Inqilob
Mamlakat aholisi hukumatdan hokimiyatni tortib olganda inqilob yuz beradi. O‘zbekistonda bu taqiqlangan! Ba’zan ular tinch tarzda, lekin ko‘pincha kuch yordamida amalga oshiriladi.

O‘tmishda qanday inqiloblar bo‘lib o‘tgan
Eronda 1970-yillarda ommalashmagan nodemokratik hukumat bo‘lib, fuqarolar undan oddiy usul bilan qutula olmaganlar.
Shuningdek, bu keskin inqiroz tufayli ro‘y berib, u xalqning nafratini shu qadar oshiradiki, xalq shakllangan tartibga ortiq chiday olmaydi. Masalan, 1780-yillarda Fransiyada shunday bo‘lgan:
— Non narxlari osmon qadar ko‘tarilib ketdi! Kishilar och!
— Soliqlar haddan ziyod yuqori!
— Zodagonlar va qirol Lyudovik oliftagarchilik bilan mashg‘ul, biz esa ochlikdan o‘lyapmiz!

Fransuz inqilobi 1789 yilda boshlandi. 1793 yilda qirol Lyudovik 14-chi qatl etildi.

Bundan tashqari, ish g‘alaba uchun jonini berishga tayyor kishilarsiz bitmaydi. 1953 yilda Kubada Fidel Kastro isyonchilarni hukumatga qarshi kurashga chorlaganda shunday bo‘lgan. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi yoki asirga tushdi va qiynoqlarga solindi. 1959 yilda Kastro askarlariga o‘z maqsadiga erishish nasib qildi.
Ayrim hollarda armiya va politsiya isyonchilar tomoniga o‘tadi. 2010 yilda Tunisda shunday bo‘lgan: Tunis armiyasi prezidentga qarshi noroziliklar vaqtida namoyishchilarga o‘q otishdan bosh tortdi.

Ayrim hollarda inqilobga xarizmatik (o‘ziga tortuvchi) rahbar boshchilik qiladi va kishilarni jangga kirishga hamda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishga ilhomlantiradi. Masalan: Tussen-Lyuvertyur (Gaiti qo‘zg‘oloni, 1890-yillar), Emiliano Sapata (Meksika qo‘zg‘oloni, 1910 y.), Vladimir Lenin (Buyuk Oktabr inqilobi, 1917 y.).
Insonlar eski hukumatni nima bilan almashtirish kerakligini anglashlari ham juda muhim. Demokratiya bilanmi? Kommunizm bilanmi? Yangi tizimlar mustahkam bo‘lmasligi, bunday o‘zgarishlarning natijasi esa yoqimsiz bo‘lishi mumkin, chunki hokimiyat zo‘ravonlik bilan almashtirilganda ko‘pincha ayrim muttahamlar o‘rnini boshqa muttahamlar egallaydi.

