Nima uchun ayrim mamlakatlar kambag‘al?

Azamat Shamuzafarov
Siyosat nima?
Published in
3 min readNov 5, 2019

Kambag‘allar barcha mamlakatlarda uchraydi, lekin ayrim mamlakatlarda nochorlar juda ko‘p, kishilar o‘zining eng kerakli ehtiyojlarini ham qondira olmaydi. Bu ko‘p — tabiiy ofatlardan boshlab jamiyat va boshqaruvdagi muammolargacha bo‘lgan sabablarga ega.

Фото (с) Дима Қаюм

Iqtisodiy inqiroz
Pul, ish joylari va mahsulot ishlab chiqarishning harakatlanishi — bu iqtisodiyot. Agar iqtisodiyot zaiflashsa, kishilar ishsiz qoladi.

Poraxo‘rlik
Poraxo‘r siyosatchilar budjet mablag‘larini o‘g‘irlashi mumkin. Bundan tashqari, ular odatda mamlakatni durust boshqarmaydi, chunki o‘g‘irlik bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Urush
Urush olib borish, urushdan keyin mamlakatni tiklash kabi katta mablag‘ni talab qiladi.

Tabiiy falokatlar
Ular uy-joy va zavodlarni barbod qilib, insonlarni kambag‘allikka mahkum qiladi.

Nima uchun ayrim mamlakatlar boshqalarga nisbatan boyroq?

Nima uchun ayrim kishilar ovqatni to‘yib yemaslik darajasida nochor bo‘lib turganda, boshqalar shu mamlakatning o‘zida o‘ta qimmat soat yoki zeb-ziynatlarni bemalol sotib oladi? Buning sabablari ko‘p.

Pul pulni tug‘diradi
Hayoting boshida puling qancha ko‘p bo‘lsa, uni ko‘paytirish shuncha oson bo‘ladi. Shu tarzda, boy oilalar vaqt o‘tishi bilan yanada boyib boradi.

Omad
Ayrimlar kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishga oddiygina erishadi. Masalan, unchalik katta bo‘lmagan kompaniyaga uning shiddatli o‘sishidan oldin kelib qolish.

Ta’limning yetishmasligi
Yaxshi ta’lim va ko‘nikmalar kishilarga yuqori haq to‘lanadigan ishga erishishga imkon beradi. Ta’lim narxi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda boy bo‘lmagan kishilarga kambag‘allikdan chiqib ketish qiyinroq kechadi.

Kambag‘allar yaxshiroq ishlasa boyib ketadi deb hisoblovchi siyosatchilar mavjud. Boshqalar jamiyat boylarni o‘z daromadlari bilan bo‘lishishga majburlashi kerakligiga ishonadi.

Boy mamlakatlar kambag‘allariga yordam berishi zarurmi?

Muvaffaqiyatli mamlakatlarning hukumatlari ko‘pincha kambag‘alroq mamlakatlarning hukumatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatadi, bu chet el yordami deyiladi. Lekin bu jo‘n masala emas…

— Men boy mamlakat hukumati vakiliman.
— Men kambag‘al mamlakat — sizning sobiq mustamlakangiz hukumatidanman.
— Mamlakatingiz qiyin ahvolda ekanligidan, va bunda doim ham o‘zi aybdor emasligidan xabardormiz. Biz yordam bermoqchimiz.
— Mayli. Biroz tahqirli, lekin. Bizlarga pul kerak, yangi elektr stansiya quramiz.
— Nima deyapsiz, mayda yozilgan shartlarni o‘qimadingizmi? Biz elektrostansiyalar tabitga ziyon keltiradi deb hisoblaymiz. Pulimizni ularga ishlatish mumkin emas.
— Lekin bu bizning pullarku! Axir uni bizga berdingiz. Uni qanday ishlatishni yaxshiroq bilamiz!
— Kechirasiz, lekin bu ishga mas’uliyat bilan yondoshishingizga ishonmaymiz. Biz pulni tabiatni qo‘riqlashga sarflashingizni istaymiz.
— Bir daqiqa. Hukumatingiz bu yerda foydali qazilmalarni qazib olganda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun haq to‘lashni istamaysizmi?
— Menimcha, sizlarga umuman pul berishning hojati yo‘q. Hukumatingiz poraxo‘r, shu sababli mablag‘larning yarmi o‘z manziligacha yetib bormaydi.
— Agar pul orqali bizga qanday yashash kerakligini buyurmoqchi bo‘lsangiz ularning keragi yo‘q!

Davomi: Terrorizm nima?

--

--