YEVROPA-O’ZBEKISTON IQTISODIY HAMKORLIK ASSOTSIATSIYASINING (EUROUZ)
OCHILISH MAROSIMI

12–11–2019 BRUSSEL SHAHRI

Image for post
Image for post
Abdulaziz Komilov, Klaus Mangold, Sodiq Safoyev

2019 yil 12 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasining Belgiya qirolligidagi elchixonasi joylashgan Brussel shahrida Yevropa-O’zbekiston Iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasining (EUROUZ) ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Image for post
Image for post
Yevropa-O’zbekiston Iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (EUROUZ)

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o’rinbosari S.Safoyev boshchiligidagi O’zbekiston rasmiy delegatsiyasi, Shell, British Petroleum, Knorr-Bremse A.G. McDermott, Picanol, TechnipFMC, APCO Worldwide kabi qator Yevropa kompaniyalarining rahbarlari, O’zbekiston va alohida Yevropa davlatlari o’rtasida tuzilgan savdo palatalari va assotsiatsiyalar vakillari, hamda Yevropa Ittifoqining Brussel shahridagi tashkilotlarining, Yevropa Investitsion Banki va Belgiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakillari qatnashishdi.

Image for post
Image for post
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari

“O’zbekiston bilan uzoq vaqt mobaynida sermahsul hamkorlik olib borayotgan va bizning ishonchli hamkorlarimizga aylangan
Yevropa kompaniyalarining rahbarlarini qutlashdan xursandman” — dedi Janob Safoyev.

Image for post
Image for post
EUROUZ Kuzatuv kengashining Raisi, Klaus Mangold

EUROUZ Kuzatuv kengashining Raisi, “Mangold Consulting” Boshqaruvi Raisi, K.Magold janoblari: “O’zbekiston va Yevropaning biznes va siyosiy doiralarini bir-biriga bog’laydigan g’oyalar almashunivi bo’lib o’tadigan kechada bo’lib turganimizdan juda ham mamnunmiz” deb fikr bildirdi.

Tadbir davomida Yevropa biznes doiralari vakillariga O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar va investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan ishlar jarayoni haqida ma’lumot berildi. Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish ustuvor yo’nalish ekanligi ta’kidlandi, ayniqsa iqtisodiy hamkorlik doirasida. Bundan tashqari, zamon talablariga javob beradigan, yanada sifatli va sermahsul dialogni o’rnatishga yordam beruvchi yangi hamkorlik mexanizmlarini yaratish muhimligi ham qayd etildi.

Tadbir doirasida O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion imkoniyatlar va loyihalar, hamda Yevropa-O’zbekiston Iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (EUROUZ) doirasidagi yangi hamkorlik mexanizmlari haqida taqdimotlar o’tkazildi.

*Ma’lumot uchun*

Yevropa-O’zbekiston Iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (EUROUZ) Yevropa ishbilarmonlari doiralari va O’zbekiston Respublikasining rasmiy vakillariga investitsion va savdo munosabatlarini rivojlantirishda, kelajakdagi hamkorlar va investorlar bilan yanada sermahsul munosabat o’rnatishda yordam beradi. Assotsiatsiya faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri barcha darajalarda o’zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun Yevropa biznes doiralari vakillariga O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy imkoniyatlar va loyihalar bo’yicha o’z vaqtida, eng aktual va sifatli ma’lumotlarni yetkazib berish bo’ladi.

EUROUZ — nodavlat, notijorat tashkilot bo’lib, O’zbekiston va Yevropa ishbilarmonlari doiralari o’rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga ko’tarishni maqsad qilib qo’ygan. Assotsiatsiyaning bosh qarorgohi Brussel shahrida bo’lib, Toshkent shahrida o’zining doimiy vakolatxonasiga ega bo’ladi.

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store