Immigratsiya nima?

Azamat Shamuzafarov
Nov 6 · 3 min read

Boshqa mamlakatga yashash uchun ko‘chib o‘tuvchi odamlar immigrantlar deyiladi. Sabablar turlicha — iqlimni o‘zgartirishdan boshlab to eng yaxshi ishlash imkoniyatlarigacha bo‘ladi. Urush va boshqa baxtsizliklar tufayli o‘z mamlakatidan ketganlarni qochoqlar deb ataymiz. Immigrantlardan farqli ravishda qochoqlar ortiqcha tanlovga ega bo‘lmaydi.


Immigrantlar Rossiyada

Immigrantlar
Pasport nazorati vaqtida:

— Men yangi tilni o‘rganishni va yangi madaniyatga qo‘shilishni istayman.

— Men ta’til vaqtida sevib qoldim va bu yerga birga yashashimiz uchun ko‘chib keldim.

— Menga chet elda ishlashni taklif qilishdi.

— Vatanimda doim yomg‘ir yog‘adi, men esa quyoshni sevaman.

Turkiya bilan chegarada suriyalik qochqinlar

Qochoqlar
Pasport nazorati vaqtida:

— Mening mamlakatimda urush ketyapti. Men o‘zim va oilam uchun xavfsiz joy qidiryapman.

— Men — gomoseksualman. Mening mamlakatimda bunday munosabatlar taqiqlangan. Oila qurish uchun u yerdan ketishimga to‘g‘ri keldi.

— Men hukumatni tanqid qilganim uchun mamlakatim rahbariyati meni dushman deb e’lon qildi. Endi menga ulkan xavf tahdid solmoqda!

AQSh prezidenti Donald Trump Meksika bilan chegarada katta devor qurish tarafdori

Istalgan kishi immigrant bo‘la olmaydi, qat’iy qoidalar mavjud. Mamlakatlar o‘ziga duch kelgan yangi yashovchilarni qabul qilishni xohlamaydi. Mamlakatga ko‘chib kelganlarning huquqlari kamroq, masalan ular ovoz bera olmaydi yoki bepul davolana olmaydi. Qochoqlar o‘z vatanida ularga tahdid solayotgan xavf mavjudligini isbotlashiga to‘g‘ri keladi. Va hatto shundan keyin ham ular oddiy uylarda emas, balki lagerlarda yashashga majburlar. Ko‘pincha qochoqlar birdaniga ko‘p bo‘lishi va mamlakatlar ularning hammasini qabul qilishga tayyor emasligi sababli shunday bo‘ladi.

Immigrantlar mahalliy aholidan “ish tortib oladi” degan tashvishlar asosida mashhurlikka erishishga intiladigan partiyalar mavjud. Siyosatchilar shuningdek muxojirlarga ishonchsizlik — ksenofobiyadan ham foydalanishi mumkin.

Ushbu qo‘rquvlarning katta qismi asossiz, lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Ayrim hollarda chet elliklar haqiqatan ham jinoyat sodir qiladi, ko‘chib kelgan mamlakatning odatiy madaniyatini va me’yorlarini o‘zgartirib, o‘z bilganicha yashaydi. Buning sababi ular ish topishga yoki yangi jamiyatga qo‘shilishga qiynaladi, chunki tilni bilmaydi hamda turmush tarzi va taraqqiyot darajasi jiddiy farqlanishi mumkin bo‘lgan yiroq mamlakatlardan ko‘chib kelgan.

Boshqa tomondan, AQSh, Kanada yoki Avstraliya kabi mamlakatlar immigrantlar tomonidan tashkil etilgan, shu sababli, ba’zi hollarda chet eldan ko‘chib kelganlar mamlakatning barcha fuqarolari uchun umumiy farovonlikka katta hissa qo‘shishi mumkin. Omadga qarab.

Irqchilik — ayrim irqlarni boshqalaridan ustun qo‘yadigan mafkura. Irqchilik qarashlariga qo‘shiladigan kishilar boshqa irq vakillariga yomon munosabat bildirishga moyildir. O‘ziga nisbatan irqchilik munosabatlarini his etish uchun ko‘chmanchi bo‘lish shart emas — oilang asrlab shu mamlakatda yashashi va baribir irqchilik tahqirlanishlariga duch kelishi mumkin, va faqat unga emas. Irqchilik asosan AQSh muammosi hisoblanadi.

Oq va alohida rang uchun alohida ichimlik, AQSh, 1955 yil

Davomi: Ozchilik vakillar — bu yomonmi?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade