Siyosiy mafkuralar
Siyosatchilar saylanishi uchun va’dalar berishi kerak. Masalan, ular jamiyatni yaxshiroq va adolatliroq qiladi. Turli partiyalardan chiqqan siyosatchilar so‘zda taxminan bir xil narsani istaydi: har bir kishida, u boy yoki kambag‘al oilada tug‘ilganidan qat’iy nazar hayotda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.

Biroq siyosatchilar va siyosiy faylasuflarning e’tiqodlari, yoki mafkuralari muvaffaqiyat nimaligi va jamiyat haqiqiy adolatli bo‘lishi uchun uni qanday tashkil etish kerakligi bo‘yicha katta farq qiladi.
Ijtimoiy muammolar va ularning yechimlari
Siyosatchilar eng og‘ir ishni — hamma narsani hamma uchun yaxshiroq va imkon qadar tezroq qilishga harakat qilishni o‘z zimmasiga oladilar. Ular ko‘pincha cheklangan mablag‘lar yordamida bir-biriga o‘xshamaydigan qiziqishlarga va ehtiyojlarga ega turli guruhlarning ko‘nglini olishga urinadi.
— Nima uchun oliy ta’limga shuncha mablag‘ sarflanadi, o‘rta maktab esa hech narsa olmaydi? Maktabda OO‘Yu ga nisbatan ko‘proq fuqarolar tahsil oladi.

Siyosatchining ishi jonglyorlik san’atiga o‘xshaydi. Har bir shar jamiyat uchun muhim bir masalani ifodalaydi. Qo‘lingdagi sharlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ulardan birining tushib ketish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.
Yechimlarni izlash
Siyosatchilar va siyosiy faylasuflar jahon muammolarini yechishga turlicha qaraydi.


Davomi: So‘l — o‘ng, katta — kichik

