Siyosat nima?
Published in

Siyosat nima?

Ovoz berish huquqi barcha uchun (emas)

Ayrim hollarda ovoz berish huquqini qo‘shishga to‘g‘ri keladi. Ushbu sxemada sen hukumatlar qanday qilib asta-sekin ayollarga va boshqa bu huquqdan mahrum kishilarga ovoz berishga ruhsat berganlarini ko‘rasan.

19 asr
19 asrning demokratik mamlakatlarida faqat erkak jinsidagi ko‘chmas mulk egasi ovoz berishi mumkin bo‘lgan. Ya’ni faqat ta’minlangan erkaklargina ovoz berganlar.

Asr o‘rtalariga kelib bu qoida deyarli barcha joyda bekor qilindi. Fransiyada 1848 yilga kelib ham boy, ham kambag‘al erkaklarga ovoz berishga ruhsat etilgan. Ayollarga yana deyarli 100 yil kutishga to‘g‘ri keldi.

1893 yil, Yangi Zelandiya
Barcha kattalar, shu jumladan ayollar ham ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakat.

1893 yil 28-noyabrda Tahakopaning Janubiy Otagodagi kichkinagina saylov uchastkasida ayollar birinchi marta ovoz berishmoqda.

1906 yil, Finlyandiya
Ayollarga saylash va saylanish imkonini bergan birinchi Yevropa mamlakati.

1929 yil, Ekvador
Janubiy Amerikada ayollar uchun saylash huquqini bergan birinchi mamlakat.

1931 yilda Shri-Lanka

1931 yil, Shri- Lanka
Ayollar ovoz bergan Osiyoning ilk mamlakati. 1960 yilda Shri-Lankada ilk bor ayol kishi bosh vazir lavozimini egalladi.

1945 yil, Senegal va Togo
Afrikaning teng saylash huquqiga ega birinchi mamlakatlari. To‘g‘ri, u yerda saylovlar Fransiya nazorati ostida o‘tkazilgan, axir ular mustamlaka bo‘lgan …

Ozodlikka erishish

Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlakalar ommaviy ravishda mustaqillikka erisha boshladi. Ushbu jarayon ozodlikka erishish deb ataladi.

1947 yil, Pokiston va 1950 yil, Hindiston
Hindiston va Pokiston 1947 yilgacha Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. So‘ngra ular ikkita mustaqil davlatga ajraldi. Ko‘p o‘tmay ayollar ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi.

1960 yil, Kanada
Kanada tub aholisi — u yerda yevropaliklar kelguniga qadar yashagan kishilarning avlodlari, — faqat 1960 yilga kelib ovoz berish huquqiga erishdi.

Prezident Lindon Jonson, Martin Lyuter King Kich. va Roza Parks 1965 yil 6 avgustda Ovoz berish huquqlari to’g’risidagi aktni imzolashda.

1965 yil, AQSh
Nazariy jihatdan qora tanlilar 19 asrdayoq saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, biroq ayrim shtatlardagi irqchilik qonunlari ularga ovoz berish imkonini bermasdi. 1965 yilda saylov huquqlari to‘g‘risidagi Qonun e’lon qilindi va u butun mamlakatda qora kishilarning ovoz berish huquqini himoya qilar edi.

1967 yil, Avstraliya
Mahalliy tub aholi ovoz berish huquqini qolgan Avstraliya aholisiga nisbatan ancha kech qo‘lga kiritdi.

1994 yil, JAR
Oq janubiy afrikaliklarga ko‘proq huquqlarni beruvchi aparteidning irqchilik tizimi bekor qilingach, qora tanlilar umumiy saylovlarda ovoz berish huquqini qo‘lga kiritdi.

Sufrajistkalar

19–20 asrlarda saylov huquqi uchun kurashgan ayollar sufrajistkalar deb atalgan. Ular turli usullardan — o‘zlarini siyosatchilar uylarining devorlariga kishanlab qo‘yishdan tortib to derazalarni sindirish va portlovchi moddalarni ishlatishgacha bo‘lgan usullardan foydalanganlar.

Ayollar urushda

Ikkinchi jahon urushi davrida ayollar urushga ketgan erkaklarning mehnatini bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Bu ularning ovoz berish huquqi uchun olib borgan kurashining yanada ommaviylashuviga olib keldi. Lekin, masalan, rus ayollari Fevral inqilobidan so‘ng, 1917 yildayoq, ingliz ayollari — Birinchi jahon urushidan so‘ng, 1928 yilda, fransuz ayollari esa — Ikkinchi jahon urushi yakunlanishidan oldin, 1944 yilda ovoz berish huquqini qo‘lga kiritgan.

Frantsuz ayollar saylov huquqi, 21 aprel (1944)

Irqchilik va saylov huquqi

Ayrim boshqa guruhlarda — masalan, AQShda qora tanlilar va indeeslarda — tarixan ovoz berish imkoniyati bo‘lmagan. Butun dunyoda irqidan qat’iy nazar barcha kishilarning teng huquqli bo‘lishi uchun uzoq va qattiq kurash olib borilgan. Nelson Mandela JARdagi ilk haqiqiy demokratik saylovlarda prezident etib saylangan edi.

Davomi: Saylov — nozik masala

--

--

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store