AQShdagi demokratiya

Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosiy tizimi — dunyodagi eng mashhur va eng ko‘p o‘rganilgan tizimlardan biri hisoblanadi. Bu yerda hokimiyat uch qismga bo‘linadi: prezident, ikkita saylangan vakillar guruhi — kongress va Oliy sud.

Prezident nima bilan shug‘ullanadi

  • Qonunlar va tartiblarga rioya qilinishi yuzasidan javob beradi, bunda unga uning ma’muriyati yordam beradi.
  • Oliy sudga yangi sudyalarni tayinlaydi.
  • Harbiy kuchlarga qo‘mondonlik qiladi.
  • Yangi qonunlarni ma’qullashi yoki rad qilishi mumkin.

Prezident to‘rt yilda bir marta umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylanadi (lekin hamma ham ovoz bera olmaydi). Hozirgi vaqtda ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lish mumkin emas.

Diktatorlik rejimiga ega mamlakatlarda hokimiyat turli sabablar bilan prezident vakolatlarini uzaytirish usullarini ishlab chiqadi. Bunday sabablar rasman qonuniy bo‘lib ko‘rinadi, lekin prezidentlik muddati to‘g‘risidagi qonun mohiyatining buzilishiga olib keladi. Sud hokimiyati bunday buzilishlarga barham berishi zarur, lekin u prezidentga qaram bo‘lganligi uchun bunday qilmaydi.

Kongress nima bilan shug‘ullanadi

  • Qonunlarni taklif qiladi, muhokama qiladi va ovozlar soni yetarli bo‘lganda ma’qullash uchun prezidentga yo‘naltiradi.
  • Kongress ikki qismdan — vakillar palatasi va senatdan iborat.

Vakillar palatasi yangi qonunlarni o‘rnatadi va amaldagilarini o‘zgartirishni taklif qiladi. Senat prezident administratsiyasiga nomzodlarni (va boshqa lavozimlarni) tasdiqlaydi va boshqa mamlakatlar bilan shartnomalar tuzadi. Kongress a’zolarini ular tug‘ilib o‘sgan shtat aholisi saylaydi. Prezident va uning administratsiyasi AQSh poytaxti — Vashingtonda joylashgan Oq uyda faoliyat yuritadi. Ikkala palata ham Vashingtonda, Kapitoliyada yig‘iladi.

Oliy sud nima bilan shug‘ullanadi

Yangi qonunlar tomonidan konstitutsiya buzilmayotganligini hal qiladi.

Uning tarkibiga to‘qqizta sudya, shu jumladan bitta rahbar kiradi. Sud tarkibida bitta joy bo‘shaganda prezident yangi sudyani tayinlaydi. Oliy sud AQShdagi istalgan sud qarorini bekor qilishi mumkin.

Maqsadga erishish(maslik)

Amerika to‘xtatib turishlar va qarama-qarshiliklar tizimi o‘zining 250 yillik tarixi mobaynida — hozircha — hokimiyatning yakka tartibda suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikni uddaladi. Lekin ushbu tizimning o‘zi ba’zan har qanday o‘zgarishlarni o‘ta qiyinlashtirib yuboradi.

Davomi: Buyuk Britaniyadagi demokratiya

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Muhokama qilishni o‘rganamiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade