Siyosat nima?
Published in

Siyosat nima?

Hokimiyat bilan bo‘lishish

Qarorlarni qabul qilish va bajarish uchun vakillar birga ishlashlari zarur. Bir kishi yoki guruh juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib qolmasligi uchun, ko‘pchilik demokratiyalarda hokimiyat vakolatlari tarmoqlar deb ataladigan uch qismga bo‘linadi.

Ijrochilik hokimiyati
Bevosita ijro etadi hamda qonunlar va ko‘rsatmalarning ijro etilishini nazorat qiladi.

Ko‘pincha bu bir kishi (prezident yoki bosh vazir) bo‘lib, unga ma’muriyat yoki hukumat a’zolari yordam beradi.

Odatda ijrochilik hokimiyati yangi qonunlarni ma’qullashi va taklif etishi mumkin, biroq ularni yarata olmaydi. Bu qonunchilik tarmog‘ining vazifasi …

Qonunchilik hokimiyati
Yangi qonunlarni qabul qiladi, eskilarini bekor qiladi (mana shu qonunchilikdir) va siyosiy yo‘nalishni — jamiyatni qurish g‘oyalarini muhokama qiladi.

Qonunchilik tarmog‘ini odatda o‘z maslaklariga ko‘ra guruhlarga — siyosiy partiyalarga bo‘linadigan saylangan vakillar tashkil qiladi. Turli partiyalardagi kishilar odatda bir-birining fikriga qo‘shilmaydi. Diktatorlik rejimlariga ega mamlakatlarda partiyalar rasman faoliyat yuritadi va demokratiya ko‘rinishini hosil qilish uchun yuqoridan kelgan ko‘rsatmalar asosida bahsli mavzularni oldinga suradi.

Sud hokimiyati
Boshqa ikki tarmoq tomonidan qonun-qoidalarning, ayniqsa mamlakat konstitutsiyasining buzilmasligini nazorat qiladi.

Shuningdek mamlakatning barcha aholisi, shu jumladan uning hukumati ham aynan bir xil qonunlarga amal qilishini yoki bir xil jazo olishini ham nazorat qiladi.

Odatda sud hokimiyati sudyalar — tajribali huquqshunoslarning unchalik katta bo‘lmagan guruhidan tashkil topgan bo‘lib, ular saylanmaydi, balki tayinlanadi.

Hokimiyatning uch tarmog‘i qanday hamkorlik qiladi

Qonunchilik tarmog‘i ichida yangi qonunlar muhokama etiladi …

— Bizda chiqindilar juda ko‘payib ketgan! Ishlab chiqaruvchilar kamroq o‘ram materiallaridan foydalanishlari uchun qonun qabul qilish kerak degan taklif bor. Kelinglar, ushbu fikrni muhokama qilamiz.

— Juda yaxshi fikr, chunki…
— Bundan kim manfaat ko‘radi?
— Kelinglar tajriba o‘tkazib ko‘ramiz.
— Bu yomon fikr, chunki…
— Men qo‘shilaman!
— Qo‘lingizda qanday dalillar mavjud?
— Kishilar haqiqatan ham shuni xohlaydimi?
— Qandaydir nomuvofiq ishga o‘xshaydi.

Kishilar “siyosat” so‘zini eshitganda aynan ushbu jarayon qismi haqida o‘ylashni boshlaydilar.

Muhokamalardan so‘ng ovoz berish o‘tkaziladi.
— Sizning fikringiz?
— Ha!
— Yo‘q!

Ijrochilik tarmog‘i (prezident yoki bosh vazir) tomonidan ma’qullangan qonun kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasi uning ijrosini nazorat qiladi.

Sud tarmog‘i hech kim yoki hokimiyat tarmog‘i ko‘ngli istagan ishni qilmasligi ustidan nazorat olib boradi.

Davomi: AQShdagi demokratiya

--

--

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store