Mamlakatni boshqarish

Hukumat mamlakatda nima va qay tarzda ro‘y berishini hal qiladi. Lekin ushbu qarorlarni bajarish siyosatdan uzoq kishilarning, davlat xizmatchilari, yoki amaldorlar deb ataluvchi kishilarning ishi hisoblanadi. Buyuk Britaniyada bu qanday amalga oshishini ko‘rib chiqamiz.

Vazir yoki kotib
(birorta soha, masalan ta’lim uchun javob beruvchi mahkama a’zosi)
G‘oyalarni, masalan maktab kiyimiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi g‘oyani amaliy takliflarga aylantirish bo‘yicha javob beradi.

Amaldorlar
Qonunning xomaki loyihasiga aniq chora-tadbirlar kiritadilar. Ular ta’lim sohasidagi ekspertlarning fikrini eshitadilar.

Kimdir qiyin mem tushuntirishni so’radi. Men: Meme Expert.

Ekspertlar
Bir nechta ekspertlar avval boshidan xomaki loyihalar ustida ishlaydi; so‘ngra boshqa ekspertlar hujjatni o‘qib chiqib, o‘z o‘zgartishlarini taklif qiladi.

Amaldorlar
Amaldorlar xomaki loyihadan qonun loyihasini ishlab chiqadi.

Parlament
Deputatlar qonun loyihasini muhokama qiladilar va uni qonun sifatida qabul qilish kerakligi yuzasidan ovoz beradilar:
— Ekspertlar o‘smirlar o‘zini namoyon qilishlari kerak deyishmoqda. Kelinglar, erkin maktab kiyimi uchun ovoz beramiz.
— Safsata! O‘smirlar maktabga o‘zini namoyon qilish uchun emas, balki o‘qish uchun qatnaydilar.

Amaldorlar
Agar qonun loyihasi qonungacha o‘sib yetsa, amaldorlar uni o‘qituvchilarga tushuntiradilar…

Maktablar
Maktablar yangi qonun talablariga javob berish uchun ta’lim jarayoniga o‘zgartishlar kiritadi.

Maktab o’quvchilari endi eng yomoni orqada deb o’ylashadi

Notanish yo‘llarda

Kundalik boshqaruv funksiyalarini amaldorlar bajaradigan tizim byurokratiya deb ataladi, u grek tilida “stol ortidagi kishilarning hokimiyati” degan ma’noni beradi. Byurokratiyada amaldorlar kimga yordam berishi kerak, ularning nima qila olishi va nima qila olmasligi bo‘yicha qat’iy qoidalar mavjud bo‘ladi. Biroq bu tizimni tushunish ba’zan ancha mushkul…

— Allo! Ko‘chamdagi asfaltda chuqurcha bor. Uni tuzatish kerak.
— Ha, albatta. Kutib turing, sizni kerakli bo‘lim bilan ulayman…

— Siz hokimiyatga pasport va manzil bilan kela olasizmi?
Ha.

— Siz K bo‘limga uchrashishingiz kerak. U G bino ko‘k hududining 5.2. qavatida joylashgan.
— Ha, biz yo‘llar bilan shug‘ullanamiz. Biroq siz N/12 shaklni to‘ldirishingiz lozim. Foyeda ish qog‘ozlarini berish stoliga uchrashing.

— Kechirasiz, hozir mutaxassis yo‘q, u chiqib ketgandi. Qachon kelishini aytolmayman. Ertaga keling.

— (byurokratlar bilan ish qilgandan ko‘ra chuqurchaga chidagan yaxshiroq…)

Mashhur «filkina gramota (savodsizlarcha yozilgan)» iborasi bo‘sh, hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan qog‘ozni bildiradi. Afsuski, byurokratiya amaliy ishlar o‘rniga ko‘pincha shunday qog‘ozlarni o‘ylab topish bilan shug‘ullanadi. O’zbekistonda arizalarni topshirish uchun maxsus saytdan foydalaniladi. Lekin amaldorlar o‘z ishini buyurtmalar qabul qilish va ularni qayta ishlash to‘g‘risidagi hisobotlar tuzishdan iborat deb o‘ylaydi, garchi bu umuman muammoning talab darajasida hal etilganligini anglatmasa ham.

Davomi: Mahalliy siyosat

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Politics from Siyosat nima?

More on Politics from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade