Android: Realise APK tayyorlash. Keystore faylni yo‘qotsa nima bo‘ladi?

Mirzohid Dilshodov
4 min readJul 9, 2022

--

Android tizimi har bir foydalaniladigan ilovada raqamli imzo bo‘lishini talab qiladi. Albatta Google Play — ilovani foydalanuvchilarga yetkazishning eng yaxshi usuli. Unda ilovani chiqarishimiz uchun raqamli sertifikat bilan imzolangan kalitni qo‘shib berishimiz kerak. Keyingi safar agar ilovamizning yangi versiyalarini chiqarmoqchi bo‘lsak, birinchi martadagi kalitni yangilanishda qo‘shib berishimiz kerak bo‘ladi. Dasturchi sifatida bu kalitni qanday qilib yaratish va ilovamizga qanday qo‘shishni, kalitni qayerda saqlashimiz kerakligini bilishimiz kerak. Bu maqolada shular haqida gaplashamiz. Yanada ko‘proq ma‘lumotni rasmiy saytdan olishingiz mumkin.

Raqamli sertifikat keystore deb nomlanuvchi ikkilik faylga joylashtiriladi. Keystore parol yordamida himoyalanadi.

Yuklash yoki yangilash uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi :

  • Developer (Play Store)akkaunt;
  • Raqamli sertifikatga ega bo‘lgan keystore fayl;

Keystore faylni yo‘qotib qo‘ymaslik kerak. Uni yo‘qotish ilovani yangi versiyasini chiqarish imkonini ham yo‘qotish degani.

Yangilash huquqini yo‘qotmaslik uchun odatda har bir loyiha uchun ikkita alohida keystore fayllar yaratib qo‘yiladi. Biri dasturchilar uchun yana biri foydalanuvchilarga ya‘ni Google Playga chiqarish uchun. Bu eng yaxshi yo‘l hisoblanadi.

Demak, realise ilova chiqarish uchun Build -> Generate Signed Bundle / Apk ketma-ketligini amalga oshiramiz. Undan so‘ng bizga quyidagi oyna ochiladi :

APK faylni yasashimiz uchun ikkinchi bandni tanlab next tugmasini bosamiz. Undan so‘ng quyidagi oyna ochiladi :

APK generatsiya qiladigan oyna

Bu yerda, agar ilovani yangi versiyasini chiqarayotgan bo‘lsak, birinchi marta yaratgan keystore faylni tanlashimiz kerak bo‘ladi. Agar birinchi marta apk yasayotgan bo‘lsak, Create new… tugmasini bosamiz :

Yangi Keystore yaratish

Key store path joyiga faylning manzilini yozamiz yoki fayl ikonkasini bosib keystore faylni qayerga saqlashni tanlab olamiz :

.jks fayl joylashuvi

Hozircha rabochiy stolga qo‘yib turamiz, va keystore faylimizga xohlagan nomimizni beramiz. Joylashuvni tanlab bo‘lganimizdan so‘ng quyidagi ko‘rinishga kelgan bo‘lishi kerak :

Keystore faylni parol yordamida himoyalab qo‘yishimiz uchun password ni to‘ldiramiz. Odatda parolga ilova nomini qo‘yish tavsiya qilinadi. Shunda parolni unutib qo‘ymaymiz.

Alias bandiga kalitimizning nomini yozamiz, istalgan nom bo‘lishi mumkin.

Password da esa kalit uchun parol qo‘yamiz. U keystore paroli bilan bir xil bo‘lishi shart.

Validity (years) bu kalitimiz qancha vaqt yaroqli bo‘lishini belgilaydigan joyimiz.

Certificate bandidagi ma‘lumotlarni ham to‘ldirib chiqamiz, u ilovada ko‘rinmaydi. Raqamli imzoga qo‘shib yozib qo‘yiladi.

Barcha bandlarni to‘ldirib chiqqandan so‘ng OK tugmasini bosamiz

Remember my password ni belgilab qo‘ysak, har safar yangilaganimizda parolni qaytadan kiritishning oldini olgan bo‘lamiz.

Keyingi bosqichda bizdan debug yoki release variantlardan birini tanlashimizni so‘raydi. Albatta release ni tanlaymiz va Finish tugmasini bosamiz.

Gradle apk yasashni boshladi. Biroz kutamiz.

Va nihoyat ilova tayyor bo‘ldi. locate ni bossak faylda ilova joylashgan manzilni ochib beradi

app-release.apk bizga kerakli fayl. Endi uni tanishlaringizga yuborishingiz mumkin.

Endi esa

.jks faylni qayerga qo‘yish kerakligini qaraymiz. Buning uchun faylni nuxalab olamiz va

ushbu main directory ga qo‘yamiz.

Shu bilan maqola so‘nggiga yetib keldik. Foydali bo‘ldi degan umiddaman. O‘rganishdan to‘xtamang!!!

--

--