Siyosat nima?
Published in

Siyosat nima?

Mahalliy siyosat

Siyosiy yangiliklar odatda markaziy hukumat faoliyatiga tegishli bo‘ladi. Bunda kundalik hayot ko‘proq ularning shaharlari va viloyatlaridagi sharoitlarga bog‘liq. Bu mahalliy hukumatlar dunyosi.

Markaziy hukumat:

  • Butun mamlakatga tegishli bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi.
  • Yirik pul mablag‘larini boshqaradi.

Mahalliy hukumat:

  • Unchalik katta bo‘lmagan hududda amal qiladigan qarorlarni qabul qiladi, agar ular mamlakat qonunlariga zid bo‘lmasa.
  • Nisbatan kichik moliyaviy masalalarni hal qiladi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo’jaev mahalliy hokimiyat vakili

Masalan:

Markaziy hukumat yangi binolarni qurish qoidalarini qabul qildi:
— Yangi binolar kamida to‘rt qavatli bo‘lishi zarur.
— 40 yillikdan ortiq daraxtlarni, agar ular bo‘lg‘usi qurilish maydonida joylashgan bo‘lsa kesish mumkin emas.

Mahalliy hukumat aniq binolarning loyihalarini ko‘rib chiqadi:

  • Loyiha kamida to‘rt qavatdan iboratmi?
  • Uning joylashuvi shahrimizning bosh rejasiga mos keladimi?
  • Uning qurilishiga e’tiroz bildirayotganlar ko‘pmi?
  • Bu qurilish shahrimizga pul oqimini jalb qiladimi?
  • Qurilish joyidagi eski daraxtlarni shaharning boshqa qismiga ko‘chirish mumkinmi?
  • Loyihada jinoiy tusdagi ishlar yo‘qmi?

Agar senga birorta qurilayotgan bino yoqmasa mahalliy hukumat(hokimiyat)ga murojaat qilish zarur.

Davomi: Federal siyosat

--

--

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store