Men feministmanmi?

Azamat Shamuzafarov
Nov 6 · 1 min read

Inson huquqlari universaldir. Lekin ayrim kishilar guruhlari, hatto juda kattalari ham kamsitilishni boshdan kechirishi mumkin. Masalan, o‘tmishda ayollar va qizlarda erkaklar va o‘g‘il bolalardagi huquqlar bo‘lmagan, va bu ayrim joylarda hozirgi kunda ham saqlanib qolgan.

Biz xalqmiz.

Quyida erkaklar va o‘g‘il bolalarga qaraganda ayollar va qizlarni ko‘proq tashvishga soladigan savollar keltirilgan, — ular ko‘p jihatdan qaysi mamlakatda yashayotganiga bog‘liq.

  • Qaysi sport jamoasiga a’zo bo‘lishim mumkin?
  • Men sinfda so‘z ochsam, gapim bo‘linadimi?

Akalarim olgan ta’limni men ham olishim mumkinmi?

  • Katta bo‘lganimda qaysi kasbni tanlashim mumkin?
  • Oladigan ish haqim erkak hamkasblarim bilan bir xilmi?

Kimga turmushga chiqishni va farzand ko‘rish-ko‘rmaslikni hal qila olamanmi?

  • Zo‘ravonlikdan xavfsirashim kerakmi?

Ayollar va qizlarning huquqlari buzilgan deb tan oladigan hamda ular erkaklar va o‘g‘il bolalar bilan teng huquqlarga ega bo‘lishi kerak deb hisoblaydigan kishilar feministlar deyiladi. Agar sen ham ularning fikriga qo‘shilsang, demak sen ham feministsan, garchi ayol kishi bo‘lmasang ham.

Feminizm tarixi (rus tilida)

Davomi: Sayyora uchun kim javob beradi?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade