Sening ovozingni kim oladi?

Odamlar o‘z tanlovini turlicha amalga oshiradi. Kimdir uchun asosiy narsa — bu uning aniq nomzod haqidagi fikri, masalan u nima qilgan yoki qilishni va’da qilayotganligi hisoblanadi, lekin yanada o‘ziga xos sabablar ham mavjud.

VEEP bo’yicha AQSh ayol prezidenti

— U bizning tumanda shifoxona qurilishiga yordam ko‘rsatdi.
— Menga uning maktablardagi sportni ommalashtirish haqidagi fikrlari yoqadi.
— Men uning Feysbukdagi sahifasiga yozilganman, unga ovoz beraman.
— Men ko‘rgan fotosuratda uning yuziga ketchup surtilib ketgan edi. Unga ovoz bermayman.
— Menga esa uning chehrasi mehribon bo‘lib ko‘rinmoqda.

Biroq kishilar ko‘pincha birorta siyosiy partiyaga hamnafas bo‘ladi va har safar faqat unga ovoz beradi. Har kimning o‘z sabablari mavjud.

O’zLiDeP partiyasi a’zolari tort tayyorlashdi

— Mening oilam doim shu partiyaga ovoz bergan. Bu mening Menimni bir qismidir.
— Men bilan umumiy qadriyatlarga va tasavvurlarga ega partiyaga ovoz beraman.
— Mening shahrimda hamma bizning partiyaga ovoz beradi, bu an’ana.
— Men haqimda ko‘proq qayg‘uradigan partiyaga ovoz beraman.

Goho bir, goho boshqa partiyaga ovoz beruvchi saylovchilar noaniq nuqtai nazarli kishilar deyiladi (bu yomon degani emas).

Ehtimol hamma odamlar partiyalarga va siyosatchilarga (va shunchaki odamlarga) nisbatan ishlatilgan “o‘ng” va “so‘l” atamalarini eshitgan bo‘lsa ajab emas. Ayrim partiyalar o‘zini o‘nglarga yoki so‘llarga dahldor deb e’lon qiladi. Boshqalari esa, bunday bo‘linish allaqachon eskirgan deb hisoblaydi.

Xarakterli so‘l g‘oyalar

  • Kishilar, ayniqsa boylar ko‘proq soliq to‘lashi kerak.
  • Davlat asosan transport va sog‘liqni saqlash sohasida yaxshi natijalarga erishadi.
  • Hukumat zaif va ezilganlarning huquqlarini himoya qilish uchun qonunlarni qabul qilishi zarur.
  • Jamiyat o‘zgarishi, adolatliroq bo‘lib borishi kerak.

Xarakterli o‘ng g‘oyalar

  • Soliqlar past bo‘lishi kerak.
  • Kishilar va xususiy biznes qanday yashashni hukumatdan yaxshiroq biladi.
  • Hukumat insonlar hayotiga kamroq aralishishi kerak.
  • An’anaviy qadriyatlar muhim va juda tezkor ijtimoiy o‘zgarishlar zararli bo‘lishi mumkin.

Agar juda soddalashtirilsa, so‘llar kambag‘al va ijtimoiy muhofaza qilinmaydigan kishilarning manfaatlarini himoya qiladi; o‘nglar — boy va tadbirkorlarning manfaatlarini o‘ylaydi.

Ko‘pchilik kishilarning fikrlari bularning o‘rtasiga yaqin — ularga qaysidir so‘llarning fikri, qaysidir o‘nglarning fikri yoqishi mumkin. Ko‘plab partiyalar umuman bunday bo‘linishga sig‘maydi.

Siyosiy partiyalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Ba’zan, agar partiya ichida norozilik bo‘lsa, u bir necha yangi partiyalarga ajralishi mumkin.

Shuningdek bir masalali partiyalar ham bo‘ladi, ularni aniq narsa, masalan tabiat muhofazasi qiziqtiradi.

Davomi: Kim ovoz berish huquqiga ega? Kim esa yo‘q?

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Muhokama qilishni o‘rganamiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade