Jamiyatni kim boshqaradi

Azamat Shamuzafarov
Nov 7, 2019 · 3 min read

Kim bu yerda boshliq? — katta hamjamiyatlardagi eng murakkab siyosiy savollardan biri. Unga javob berish juda muhim, chunki “boshliq” — rahbar — boshqalarga nima qilish kerakligini aytadi. Ushbu buyruqlarga doim amal qilish zarur deb bo‘lmaydi, biroq kuch va hokimiyat tepasida turgan kishiga “yo‘q” deyishga hamma ham jur’at qila olmaydi.

Qo‘lida kuch bo‘lgan kishi tahdidlar yordamida seni bo‘ysunishga majbur qilishi mumkin:
— Pul ber!
— Nega endi?
— Ber, bo‘lmasa uraman!
— Voy… Pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Xo’sh, pulni qaytarib bering! / Ha! Endi men o’zimni himoya qilish huquqimdan foydalanishim mumkin! / Biz yashayotgan joyni unutdingizmi? / … keyin u qurolimni olib, meni kaltakladi … / Aybdor!

Qo‘lida hokimiyat bo‘lgan kishiga odatda seni bo‘ysundirishga to‘g‘ri kelmaydi, chunki sen qandaydir katta guruhning a’zosisan va ushbu guruh unga senga buyruq berish huquqini bergan:
— Pul ber!
— Nega endi?
— Chunki butun sinf maktab ehtiyojlari uchun pul to‘plashni menga topshirishga qaror qildi.
— A, kechirasan, yodimdan ko‘tarilibdi.
— Unda to‘la!
— Yaxshi, hozir.

Hokimiyat kimning qo‘lida?

Adolatli jamiyatda hokimiyatga ega kishilar oddiy kuchga emas, vakolatlarga ega bo‘lishi kerak. Siyosiy tizim, faqat agar ko‘pchilik kishilar hokimiyat boshqalarga nima qilish kerakligini ko‘rsatish huquqiga ega ekanligiga rozi bo‘lsagina amal qiladi.

Qaysi odamlar senga nima qilish kerakligini gapirishi mumkin? Nima deb o‘ylaysan, ularning qay biri haqiqiy vakolatlarga ega?

Ota-ona: — Nonushtangni yeb qo‘y!
Maktab direktori: — Qo‘llaringni cho‘ntakdan chiqar!
Jamoa sardori: — Menga oshir!
Bosh vazir: — Soliqlarni to‘lab qo‘y!
Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar: — Mening postimga Layk bos!
Qaroqchi: — Qo‘lingni ko‘tar!
Bezorilar: — Poyabzalingni yech!
Uka va singil: — Menga qara! Menga qara!
Politsiyachi: — Hujjatlaringizni ko‘rsating!

Hukumat nima?

Butun davlat kabi juda katta hamjamiyatlarda, “Kim bu yerda boshliq?” degan savolga javob odatda oddiy: hukumat. Hukumat bir kishidan yoki kishilar guruhidan tashkil topishi mumkin, biroq deyarli har doim hamjamiyatni boshqarish yuzasidan oxirgi to‘xtamga kelish ularning zimmasida bo‘ladi.

Hukumatlar bir-biriga o‘xshamaydi.

18-asrning deyarli eng oxirigacha Fransiyani qirol boshqargan. Kishilar qirollarga vakolatlarni Xudoning o‘zi beradi deb o‘ylaganlar. O‘rta asrlarda Italiyaning Siena shahrini boy fuqarolar kengashi boshqargan bo‘lib, uning tarkibi har ikki oyda almashgan. Qadimgi Spartada turli shohlar avlodiga mansub ikki shoh hukmronlik qilgan. Markaziy Afrikada Luba imperiyasini ko‘plab dohiylar va bitta qirol boshqargan.

Hukumatni ifodalovchi kishilar boshqalarga nimani qilish va nimani qilmaslikni ko‘rsatish uchun vakolatlarga ega bo‘lishi kerak. Faqat shu holdagina ularga quloq solishadi. Lekin hukumatning vakolatlari qayerdan olinadi? Ularning manbalari an’analar, oliy kuchlar, ommaviy mashhurlik yoki donishmandlik … bo‘lishi mumkin.

An’ana

Oilamiz bu yerlarni asrlardan beri boshqarib keladi. Mening onam qirolicha bo‘lgan, endi men qirolichaman. Bizning ajdodlarimiz ushbu shaharga asos solishgan.

Mashhurlik

Har besh yilda bizda yangi hukumat saylovi o‘tkaziladi. Eng ko‘p ovoz to‘plaganlar vakolatlarga ega bo‘ladi. Saylovchilarni bizga ovoz berish uchun ishontirishimiz kerak.

Oliy kuchlar

Firavn Xudoga tengdir. Shoh — Xudoning Yerdagi vakili hisoblanadi.

Hatshepsut — Qadimgi Misrning birinchi ayol fir’avni (Miloddan avvalgi 1490 / 1489–1468 yillar e., mil. avv. 1479–1458 e. yoki miloddan avvalgi 1504–1482 yillar. e.)

Donishmandlik

Faylasuflar shoh bo‘lishi kerak. Ular odamlar uchun nima yaxshiligini biladilar. Hukumat faqat eng aqlli kishilardan iborat bo‘lishi zarur.

Agar hukumat vakolatlarga da’vo qilsa, unda buning uchun ishonchli sabab bo‘lishi, va ushbu sababni hamjamiyatdagi ko‘pchilik kishilar (agar hamma bo‘lmasa) tan olishi kerak. Ushbu ikki shart bajarilganda hukumat legitim, ya’ni qonuniy hisoblanadi.

Ba’zan kishilar hukumatning qonuniyligini tan olmaydilar va uni almashtirishni istaydilar. Ular norozilik bildirishlari va islohotlar o‘tkazishni talab qilishlari yoki hokimiyatga yangi hukumatni olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘ntarishni amalga oshirishlari mumkin.

Davomi: Qanday boshqaruv shakllari mavjud

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Politics from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Muhokama qilishni o‘rganamiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade