Siyosat nima?
Published in

Siyosat nima?

Fuqarolarning mitinglari, yig’ilishlari va namoyishlari haqida

Agar sen hukumat biror-bir noto‘g‘ri ish qilmoqda deb o‘ylasang, bu haqda e’lon qilish usullaridan biri — o‘zgartishlarni talab qiluvchi ommaviy chiqishlar, ommaviy norozilik bildirish hisoblanadi. So‘nggi asr mobaynida bunday noroziliklar ko‘p bo‘lgan. Biroq, doim shuni yodda tutki, hukumat ommaviy noroziliklarni ma’qullamaydi va buning uchun seni qamoqqa olishlari mumkin.

Fuqarolarning mitinglari, yig‘ilishlari va namoyishlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi o‘z qonuniy huquqlarini amalga oshirish uchun tinch yo‘l bilan mitinglarni o‘tkazishga ruhsat beradi, lekin masalan, davlat sektori obro‘siga putur yetkazish maqsadidagi mitinglar (bu nimani anglatishidan qat’iy nazar) taqiqlanadi. Ruhsat etilgan yoki taqiqlangan narsalar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot uchun qonunga murojaat qilinsin.

Mitingga qo‘shilishdan avval e’tiborli bo‘lish va yaxshilab o‘rganib chiqish zarur, chunki ayrim hollarda tayyorgarlikdan o‘tgan kishilar fuqarolarni mitingga jalb qilish uchun ularni yo‘ldan urishi va ommaviy usullardan foydalanishi (olomonga yoqish uchun ijtimoiy muammolarni tez va oson hal qilishga va’da berishi) mumkin. Sen nimani (hukumatdan) istayotganingni va nima uchun keskin choralar qo‘llayotganingni aniq bilishing kerak.

Noroziliklar tarixidan:

Martin Lyuter Kingning mashhur nutqi: Mening orzuim bor (ingliz va rus tilida).

Bizga ovoz berish huquqi va mehnat qilish huquqi kerak!

Qayerda va qachon: 1960-yillar, AQSh
Janubiy shtatlarda qora tanlilarga oq tanlilardan alohida past toifa odamlaridek yashashga to‘g‘ri kelgan. Ularning noroziliklari qora tanlilarning huquqlari uchun kurashuvchi Inson huquqlari uchun harakatga aylandi.

Norozilik: Vashingtonga qaratilgan marsh, 1963 yil

Keyin nima bo‘ldi: Inson huquqlari uchun harakat 1965 yilda Saylov huquqlari to‘g‘risidagi qonunning va boshqa kamsitishga qarshi qonunlarning qabul qilinishiga olib keldi.

1960-yillarda fuqarolar huquqlari uchun Harakatning muvaffaqiyatga erishishiga qaramay AQShda qora tanlilar baribir tengsizlikdan aziyat chekadi. “Qora hayotlar muhim” harakati politsiyachilarning afroamerikaliklarga nisbatan zo‘ravonligi va boshqa kamsitish shakllariga qarshi chiqadi.

Gandi o’z izdoshlari bilan yurmoqda (1930)

Biz mustaqillikni istaymiz!

Qayerda va qachon: 1930-yillar, Hindiston (o‘sha vaqtda Britaniya mustamlakasi)

Norozilik: Hindistonda tuz ishlab chiqarishni britaniyaliklar nazorat qilardi, va Maxatma Gandi ismli siyosatchi jinoyat sodir qilish: tuz zarrachalarini terish uchun dengiz bo‘yidagi marshga boshchilik qildi. Norozilik belgisi sifatida qonunni buzish fuqarolik bo‘ysunmaslik harakati deyiladi.

Keyin nima bo‘ldi: Gandini qamoqqa olishdi, lekin biroz o‘tgach ozod qilishdi. Norozilik yillari boshlanib, ularning natijasida Hindiston mustaqillikka erishdi.

Bizga demokratiya bering!

Qayerda va qachon: 1980-yillar, Xitoy

Norozilik: 1989 yilda talabalar Pekindagi Tyananmen maydonida demokratiya uchun miting uyushtirdilar.

Keyin nima bo‘ldi: Xitoy kommunistik hukumati norozilarning ustiga tanklarni yurgizdi, ko‘p odamlar halok bo‘ldi. Xitoy baribir demokratik davlatga aylanmadi, biroq vaqt o‘tishi bilan kapitalizmga o‘tdi.

1989 yilda maydonda voqealar

Davomi: Inqilob

--

--

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store