Katta savollar. Inson huquqlari haqiqatan ham mavjudmi?

Azamat Shamuzafarov
Nov 5 · 1 min read

Siyosiy mafkuralar bitta katta savol bilan mashg‘ul: jamiyat qanday qurilishi kerak? Lekin oddiy kishilarda jamiyat yuzasidan ko‘pincha yanada aniq va tafsilotli savollar tug‘iladi.

Quyida shunday savollardan bir nechtasi, xususan urush oqlangan bo‘lishi mumkinmi, terrorizm nima, so‘z erkinligi nima uchun kerak va nima uchun ayollar huquqlari uchun kurashish zarur degan savollar ko‘rib chiqiladi.


Inson huquqlari haqiqatan ham mavjudmi?

Inson huquqlari — biz inson bo‘lganligimiz uchun hammamizda shunchaki mavjud bo‘lgan huquqlar. Huquqlar deb insonlarning biron ishni bajarish yoki biron narsadan foydalanish — masalan, toza havodan nafas olish imkoniyatiga aytiladi. Ko‘pchilik odamlar har qanday hukumat inson huquqlarini hurmat va himoya qilishi kerak degan fikrga qo‘shiladi.

1950 yil 24 fevralda Nyu-Yorkdagi AQShning vaqtinchalik bosh qarorgohiga tashrifi chog’ida bir guruh yapon ayollar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ko’rib chiqmoqdalar.

1948 yilda BMT Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Unda shunday deyilgan:

Har bir inson adolatli sud, fuqarolik, oila, xususiy hayot, din erkinligi, xavfsiz mehnat sharoitlari, bepul boshlang‘ich ta’lim, boshpana, boshqaruv shaklini tanlash, ko‘chib yurish (bu davlat chegaralarini erkin tark etish imkoniyatini anglatmaydi) huquqiga ega.

Nazariyada inson huquqlari barchada mavjud. Lekin ayrimlar bu yetarli emas deb hisoblaydi. Amaliyotda seni hokimiyatga ega bo‘lgan kimdir himoya qilishi zarur, aks holda inson huquqlari haqidagi gaplar oddiy gapligicha qolib ketadi.

Davomi: Urush oqlangan bo‘lishi mumkinmi?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade