Plyural va majoritar tizimlar

Azamat Shamuzafarov
Nov 3, 2019 · 2 min read

Ushbu saylov tizimlari doirasida ovoz berish nisbiy yoki mutloq ko‘pchilik tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan. 80 ga yaqin mamlakat, shu jumladan AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Nigeriya va Hindiston ushbu tizimlardan birini qo‘llaydi.

Mutanosib tizim birdaniga ko‘p vakillarni saylash imkonini beradi, plyural va majoritar tizimlar esa yagona g‘olibni aniqlashda yaxshi usul hisoblanadi. Bu masalan, prezident saylovi uchun qo‘l keladi.


Prezident saylovlarini tasavvur qiling. Uchta partiyadan uchta nomzod mavjud. Har biri muayyan ovozlar foizini to‘plagan.

  • Ko‘k — 31%
  • Sariq — 34%
  • Qizil — 35%

Qizil plyural tizimda g‘olib bo‘ldi. Lekin bu saylovchilarning yarmidan ortig‘i g‘olib nomzodiga ovoz BERMAGANLIGINI anglatadi.

Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida ikkinchi tur o’tkazilishi kerak edi.

Majoritar tizimda Ko‘k boshqalarga nisbatan kam ovoz to‘plaganligi sababli birinchi turdan so‘ng chiqib ketadi. Ikkinchi turda Sariq Ko‘k nomzod ovozlarining katta qismini olishi hamda garchi birinchi turda Qizilga qaraganda kamroq ovoz to‘plagan bo‘lsa ham saylovda Qizilni yutib chiqishi mumkin.

Nima yaxshiroq?

To‘liq mukammal saylov tizimlari mavjud emas, har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Quyida bir necha shunday dalillarni keltiramiz:

  • Plyural tizimlar ozchilik hukumati va koalitsiyalarning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaganligi sababli boshqalarga nisbatan afzalroq. Hukumatning barcha a’zolari bir partiyaga mansub bo‘lganda unga qarorlarni qabul qilish osonroq bo‘ladi.
  • Osonroq bo‘lishi mumkin, lekin plyural tizimlar ko‘pincha adolatsiz. Ko‘pchilik kishilar mag‘lub bo‘lgan partiyalarga ovoz bergan va ularning ovozlari shunchaki behuda ketgan bo‘lishi mumkin.

  • Ha, majoritar tizimlarda bunday muammo mavjud emas. G‘olib doim 50 %dan ortiq ovoz to‘playdi, demak saylovchilarning kamida yarmi o‘z vakilini ilgari suradi, garchi u dastlab o‘z mo‘ljalidagi kishi bo‘lmasa ham.
  • Axir bu kichik partiyalarga nisbatan adolatsizlik emasmi, kim ular nomidan vakillik qiladi? Mutanosib tizimda kichik partiyalarga berilgan ovozlar hech bo‘lmaganda o‘z-o‘zidan chetga chiqarib yuborilmaydi.
  • Balki ularni aynan chetga chiqarib yuborish kerakdir. Kichik partiyalar ba’zan ekstremizmga va keskin qarashlarga moyil bo‘ladi.
  • Bilasizmi, yirik partiyalar ham bundan, ayniqsa ko‘chib kelgan muxojirlar singari ozchilikka nisbatan aziyat chekadi.
  • Ha, lekin mutanosib tizimda xavfli qarashlarga ega aniq deputatlarni saralash qiyin, chunki ovoz berish umuman partiyaga aloqador bo‘ladi. Qanday qilib muayyan siyosatchiga qarshi ovoz berish mumkin?
  • Bu partiyaning ichki ishi hisoblanadi. Ular partiyaga isnod keltirayotgan nomzodlardan qutulishi kerak, hatto saylovlarni kutish ham shart emas!
Milliy tiklanish partiyasi shov-shuvli Kobul Dusovni nomzodlardan chiqarib yubordi
  • Ushbu tizimda haddan tashqari ko‘p narsa partiyalarga bog‘liq. Hamma narsa chalkashib ketgan, juda ko‘p “lekin” uchraydi. Plyural va majoritar tizimlarda esa saylovchi aniq kishilarga ovoz beradi hamda g‘olib faqat bir kishi bo‘ladi. Hammasi oddiy.

Davomi: Siyosiy o‘zgarishlar

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade