Saylov tizimlari

Azamat Shamuzafarov
Nov 3, 2019 · 2 min read

Har bir mamlakatda o‘z saylov tizimi — partiya saylov natijalariga ko‘ra parlamentda qancha joyga ega bo‘lishini, hukumat qanday shakllantirilishini va h.k. belgilovchi qoidalar to‘plami mavjud. Bu kabi tizimlarning uch turi mavjud: mutanosib, majoritar va plyural.

Moskvada soat 12: 00da saylovchilarning 3,6 foizi ovoz berdi. Uyda bo’lganingizda, 3,6% odamlar sizni kim boshqarishini hal qilishadi.

Mutanosib tizim

Mutanosib tizim butun dunyodagi umumiy saylovlarda ishlatiladi. Unda siyosiy partiya erishgan parlamentdagi joylar soni to‘plangan saylovchilar ovozlari ulushiga mutanosib bo‘ladi. Mutanosib tizimning u yoki bu shaklini 90 dan ortiq mamlakatlar, shu jumladan Germaniya, Shvesiya, Italiya, JAR va Yaponiya qo‘llaydi.

Faraz qilamiz, to‘rt partiya parlamentdagi 500 ta joy uchun kurash olib bormoqda. Ovoz berish natijalari quyidagicha bo‘ldi:

  • Ko‘k partiya — 10%

Mutanosib tizimga ko‘ra har bir partiya o‘z ovozlar ulushini oladi:

  • Ko‘k partiya — 50 ta joy

Haqiqatda hammasi birmuncha murakkab. Ko‘pgina mamlakatlar kichkina partiyalarni o‘tkazmaslik uchun o‘tish ostonasini o‘rnatadi. Masalan, 5%dan kam ovoz to‘plagan partiyalar parlamentda umuman joy olmaydi. Ularning joylari boshqa nisbatan yirik partiyalar o‘rtasida maxsus formula bo‘yicha taqsimlanadi.

O’zbekistonda proportsional ovoz berish tizimi qo’llaniladi. Saylov oldidan mustaqil nomzodlar qo’yilmaydi.

Saylov tizimlarining turlari (rus tilida)

Ozchilik hukumati

Partiya, garchi joylarning yarmini to‘plamagan bo‘lsa ham hukumatni shakllantirishi mumkin. Mutanosib tizimda bu kam uchraydi, chunki hukumatga bunday kichik tafovut bilan birorta qarorni qabul qilish qiyin.

Masalan, agar Qizil partiya o‘z hukumatini shakllantirgan bo‘lsa, boshqa tomonlar uning qonunlarini qabul qilmaslik uchun birlashishi mumkin.

Parlamentning yarmidan kam qismiga tayanuvchi hukumat ozchilik hukumati deb ataladi. Odatda ular unchalik samarali emas. Biroq boshqa yechim ham mavjud…

Birgalikda ishlash

Mutanosib tizimda eng keng tarqalgan hukumat ko‘rinishi — koalitsion hukumat hisoblanadi. Bunday hukumat ikki va undan ortiq partiyalarning vakillaridan tashkil topadi. Koalitsiyani ko‘pincha siyosiy qarashlari yaqin bo‘lgan partiyalar tashkil etadi. Koalitsiyani shakllantirish voz kechishlar va murosaga kelishlarni taqozo qiladi. Koalitsiyalar hatto katta kelishmovchiliklarga ega partiyalar o‘rtasida ham vujudga kelishi mumkin.

Davomi: Plyural va majoritar tizimlar

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Politics from Siyosat nima?

More on Politics from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade