Kommunizm

20 asrda bir nechta mamlakatlar o‘zida kommunizm deb atalgan yangi boshqaruv tizimini qurishga harakat qildilar. Nazariy jihatdan kommunizm barcha kishilar mol-mulk — oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy bilan o‘zaro teng bo‘lishishi kerakligini nazarda tutar edi. Haqiqatda esa, kommunistik hukumatlar katta o‘zgarishlarga erishganligiga qaramay, ulardan hech biri to‘liq tenglik jamiyatini qura olmadi.

Kommunizm g’alabasiga olg’a!

Nemis faylasufi Karl Marks 1848 yilda chop etilgan o‘zining “Kommunistik partiya manifesti” nomli kitobida kommunizmning asosiy g‘oyalarini quyidagicha ta’rifladi: — Hozirda biz yashayotgan tizim adolatsiz! Ko‘pchilik kishilar — ishchilar — barcha ishni bajaradi. Va juda oz kishilar — kapitalistlar — ishchilar mehnati hisobiga boyiydi va hamma pulni o‘zlashtiradi. Bir kuni ishchilar qo‘zg‘olon qiladi va yovuz kapitalistlarni taxtdan tushiradi!

Kommunistik partiya

Marks g‘oyalaridan ilhomlangan turli mamlakatlardagi kishilar o‘z dohiylari rhbarligi ostida avvalgi, ko‘pincha avtoritar hukumatlarni ag‘darib tashlab, o‘z kommunistik tartiblarini o‘rnatganlar:

  • Vladimir Ilich Lenin (Rossiya) — Xalq komissarlari Kengashi raisi (1917–1924)
  • Mao szedun (Xitoy) — Kommunistik partiya raisi (1949–1976)
  • Fidel Kastro (Kuba) — Kommunistik partiyaning birinchi kotibi (1961–2011)
  • Xo Shi Min (V’etnam) — Kommunistik partiya raisi (1951–1969)
Karl Marks (1875)

Sinfiy kurash

Ishchilar sinfining o‘z dohiylari, masalan Lenin paydo bo‘ldi. Ommaviy chiqishlar — inqilobni uyushtirib, — kommunistlar burjuaziyaning katta qismini qamash, qatl etish yoki surgun qilishga erishdi. Hokimiyatga ishchilar sinfi nomidan chiquvchi (biroq o‘zi doim ham unga mansub bo‘lmagan) yangi rahbarlar keldi. Avval boylarga tegishli bo‘lgan saroylar va uy-joylar hukumatning mulkiga aylandi. U keyinchalik tovarlar va mahsulotlarni fuqarolar o‘rtasida taqsimlash uchun zavodlar, fabrikalar va yerni ham o‘z egaligiga oldi.

Tizimning faoliyati kishilarning halol va bor kuchi bilan mehnat qilishini nazarda tutar edi. Biroq kommunistlarning umidlari kutilgan natijani bermadi.

Hukumat ochlik va urush bilan to‘qnash keldi. Qiyinchiliklarni yengish uchun ular ham totalitar diktatorlar qo‘llagan usullardan foydalandilar, va ba’zan, shafqatsizlikda ulardan ham o‘tib ketdilar…

Vladimir Lenin (1870–1924)

— Lenin? Biz unga eski hukumatni ag‘darishga ko‘maklashdik. Lekin axir yangisi undan durustroqmi?
— Jim! Dohiyni tanqid qila ko‘rma, yo‘qsa seni qamab qo‘yishadi…

Davomi: Imperiyaning hokimiyati

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Shahnoza Raimjanova

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Politics from Siyosat nima?

More on Politics from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade