Siyosat nima?
Published in

Siyosat nima?

Demokratik jarayon

Hozirgi kunda ko‘pchilik mamlakatlar demokratik mamlakat hisoblanadi. Qachonlardir Afinada bo‘lgani kabi demokratik siyosiy tizim fuqarolarning mamlakat hayotiga ta’sir eta olishini nazarda tutadi. Bu eng keng tarqalgan ko‘rinish — vakillik demokratiyasida qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.

Fuqarolar
(Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha kishilar)
Saylov deb ataluvchi tanlovda barcha kishilar vakil uchun ovoz berishi mumkin.

Saylangan vakillar (deputatlar)
Saylangan vakillar guruhlari siyosiy g‘oyalarni muhokama qilish va ularni yangi qonun loyihalariga aylantirish uchun yig‘iladilar.

Yangiliklar «Axborot»

OAV (Internet, TV, radio, ro‘znomalar)
Matbuot muhokamalarning mazmunini tushuntiradi va qonun loyihalari va taklif etilgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘z fikrini bildiruvchi mutaxassislarni taklif qiladi. OAV betaraflikni saqlashga harakat qiladi. Lekin amalda g‘arazgo‘y (noxolis, manfaatdor) bo‘lishi mumkin:
— Bugun hukumat atrof-muhitni muhofaza qilish uchun soliq joriy qilishni muhokama qildi.
— Bugun hukumat transport solig‘ini joriy qilishni muhokama qildi.

Fuqarolar
Barcha kishilar yangiliklarga o‘ziga xos munosabat bildiradi, shu asosda ijtimoiy fikr shakllanadi. Albattta, bunday fikrlar bir nechta bo‘ladi…

Saylangan vakillar (deputatlar)
Vakillar qonun loyihasini qabul qilishdan oldin ijtimoiy fikrni (va OAVning munosabatini) puxta o‘rganadi. Agar ular o‘z holicha ish ko‘rib, ommalashmagan qonunni qabul qilsalar, keyingi saylovlarda ishsiz qolishlari mumkin (chunki ular qayta saylanmaydi). O‘zbekistonda saylov rasmiy tusga ega va deputatlarga ovoz berish jarayoni unga qo‘yiladigan haqiqiy talablarga mos darajada o‘tkazilmaydi.

Ayrim hollarda hukumat, masala shunchalik muhim va serqirraki, u bo‘yicha barcha kishilar ovoz berishi zarur deb qaror qiladi. Bu referendum deyiladi.

Masalan:
Saylovchilarning yoshi bo‘yicha referendum: «Saylovchining eng kichik yoshini 16 yoshgacha pasaytirish kerakmi?» (Ha/Yo‘q)

— Men uchun referendum — yomon fikrga o‘xshaydi. Muammoni anglab olish uchun hammaga tafsilotlarni tushuntirish o‘ta murakkab masala.
— Senga shunchaki ovoz berish natijalari yoqmaganligi sababli shunday gapiryapsan!

Kichik mamlakatlarda, masalan, Shveysariyada, ko‘pgina masalalar referendum yo‘li bilan hal qilinadi. Shveysariya tizimi — zamonaviy bevosita demokratiya misoli.

Ko‘pchilik bilan hal qilamiz

Demokratiyalarda asosan oddiy tizim ishlatiladi: g‘olib ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. Biroq ba’zan ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan qaror ko‘pchilikning fikrini aks ettirmaydi. Masalan:
— Biz bir etak muzqaymoq xarid qilishimiz mumkin. Qanday ta’mlisini tanlasak bo‘ladi?
— (Ikki kishi) Vanilli!
— (Bir kishi) Shokoladli!
— (Bir kishi) Qulupnayli!
— (Bir kishi) Pistali!
— Vanilliga ikkita ovoz berildi, vanil ta’mlisi yutdi.
— (Ikki kishi) Ha-a-a!
— (Qolganlar) Lekin ko‘pchiligimiz boshqachasini istagan edik!

Davomi: Hokimiyat bilan bo‘lishish

--

--

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store