogiyalarni o’rganganingizdan keyin ish qidirishga kirishish kerak, internet, telegram kanallarida e’lonlar beradigan kanallar, sahifalar bor. O’sha joylardan qidirish ish topishda yordam berishi mumkin. Bazi bir kanallar Ustoz shogird, UzDev jobs shular jumlasidan.

Resume ,CV tuzishingiz kerak va ishga topshirayotgan paytingiz barcha malumotlarni to’g’ri kiritishingiz kerak. Internetdan qidirib, “How to write CV as a junior web developer?” deb yozsangiz juda ham ko’p malumot topishingiz mumkin.

Hozircha shular edi, maqola yozishda hali chaqaloq bo’lishimizga qaramasdan internet malumotlaridan foydalanib qo’ldan kelgancha yetkazishga harakat qilyabmiz.