America’s army / john doe

Armiyaga bormaganim haqida

Magistratura va МПР meni armiyadan qutqarib qoldi

Bittabola
2 min readOct 9, 2013

--

Kecha Facebook’dagi Потребитель.уз guruhida qiziq mavzu ko‘tarildi: “Men МПР’ga pul to‘laganman, endi paxtaga olib ketishmoqchi”, degan.

Men ham bir paytlar МПР’ga pul to‘laganim va ohir-oqibat armiyaga bormaganim esimga tushib ketdi. Zo‘r bo‘lgan-da o‘ziyam :-)

2005-yil TATUni bitirishim bilanoq Daniyaga o‘qishga ketdim. Ikki yildan keyin qaytib kelishim bilan voyenkomatga chaqirishdi. “Delo”mni qarasam, Daniya haqida barcha ma’lumot bor. Qayerdan olishgan, bilmadim.

Ishqilib, o‘shanda МПР’ni gaplashib, pulini to‘ladim. 175 000 edi shekilli. Shundan keyin voyenkomat ham tinchib ketdi.

Mana shunday qizlar xizmat qilganida borardim, oma!

2009-yil “Vestminster”ga magistraturaga kirdim. 2010-yil yozida yana voyenkomatga chaqirishdi. Ularning dardi nimada ekanligini bilib, o‘qishdan “отсрочка” qog‘ozini ovoldim. Ma’lumotnomada 2011-yil 1-oktabrgacha magistraturada o‘qishim yozilgan edi. 2011-yil sentabrida esa 27 ga to‘lishim aniq ;-)

Buni sezgan voyenkomatdagilar 2011-yil yozida meni yana “bir piyola choy ustida suhbat”ga taklif qilishdi.

“Sentabrda 27 yosh bo‘lar ekansan, ko‘rpa-to‘shagingni yig‘ishtir, armiyaga borasan”, — deyishdi

(Bu yerda Status Quo’ning Army Now qo‘shig‘i yangrashi kerak)

Ta’kidlash kerak, voyenkomatdagilar hech qachon o‘z xushmuomalaligi bilan ajralib turishmagan.

Dialog quyidagicha davom etdi:

— Menda “отсрочка” bor, men hali o‘qiyman

— O‘qish iyunda tugagan! Borasan! Falonchi, buning ma’lumotnomasini top, tekshir!

Falonchi opa “delo”mni qidirib topdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, ma’lumotnoma o‘qish 1-oktabrga qadar davom etishi yozilgan (“Vestminster”da o‘qish sentabrdan iyungacha emas, oktabrdan oktabrgacha davom etadi)

Ruslar aytadi-ku, bir narsa to‘satdan yakuniga yetganda “занавес” deb, huddi shunday bo‘ldi. Voyenkomatdagilar в хайроне!

Qarashsa-ki, 1-oktabrda 27 ni urib qo‘ygan bo‘laman!

— Iye, xizmat qilmaysanmi?

— Yo‘q

— Davlar idorasida ishlamaysanmi?

— Yo‘q. Bo‘shmanmi?

— Bo‘shsan!

Mana shu so‘nggi dialog hecham esimdan chiqmaydi. Doim eslab yuraman :-)

Ana shunday qilib armiyadan qutulib qolganman.

Ta‘kidlash joiz, o‘sha voqeadan keyin u yerga yana bir bor bordim. O‘zlari chaqirishdi, военный билет’ni olgani.

--

--

Bittabola

Чукча — читатиль, не писатиль