Siyosat nima?

Kishilar, mamlakatga kimlar va qanday rahbarlik qilayotganligi to‘g‘risida fikr yuritganda ko‘pincha «siyosat» so‘zini ishlatadilar. Biroq, aslida istalgan kishilar guruhi tomonidan qabul qilinayotgan mutlaqo barcha qarorlarning o‘zi siyosat hisoblanadi.

Sport jamoasi misolida ko‘rib chiqamiz.

Uning umumiy maqsadlari mavjud:

  • o‘yinlarda g‘alabaga erishish,
  • salomatlikni mustahkamlash,
  • …va vaqtni quvnoq o‘tkazish!

…biroq barcha ishtirokchilar ham bunga erishishda yagona nuqtai nazarga ega emas.

— Haftasiga besh kun mashq qilish zarur.
— Bu nimasi! Mening musiqa mashg‘ulotlarim bor!
— Kelinglar, bizga mening dadam murabbiylik qiladi?!
— Yo‘o‘o‘q, yaxshisi murabbiylikka biror mashhur insonni taklif qilamiz!

Jamoa a’zolari bir-birining fikriga qo‘shilmasligi mumkin, lekin biror narsaga erishish uchun o‘zaro hamkorlik qilishga majburlar.

Shunday qilib, jamoa maqsadga erishish uchun eng yaxshi qarorni qabul qildi. Mana shu eng haqiqiy siyosatdir!

Odatda, guruhlar qaror qabul qilish usullarini ishlab chiqadilar. Masalan, jamoa, o‘zinchilarning joylashuvi haqidagi barcha qarorlarni uning sardori qabul qiladi deb kelishib olishi mumkin:
— Xo‘sh, bu safar siz ikkalangiz himoyada turasiz.
— Men qarshimasman.
— Yaxshi.

Bunday usul siyosiy tizim deb nomlanadi.

Ba’zan jamoa a’zolari tizimni o‘zgartirishga qaror qiladi:
— Endi men sardor bo‘laman.
— Yo‘q, hozir meni navbatim!
— Umuman, sardor bizga nimaga kerak?

Bu ham siyosat hisoblanadi.

Sport jamoasi kabi guruhlarni hamjamiyatlar deb hisoblash mumkin. Hamjamiyat tomonidan qabul qilingan qarorlar hammaga va har qachon ham yoqavermaydi.

Kishilar janjallashmasligi uchun qarorlarni qabul qilish tizimi zarur. Va bunda siyosat yordam beradi.

Siyosat har yerda

«Siyosat» deganda kishilarning ko‘z oldiga odatda, kundalik hayotning istalgan voqeasi siyosat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta hamjamiyatlar, butun mamlakatlar keladi.

Maktabda nimani o‘rgatish kerak? Maktabga qatnash majburiymi? O‘qituvchilar uchun pul yetarlimi? Maktabda o‘qish uchun pul to‘lash kerakmi? Universitetdachi? Barchaga ham chet tilini o‘rganish zarurmi? Xususiy OO‘Yulariga ruhsat beriladimi?

Xogvarts qayerda? — Shu yerda.

Adovatli mamlakatlar bilan savdo qilish mumkinmi? Har doim ham boshqa mamlakatlarga yordam berish arziydimi? Nizolarda kimning tarafini olgan ma’qul?

Qanday holatda urush boshlanadi? Tinchlik davrida armiya nima bilan shug‘ullanadi? Armiya professional yoki bepul bo‘lishi kerakmi?

Shifokorlar va shifoxonalar xizmatlariga kim haq to‘lashi kerak? Qariyalarni parvarish qilishni kim ta’minlaydi? Avval kambag‘allikni yengib, so‘ngra sog‘liqni saqlash bilan shug‘ullanish yaxshiroq bo‘larmidi? Tish shifokorining qabuli pullik bo‘lishi kerakmi? Shifokorlarning kasb mahorati qanday nazorat qilinadi?

Avtomobil egalari uchun soliqlarni oshirish zarurmi? Oziq-ovqatni boshqa mamlakatlardan olib kelish arziydimi? Shamol elektrostansiyalarini qancha miqdorda qurish kerak? Plastik xaltachalar pullik bo‘lishi kerakmi? Elektr energiyasini tejagan kishilarga pul berish kerakmi? Iqlim o‘zgarishi bilan kurashish zarurmi, hatto bu iqtisodiyotga zarar keltirganda ham? Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalar qanday bo‘lishi kerak?

Ishsizlik nafaqasini to‘lash zarurmi? Ota-onalar maktab ta’tili davrida ta’tilga chiqish huquqiga egami? Qanday ish haqi adolatli hisoblanadi? Mamlakatimizga chet ellik kishilarning ishlashga kelishi to‘g‘rimi? Kishilar qaysi yoshda nafaqaga chiqishi kerak? Ishsizlikni qanday qisqartirish mumkin?

Transportda yurish bolalar uchun bepul bo‘lishi kerakmi? Qaysi yoshda avtomobilni boshqarish mumkin? Shahrimizga yangi aeroport kerakmi? Velosiped haydovchilari himoyaviy bosh kiyimni kiyishlari zarurmi? Nima uchun shaharda to‘rt qatorlik yo‘llar mavjud? Bu bizga qanday yordam yoki zarar beradi?

Nima uchun jamiyatda bundan tengsizlik mavjud? Kishilar qanday soliq to‘lashi kerak? Kishilar farovonligini qanday oshirish mumkin? Hukumat tomonidan narxlarni nazorat qilish zarurmi? Kimlar bankdan kredit olishi mumkin? Markaziy bank mamlakatdagi boshqa banklarga qay darajada kuchli ta’sir o‘tkazishi zarur?

Xonadonni ijaraga olish juda qimmat emasmi? Uysizlarga qanday yordam berish zarur? Bizda xonadonlar yetarlimi? Uy-joy qurilishiga kim javob berishi kerak? Uyga ro‘yxatga qo‘yishni bekor qilish kerakmi?

Ro‘znomalar ko‘ngliga kelgan narsani chop etishi mumkinmi? Oynai jahonda nima ko‘rsatilishini kim hal qiladi? Sayyohlarni ko‘proq jalb qilishni istaymizmi? Yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga qanday qiziqtirish mumkin? Muzeyga kirish uchun haq olish kerakmi? Fonogramma bilan qo‘shiq aytishni konsert deb bo‘ladimi?

Politsiyachilar qurol olib yurishi lozimmi? Chekishni man qilish adolatlimi? Jinoyatchi qamoqxonada qancha muddat jazo o‘tashi kerakligini kim hal qiladi? Kimlar nikoh qurishi mumkin? Politsiyachi oilaviy ishlarga aralashishi zarurmi?

Davomi: Jamiyatni kim boshqaradi

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Politics from Siyosat nima?

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade