Go to Inha University in Tashkent
Inha University in Tashkent
Letter sent on Mar 3, 2016

10 contests of IUT

Assalomu alaykum qadrli o’quvchi. Xabaringiz borki, IUT da tashkil etilgan 10 ta contest tufayli, talabalar bir-biridan qiziqarli g’oyalarini “real project” ga aylantirish maqsadida tinmay izlanishlar olib bormoqda. Bu avvalom bor IUT talabalarini kelajakda o’z o’rnini topishga, O’zbekistonning eng zo’r kadrlari bo’lib yetishishga xizmat qiladi, qolaversa bizning yosh universitetimizni nimalarga qodirligini, uni Jahon Universitetlari qatoridan munosib o’rin egallashini ham belgilab beradi. Hozirda talabalar orasida faqat contest haqida gaplar yuribdi. Asosiysi talabalar orasida sog’lom raqobatni shakllantirish va universitetimizni obro’ini birinchi galda O’zbekistonda mustahkamlashdan iborat.

www.e-yoshlar.uz 10 ta contestdan biridir. Uning boshqa contestlardan farqi, u IUT tomonidan emas, balki, Respublikamiz tomonidan e’lon qilingan bo’lib, tanlovda milliy internet segmentini yoshlarning ulg‘ayishida foydali va kerak bo‘lgan axborot bilan to‘ldirish hamda yosh ijodkorlarni namoyon etishdir. Bu tanlovda butun respublikamiz universitetlari ham qatnashish huquqiga egadurlar. Tabiiyki, qaysidir ma’noda universitetlar orasida raqobat bo’lishi aniq. IUT tamonidan shu tanlovga qo’yilgan omadli chipta o’z yo’liga, hozirda undan ham muhimroq narsalar bor ya’ni universitetimiz obro’ni mustahkamlash va uni butun Respublikaga yoyishdan iborat. Ushbu ko’rik tanlovda hozircha 4 ta IUT talabasi ishtirok etmoqdalar, ular:

Yuldasheva Aziza
Maftunaxon Olimjonova
Hikmatillo To’lqinbekov
Rashid Tojiboyev

Bu talabalar bir-biridan qiziqarli maqolalar bilan IUT sharafini himoya qilmoqda. Boshqa universitetlar ham turli xil moqolalar bilan ishtirok etmoqda, shu bilan birga o’zlarini talabalari tomonidan “like”, “comments” bilan qo’llab-quvvatlanib kelinmoqda. IUT sharafini himoya qilayotgan talabalar hozircha Rashid Tojiboyevning “O’zbek yoshlari Jahon shohsupasida” maqolasi bilan eng ommaboplar qatoridan 3-o’rinni band qilishdi. Siz talabalardan IUT sharafini birga himoya qilishni, e-yoshlar.uz dan Facebook profili orqali ro’yhatdan o’tib, yuqoridagi ishtirokchilarni maqolalariga “like” va “comments” qoldirishingizni so’raymiz.