Bir mamlakat, bir necha millat
Bir davlatda bir necha millatlar to‘plangan bo‘lishi mumkin.

Masalan, Buyuk Britaniya — o‘z hukumatiga ega davlat. Lekin uning ichida kamida to‘rtta millat yashaydi. Bular: Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya, Angliya, Uels. Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Uelsning o‘z parlamentlari mavjud bo‘lib, ular ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalarini hal qiladi. Markaziy parlament esa butun Buyuk Britaniya uchun qarorlar qabul qiladi. Shotland millatchilari Britaniyadan ajralib chiqishni xohlaydi. Boshqa mamlakat burchaklarida, masalan Kornuollda, millatchilar ularning viloyatini alohida millat deb tan olishlarini talab qiladi.
Janubiy Sudan uchun yangi mamlakat
O‘z mustaqil davlatini tuzishni xohlovchi millatchilar separatistlar deyiladi. Bunday harakatlar butun dunyoda mavjud. 2011 yilda, o‘n yillab davom etgan fuqarolik urushidan so‘ng Janubiy Sudan aholisi qolgan Sudandan mustaqil bo‘lish uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

99% saylovchilar yangi mamlakat — Janubiy Sudan tuzilishi uchun ovoz berdilar. Mamlakat poytaxti, gimni va bayrog‘i tanlandi. Boshqa mamlakatlar Janubiy Sudanni tan oldi va yangi davlat tashkil topdi.
Millatchilik va zo‘ravonlik
Yugoslaviya Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bir necha millatlardan tashkil etilgan kommunistik federatsiya edi. U 1990-yillar boshida alohida davlatlarga parchalanib ketdi. Hududlarning birida, Bosniya va Gersegovinada, uchta asosiy millatchi partiyalar koalitsiya tuzdilar. Biroq ularning maqsadlari har xil edi…

Tez orada koalitsiya barbod bo‘ldi, va urush boshlandi. Srebrenitsa shahridagi eng qo‘rqinchli voqealardan birida serblar 8000 dan ortiq bosniyalik musulmonlarni o‘ldirdilar. Umumiy madaniyatga yoki ajdodlarga ega etnik guruhni qasddan yo‘q qilish genotsid deyiladi.
1995 yilda barcha uchchala guruh rahbariyati urushni to‘xtatishga va yangi boshqaruv tizimini tuzishga kelishib oldi.
Bosniya va Gersegovina o‘z ichidan ikkita deyarli mustaqil qismlarga bo‘lingan yagona davlat bo‘lib qoldi.
Siyosiy koordinatalar
Ushbu chizmada siyosiy mafkuralarga misollar va ular tomonidan targ‘ib qilinuvchi ayrim g‘oyalar ro‘yxati keltirilgan. Ko‘pchilik odamlar — va shuningdek siyosiy partiyalar ham — chizmaning turli qismlaridagi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Senga bir vaqtning o‘zida biron-bir so‘l g‘oyalar ham, va qandaydir o‘ng g‘oyalar ham yoqishi mumkin, ayrim sohalarda “katta hukumat”ni qabul qilish mumkin, boshqalarida esa yo‘q.

Katta hukumat va so‘llar
Davlat nazorati va umumiy mas’uliyat
🇨🇳 Kommunistlar. Hukumat barcha xizmatlarni ta’minlashi va barcha korxonalarni nazorat qilishi zarur.
🇫🇷 Sotsialistlar. Davlat sog‘liqni saqlash, ta’lim va energetika ustidan nazoratni o‘z zimmasiga oladi, bularning barchasi boylar uchun oshirilgan soliq hisobidan qoplanadi.
Katta hukumat va o‘nglar
Davlat nazorati va shaxsiy mas’uliyat
🇰🇵 Konservatorlar. Eng muhimi jamiyatning barqarorligi. Hukumat odatiy turmush tarzini saqlashi va tezkor o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
🥂 Millatchilar. Ayrim milliy guruhlar boshqalaridan ustun bo‘lib, oliy millatlar quyi millatlardan ustun turishi kerak.
Kichik hukumat va so‘llar
Shaxsiy erkinlik va umumiy mas’uliyat
🏳️🌈 So‘l liberallar. Hukumat irqi, jinsi, dini va jinsiy qiziqishidan qat’iy nazar barcha odamlarni himoya qiluvchi qonunlarni qabul qilishi kerak. Biroq, kishilar erkinligini cheklovchi qonunlarni imkon qadar kamaytirish zarur.
🇺🇿 Sotsial-demokratlar. Hukumat odamlarning pul topishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak, lekin u mamlakat boyliklarini qayta taqsimlashi va ayrim xizmatlar uchun javob berishi zarur.
🇦🇶 So‘l anarxistlar. Na xususiy mulkchilik, na hukumat bo‘lmasligi kerak.
🏴☠️ So‘l libertarianliklar. Shaxsiy mulk — bu oddiy holat, lekin u boshqalar ustidan hukmronlik qiladigan darajada ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Kichik hukumat va o‘nglar
Shaxsiy erkinlik va shaxsiy mas’uliyat
🇺🇸 Klassik liberallar. Hukumat iqtisodiy erkinlikni ta’minlash uchun huquqlarni va erkinlikni himoya qilishi hamda past soliqlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
🇬🇧 Kapitalistlar. Davlat biznesni haddan tashqari cheklamasligi kerak. Odamlar ta’lim, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash kabi xizmatlarni xususiy kompaniyalardan sotib olishi kerak.
🏴 O‘ng anarxistlar. Xususiy mulk — bu ma’naviy huquq, hukumat esa bo‘lmasligi kerak.
Davomi: Katta savollar. Inson huquqlari haqiqatan ham mavjudmi?

