Saylov — nozik masala

Azamat Shamuzafarov
Nov 3, 2019 · 2 min read

Odatda ovoz berish oson va oddiy o‘tadi. Garchi quyida keltirilgan misol kabi og‘ir holatlar yuz bersa ham. Lekin tashvishlanma, bunday usullar juda kam qo‘llanadi va ular deyarli hamma joyda noqonuniy hisoblanadi.

  1. Saylov natijalarini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar senga tahdid qilishi mumkin…
  2. Yoki seni pora bilan o‘z tomoniga og‘dirishga urinadi.
  3. Hatto ovoz berilgandan so‘ng ham natijalar kafolatlanmagan. Masalan, maxsus xizmat xodimlari xavfsiz tashib berish bahonasi bilan natijalarni olib ketishi va yo‘lda kerakli javoblarga o‘zgartirishi yoki “noto‘g‘ri” ovozlarni yo‘q qilishi mumkin.
  4. Saylovchilar saylov uchastkalariga muvofiq ovoz beradilar. Ba’zan siyosatchilar saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish uchun uchastka chegaralarini o‘zgartiradi. Ular chegaralarni u yerda yashaydigan kishilarning istak-xohishlariga muvofiq o‘zgartirishlari mumkin.

Saylovni qanday qilib qutqarish mumkin

Ovoz berish xavfsiz va erkin bo‘lishi uchun hokimiyat turli byulletenlardan foydalanadi va kuzatuvchilarni taklif qiladi.

Shaxssiz byulletenlar
Agar ovoz berish yashirin bo‘lsa, ya’ni byulletenda ism-sharif ko‘rsatilmasa, g‘irrom siyosatchilarga seni qo‘rqitish qiyin bo‘ladi — chunki ular sen kimga ovoz berganingni bilmaydi.

Saylovlardagi kuzatuvchilar
Ovoz berish o‘tkazilayotgan joylarda maxsus kishilar navbatchilik qilib, ular byulletenlar qanday tushirilayotganligi va ovozlar qanday sanalayotganligini kuzatishi mumkin. Ayrim hollarda ular xalqaro tashkilotlar, masalan IXHT tomonidan yuboriladi. Biroq bu ham kafolat hisoblanmaydi, chunki agar nufuzli mamlakatlar mamlakat joriy rahbariyati bilan o‘zaro manfaatli shartlarda kelishib olgan bo‘lsa, siyosatchilarga joriy hokimiyatni almashtirish manfaat keltirmaydi va “mustaqil” kuzatuvchilar qoidabuzarliklarga ko‘z yumadi, negaki ular yuqori amaldorlar tomonidan boshqarilayotgan rahbariyatdan pul oladi.

OAVning sinchkov nazari

Agar jurnalistlar hukumat, siyosatchilar va boshqa muhim shaxslarni sinchkovlik bilan kuzatib borsalar, bu saylovchilarni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan saylovdagi qallobliklar haqida ogohlantirishga yordam beradi. Masalan, 1970-yillarda jurnalistlar AQSh prezidenti Richard Nikson saylov kampaniyasi vaqtida muxoliflarni kuzatishga buyruq berganligini aniqlaganlar. Uni iste’foga chiqishga majbur qilishgan, so‘ngra yangi saylov o‘tkazilgan.

Biroq bu hamma vaqt ham yordam beravermaydi. Rossiyada o‘tkazilgan prezident saylovlarida tartibotning haqqoniyligini ta’minlash uchun har bir uchastkada kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Lekin, saylovdan so‘ng qoidabuzarliklar aniqlangach, sud videokameralardagi yozuvlar dalil-isbot bo‘la olmasligini tan oldi, shunday qilib, hammasi behuda ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlar yordamida oddiy kishilar ham o‘z hissasini qo‘shishi — noqonuniy yoki g‘irrom saylovoldi o‘yinlar: qo‘rqitish, natijalarni buzish yoki saylovchilarni pora bilan o‘ziga og‘dirish haqidagi axborotlar bilan bo‘lishishi mumkin.

Davomi: Saylov tizimlari

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Muhokama qilishni o‘rganamiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade