Saylov va ovoz berish

Saylov e’lon qilingach, unda ishtirok etishni istagan kishilar saylanish uchun — o‘z nomzodlarini qo‘yadilar.

Ma’lum bir saylov natijalariga ko‘ra g‘olib kishi butun mamlakat ustidan hokimiyatga erishadi. Boshqa saylovlarda g‘olib chiqqan nomzod kichikroq ob’ektlarni boshqarishi mumkin.

Prezident Obama Xillari Klinton kampaniyasida nutq so’zlamoqda

Mer (xokim) lavozimiga nomzod minglab (kam hollarda — millionlab) insonlarga ma’qul kelishi kerak. O‘zbekistonda hokim (mer)lar saylanmaydi, ularni prezident tayinlaydi. Prezidentlikka nomzod millionlab fuqarolarni ishontirishi zarur.

Ko‘pincha (lekin har doim emas) nomzodlar siyosiy partiyadan — o‘xshash maqsadlar va qarashlarga ega kishilar guruhidan saylanib, ular mahalliy hokimiyat organlari yoki markaziy hukumat darajasidagi hokimiyat uchun kurash olib boradi. Dunyodagi mavjud partiyalarni ko‘rib chiqamiz:

Osiyo
🇮🇳 Hindiston: Bxaratiya Djanata Parti, Hind milliy kongressi.
🇯🇵 Yaponiya: Demokratik partiya, Liberal-demokratik partiya.
🇰🇷 Janubiy Koreya: Koreya Demokratik partiyasi, «Ozod Koreya» partiyasi.
🇺🇿 O‘zbekiston: Adolat, O‘zLiDeP, Milliy tiklanish, Xalq-demokratik partiya, Ekologik harakat.

Afrika
🇿🇦 JAR: Afrika milliy kongressi, Demokratik alyans.
🇬🇭 Gana: Milliy demokratik kongress, Yangi vatanparvar partiya.
🇩🇿 Jazoir: Milliy ozodlik fronti, milliy demokratik birlashma.

Yevropa
🇫🇷 Fransiya: Sotsialistik partiya, respublikaliklar, Olg‘a, respublika!
🇩🇪 Germaniya: Sotsial-demokratik partiya, Xristian-demokratik ittifoq.
🇬🇧 Buyuk Britaniya: Leyboristlar partiyasi, konservatorlar, liberal demokratlar.

Shimoliy va Janubiy Amerikalar
🇦🇷 Argentina: Xustisialistlar partiyasi, Fuqarolar radikal ittifoqi.
🇺🇸 AQSh: respublikaliklar, demokratlar.
🇲🇽 Meksika: Institutsional-inqilobiy partiya, Demokratik inqilob partiyasi.

Partiyalar o‘z ramzlariga ega, masalan O‘zbekistonning «Adolat» partiyasi atirgul, Britaniya konservatorlari — daraxt, liberal demokratlar esa — qushni tanlagan.

Saylovlargacha bo‘lgan davrda nomzodlar va ularning partiyalari saylovchilarni ularga ovoz berishga ishontirishga harakat qiladilar. Ushbu jarayon saylov kampaniyasi deb nomlanadi. Partiyalar dasturlar — g‘alabaga erishgan holat uchun harakatlar dasturini tayyorlaydi.

Saylov uchastkasi

Avval nomzodlar partiya dasturini tushuntiradilar. Masalan, agar partiya yutib chiqsa, u barchaga bepul sog‘liqni saqlash yoki professional harbiy xizmatni va’da qiladi.

Nomzodlar intervyu beradi va insonlar bilan uchrashish uchun mamlakat bo‘ylab safarlarga chiqadi. Biroq odamlar har doim ham ularni ko‘rishdan quvonavermaydi.

Saylov kuni saylovchilar byulletenda o‘zlariga yoqqan nomzodni belgilaydilar. Ayrim mamlakatlarda bir necha nomzodlarni ularning yoqimlilik tartibi bo‘yicha belgilash yoki barchasiga qarshi ovoz berish mumkin.

Barcha ovozlar sanab bo‘lingach, g‘oliblar e’lon qilinadi, hamda yutib chiqqan nomzodlar siyosatchi bo‘lib ishlashni boshlaydi. Bu lavozimga kirishish deyiladi. Ba’zan saylovdan so‘ng bir necha oy kutishga to‘g‘ri keladi.

Afsuski, zamonaviy ovoz berish usullari mukammal emas va g‘irrom obro‘li siyosatchilarga qo‘l keladigan ovoz berish jarayoni buzilishlari ham uchrab turadi. Biroq, hukumatlar saylovni halol o‘tkazish kafolatini oshirish uchun blokcheyn kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga shoshilmayapti, chunki bu ko‘pincha ularning manfaatiga mos kelmaydi.

Rossiya Prezidenti saylovida ovoz berish

Davomi: Sening ovozingni kim oladi?

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Politics from Siyosat nima?

More on Politics from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade