Dasturchi Resume/CV yozishda nimalarga e’tibor berish kerak, va ishga kirishga yordam beradigan Rezyumeni qanday yozamiz?

Agar siz “2019-yilda Dasturlashni o’rganamiz” maqolamizni o’qigan bo’lsangiz va aytib o’tilgan texnalogiyalarni o’rganib junior developer bo’lsangiz. Sizga endi Resume/CV yozishingiz, ishga kirishingiz uchun tamal toshi vazifasini o’taydi. Yaxshi Resume/CV sizni Interview/Suhbatgacha olib boradi va ishga qabul qilinishingiz imkoniyati juda ortadi.

Rezyumi yozishdan oldin.

Rezyumeni yozishdan oldin, siz aniq-to’g’ri fikrga kelishingiz kerak. Bilsangiz agar, Rezyume orqali siz ishga bo’lgan munosabatingizni namoyon qiladi. Ishga oluvchi tashkilot sizni yozganlaringizga qarab, ishga bo’lgan munosabatingizni darrov bilib oladi.

Asosiy etibor beriladigan narsalar bular:

  • Boshlang’ich Texnalogiyalarni o’zlashtirgani
  • O’z tanlagan yo’nalishiga qo’ygan mehri, ya’ni sohasini hurmat qilish, uni qadrlashi.
  • Doimo izlanishda va o’rganishda davomiy bo’lishi.

Ishga oluvchilar bilishadiki, siz bu sohaga endi kirib kelyabsiz. Siz team boshqaruvi yoki loyihalar ustida ishlashingiz, birinchi kundan talab qilinmaydi. Ish beruvchilar, junior developerlarni asosan o’z tashkilotlarida senior yoki middle dasturchilar orasiga tashlab, malaka oshirish va qo’shimchalarni o’rgatish, undan so’ng loyihalar ustida sekinlik bilan tajribasini oshirishadi.

Siz agarda biror tashkilotga Junior bo’lib ishga kirsangiz, 2–3 oy davomida o’rganuvchi bo’lasiz. Bu siz uchun juda muhim davr bo’ladi, o’z bilimlaringizni oshirishga va imkon qadar o’z ustingizda ishlashga vaqt bo’ladi.

Rezyume yozishda etibor beriladigan jihatlar

Ish beruvchi odatda 15–20 sekund mobaynida siz taqdim qilgan rezyumiga ko’z yugurtirib chiqadi. Shu vaqt mobaynida ish beruvchi sizni keyingi bosqichga o’tishingizga ham qaror qilib qo’yadi.

Siz o’ylashingiz mumkin, qanday qilib 15–20 sekundda barcha malumotlarni ish beruvchi o’qib ulgurishi mumkin?

Agarda sizning Rezyumengiz:

  • Oddiylikga harakat qiling, jozibador bezaklar berishdan yiroq bo’ling. Chunki bu muhim emas ish beruvchi uchun.
  • 1 yoki 2 varoqdan iborat bo’lsin.
  • Bullet Pointlar — mazmun jihatdan ko’zga ko’rinadigan qilib bilimlaringizni BOLD ko’rinishda yozib chiqing, masalan:

shunaqa ko’rishdagi Bullet pointslarni ishlating

  • Aniq va tiniq qilib yozing.
  • Yolg’on ishlatishdan yiroq bo’ling, bilmagan texnalogiyalarni bilaman demang.

Junior developer ishlarga rezyume jo’natishdan oldin, research/tatqiqot qilish

Masalan siz Junior developer qidirilyabti deb elonga ko’zingiz tushib qoldi, odatda quyidagi talablar qo’yiladi.

Shu talablarga most ravishda siz o’z rezyumingizni yozishingiz kerak.

Asosiy qismga ham yetib keldik.

Rezyumeni Strukturasini chizib olamiz

Oddiy struktura quyidagilardan iborat:

1 — Shaxsiy malumot/Kontakt/Bog’lanish

2 — Ishlaganlik haqida, yani malaka/staj haqida malumot(agar bo’lsa, faqat ITga taluqli bo’lsin, agarda siz biror tashkilotda Operator yoki Adminstrator bo’lgan bo’lsangiz bu yozish shart emas)

3 — Software loyihalar, o’zingiz qilgan ishlaringiz/Github link

4 — Talim/qayerda o’qiysiz yoki bitirgansiz.

5 — Qo’shimcha mahoratlar, tajribalar, imkoniyatlar(xorijiy tillar shular jumlasidan)

6 — Sizning imkoniyatingiz, texnik imkonlaringiz, software imkonlaringiz. Juda muhum joyi shuyerda.

Agarda sizda IT sohasida bakalavr va Internship/amaliyot tajribalaringiz bo’lsa, shu joyiga etibor berasiz.

Odatda ko’p dasturchilar o’zi o’rgangan bo’ladi, self-taught developer. Agarda shunday bo’lsa, siz o’z loyihalaringiz/open source loyihalar ustida ishlaganingiz haqida ko’proq yozasiz. Githubda loyihalaringizni qo’yib uni taqdim qilasiz.

Bazi bir misollarni keltiraman, shunga qarab siz ham o’z Rezyumengizni yozishingiz mumkin.

https://www.google.com/search?q=junior+developer+resume+template&safe=strict&source=lnms&tbm=isch&sa=X&ved=0ahUKEwiNx8OptpvhAhXxx6YKHbt5ALsQ_AUIDigB&biw=1366&bih=625#imgrc=M4lQHVYfH44rBM:
https://www.google.com/search?q=junior+developer+resume+template&safe=strict&source=lnms&tbm=isch&sa=X&ved=0ahUKEwiNx8OptpvhAhXxx6YKHbt5ALsQ_AUIDigB&biw=1366&bih=625#imgrc=M4lQHVYfH44rBM:
https://www.google.com/search?q=junior+developer+resume+template&safe=strict&source=lnms&tbm=isch&sa=X&ved=0ahUKEwiNx8OptpvhAhXxx6YKHbt5ALsQ_AUIDigB&biw=1366&bih=625#imgrc=M4lQHVYfH44rBM:

Yaxshi Rezyume sizning ishga kirishingiz kafolatidir.