Imperiyaning hokimiyati

15 asrdan boshlab ayrim Yevropa mamlakatlari butun dunyoda yerlarni bosib olar ekan, ulkan davlatlarga — imperiyalarga aylandi. Ular tomonidan bosib olingan mamlakatlar o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lib, mustamlakalarga aylandi.

Ushbu xaritada 20 asr boshidagi asosiy Yevropa mustamlakalari ko‘rsatilgan.

Imperiyalar mustamlakalarni boshqarishda turli usullarni qo‘llaganlar, masalan:

Bevosita boshqaruv
Imperiya hukumati mustamlaka ishlarini bevosita boshqaradi. Masalan, Fransiya mustamlakalarini boshqarish masalalari bilan Fransiya markaziy hukumati shug‘ullangan.

Bilvosita boshqaruv
Imperiya hokimiyati rahbarlarni mahalliy aholi orasidan, buyruqlarga quloq soluvchilarni tanlab olgan. Britaniya imperiyasi Hindistonda shu zaylda ish ko‘rgan.

Ko‘chmanchilar hokimiyati
Yevropaliklar mustamlakalarga ko‘chib borib, u yerda mahalliy aholi istaklarini e’tiborga olmay o‘z hukumatini tashkil qilar edi. Masalan, britaniyaliklar Janubiy Afrikada shu tarzda ish ko‘rgan.

Imperiyalar va zo‘ravonlik

Odatda, imperiyalar harbiy kuch yordamida qurilar, hamda mustamlakalarda avtoritar boshqaruv o‘rnatilar edi. Yevropaliklar o‘z madaniyati va turmush tarzi mustamlakalardagi hayotdan ustun turadi deb hisoblar hamda qoloq xalqlarni “madaniylashtirish”ni o‘z burchi deb bilar edi. Aslida esa ular mustamlaka mahsulotlarini va foydali qazilmalarini olib ketish orqali o‘z boyligini ko‘paytirish, shuningdek boshqa imperiyalar bilan kurashish uchun o‘z armiyasini kuchaytirish istagida bo‘lgan.

Imperiyalar mustamlakalar ustidan hokimiyatni saqlab qolish uchun ko‘p usullarga ega edi.

Til va din
Barcha hukumat hujjatlari mustamlakachi mamlakat — metropoliya tilida olib borilgan. Bu nazoratni osonlashtirar hamda mahalliy aholini bosqinchilarning tilini o‘rganishga majburlar edi. Shuningdek metropoliya madaniyati o‘rnatilib, aholiga yangi din singdirilar edi.

Mantiqsiz chegaralar
Imperiyalar mahalliy aholining fikrini e’tiborga olmasdan chegaralar to‘g‘risida o‘zaro shartnomalar tuzardi. Ko‘pincha bir tilda so‘zlashuvchi kishilarni yangi hududiy chegara bir-biridan ajratib qo‘yardi.

Yerlarni bosib olish
Boy ko‘chmanchilar eng yaxshi yerlarni o‘zlashtirib olgan. Bu ularning boyligini yanada ko‘paytirib, mahalliy aholining pul topish imkoniyatini yo‘qqa chiqarardi.

Yangi dushmanlar
Mustamlakaviy ma’muriyat ko‘pincha etnik yoki diniy ozchilik orasidan rahbarlarni tayinlar edi. Natijada qolgan guruhlar ulardan nafratlanar edi.

Imperiyalar nihoyasi

Mustamlakalar ozodlik uchun uzoq kurash olib bordi. 20 asrda dunyoda imperiyalar — yaxshi boshqaruv shakli emasligini anglash boshlandi. Biroq, sobiq mustamlakalar mustaqillikka erishgan bo‘lsa ham hanuz mustamlakachilikning oqibatlaridan aziyat chekmoqda.

Davomi: Demokratik jarayon

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Shahnoza Raimjanova

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz