Inqilob

Azamat Shamuzafarov
Nov 3, 2019 · 2 min read

Mamlakat aholisi hukumatdan hokimiyatni tortib olganda inqilob yuz beradi. O‘zbekistonda bu taqiqlangan! Ba’zan ular tinch tarzda, lekin ko‘pincha kuch yordamida amalga oshiriladi.

1979 yil Islom inqilobidan oldin Eron yoshlari

O‘tmishda qanday inqiloblar bo‘lib o‘tgan

Eronda 1970-yillarda ommalashmagan nodemokratik hukumat bo‘lib, fuqarolar undan oddiy usul bilan qutula olmaganlar.

Shuningdek, bu keskin inqiroz tufayli ro‘y berib, u xalqning nafratini shu qadar oshiradiki, xalq shakllangan tartibga ortiq chiday olmaydi. Masalan, 1780-yillarda Fransiyada shunday bo‘lgan:

— Non narxlari osmon qadar ko‘tarilib ketdi! Kishilar och!
— Soliqlar haddan ziyod yuqori!
— Zodagonlar va qirol Lyudovik oliftagarchilik bilan mashg‘ul, biz esa ochlikdan o‘lyapmiz!

Fransuz inqilobi 1789 yilda boshlandi. 1793 yilda qirol Lyudovik 14-chi qatl etildi.


Fidel Kastroning Kubadagi g’alabasi (1953)

Bundan tashqari, ish g‘alaba uchun jonini berishga tayyor kishilarsiz bitmaydi. 1953 yilda Kubada Fidel Kastro isyonchilarni hukumatga qarshi kurashga chorlaganda shunday bo‘lgan. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi yoki asirga tushdi va qiynoqlarga solindi. 1959 yilda Kastro askarlariga o‘z maqsadiga erishish nasib qildi.


Ayrim hollarda armiya va politsiya isyonchilar tomoniga o‘tadi. 2010 yilda Tunisda shunday bo‘lgan: Tunis armiyasi prezidentga qarshi noroziliklar vaqtida namoyishchilarga o‘q otishdan bosh tortdi.


Ayrim hollarda inqilobga xarizmatik (o‘ziga tortuvchi) rahbar boshchilik qiladi va kishilarni jangga kirishga hamda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishga ilhomlantiradi. Masalan: Tussen-Lyuvertyur (Gaiti qo‘zg‘oloni, 1890-yillar), Emiliano Sapata (Meksika qo‘zg‘oloni, 1910 y.), Vladimir Lenin (Buyuk Oktabr inqilobi, 1917 y.).

Oktyabr inqilobi haqida qisqacha (rus tilida)

Insonlar eski hukumatni nima bilan almashtirish kerakligini anglashlari ham juda muhim. Demokratiya bilanmi? Kommunizm bilanmi? Yangi tizimlar mustahkam bo‘lmasligi, bunday o‘zgarishlarning natijasi esa yoqimsiz bo‘lishi mumkin, chunki hokimiyat zo‘ravonlik bilan almashtirilganda ko‘pincha ayrim muttahamlar o‘rnini boshqa muttahamlar egallaydi.

Davomi: Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade