Kim ovoz berish huquqiga ega? Kim esa yo‘q?

Azamat Shamuzafarov
Nov 3, 2019 · 2 min read

Saylovlarda ishtirok etish uchun sening isming saylovchilar ro‘yxatida bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik katta yoshdagi fuqarolar va ayrim fuqaro bulmaganlar ovoz berishi mumkin.

Ovoz berish uchun juda yosh

Fuqaro — bu mazkur mamlakatda tug‘ilgan yoki uning fuqaroligini rasman qabul qilgan kishi.

Men kattaman. Men keyingi saylovda ovoz berishim mumkinmi?

Avstraliyada va ayrim boshqa mamlakatlarda saylovchi shunchaki ovoz bermaydi, balki ovoz berishi shart, aks holda unga jarima solinadi.


Ko‘pchilik mamlakatlarda saylovchi 16 yoshdan kichik bo‘lishi mumkin emas. Lekin ko‘pincha 18 yoshdan boshlab ovoz berish mumkin.

Bolalarni tinglang

— Men nima uchun ovoz bera olmayman?
— Jamiyat bolalar hali yoshlik qiladi va hayotni yaxshi tushunmaydi deb hisoblaydi.
— Men ayrim kattalarga nisbatan ko‘proq bilaman!
— Balki shundaydir, lekin cheklovlarsiz ishlab bo‘lmaydi — axir sen go‘daklar ovoz berishini istamaysanku?
— Nega ertaroq, masalan 14 yoshdan boshlab ovoz berish mumkin emas? Bu yoshda ayrim mamlakatlarda ishlashga ruhsat etiladi (faqat ayrim mamlakatlarda).

Ovoz ber

— Ha, lekin sen soliqlarni to‘lay olishing amri mahol.
— Ishsiz kattalar ham to‘lamaydiku. Lekin ovoz beradi!
— Ishsizlar — bu bekorchilar degani emas. Ko‘pincha bu farzand o‘stirayotgan yoki qariyalarga ko‘maklashayotgan kishilar.
— Agar men buvimga choy olib kelsam, menga ovoz berishga ruhsat berishadimi?
— Ayyor:-) Aslini olganda yosh chegarasini pasaytirish siyosatchilarning manfaatlariga mos kelmaydi. Yoshlar hamma narsani o‘zgartirishni istaydi… shu jumladan siyosatchilarni ham.

Davomi: Ovoz berish huquqi barcha uchun (emas)

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Politics from Siyosat nima?

More on Politics from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade