Siyosiy o‘zgarishlar

Azamat Shamuzafarov
Nov 3, 2019 · 3 min read

Senga yoqmaydigan hukumat o‘zgarishi uchun keyingi saylovlarni kutishga to‘g‘ri keladi, biroq ovoz berish — siyosiy o‘zgarishlarga erishishning yagona usuli emas.

Bir milliondan oshiq odamlar Santyagoda (Chili) norozilik namoyishi (2019)

Shuningdek, muayyan masala bo‘yicha siyosatchining nuqtai nazariga ta’sir ko‘rsatishga, uni ushbu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlash kelgusi saylovlardagi ovozlarga ta’sir qilishiga ishontirishga urinib ko‘rish mumkin. Ko‘p usullar — o‘z vakillariga xatlarni yuborishdan (shu jumladan ijtimoiy tarmoq orqali) boshlab norozilik namoyishlarini tashkil qilishgacha bo‘lgan usullar mavjud.

O‘ta keskin vaziyatlarda, masalan diktatura sharoitlarida yashayotgan bo‘lsang, mamlakat siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirish uchun yanada qattiq va notinch choralardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Yodda tut, notinch choralarning qonunlar bilan taqiqlanganlik ehtimoli juda yuqori va seni qamoqqa olishlari ham ancha tayin!


Siyosatchilarga bosim o‘tkazish

Saylovlar orasidagi davrda tashabbuskor guruhlar hukumat va siyosatchilarni yangi qonunlarni qabul qilishga yoki mavjudlarini o‘zgartirish lozimligiga ishontirishga harakat qiladilar. Ushbu guruhlar quyidagilardan iborat:

Manfaatlar guruhlari
Muayyan kasb yoki ijtimoiy holatga mansub alohida kishilar guruhining — alohida tarmoq xodimlarini (o‘qituvchilar, shaxtachilar, uchuvchilar va h.k) ifodalovchi kasaba birlashmalari (advokatlar, shifokorlar va h.k.), sanoat guruhlari — avtoishlab chiqaruvchilar yoki tamaki kompaniyalari, kasaba uyushmalarining ehtiyojlariga qarab jamlanadi.

Faollar
Ijtimoiy muammolarga jamlangan. Istagan kishi qatnashishi mumkin: tabiat himoyachilari va umumjahon iliqlashuv bilan kurashuvchilar (Yovvoyi tabiat jamg‘armasi, Grinpis), kambag‘allik bilan kurashish bo‘yicha guruhlar (Islom yordami, Oksfam), fuqarolik huquqlari uchun kurashuvchilar (Xalqaro amnistiya, Bolalarni muhofaza qilish jamg‘armasi).

Bosim o‘tkazish usullari:

  • Noroziliklarni tashkil qilish (batafsil ma’lumot uchun Fuqarolarning mitinglari, yig‘ilishlari va namoyishlari to‘g‘risidagi Qonunga qarang)
  • Arznomalar ostida imzolarni to‘plash
  • Qonunlar yuzasidan tortishish uchun huquqshunoslarga haq to‘lash
  • G‘oyalarni ommaviylashtirish va hamfikrlarni qidirish uchun reklamani ishga tushirish
  • Chiqishlarga mashhur kishilarni jalb qilish
  • Siyosatchilar bilan uchrashuvlar va muhokamalarni tashkil qilish
  • OAVni jalb qilish

Yo‘lakdagi bekorchilar

Siyosatchilar va amaldorlarga turli masalalar bo‘yicha ta’sir ko‘rsatishni lobbilash deb ataladi. «Lobbi» atamasi (inglizchadan tarjima qilinganda “yo‘lak”) Britaniya parlamentidagi yo‘laklarga borib taqaladi, u yerda deputatlar va lordlar muhokamalardan avval o‘zaro fikr almashgan.

Tashabbuskor guruhlar ko‘pincha professional lobbichilarni yollaydilar. Kimda pul ko‘proq bo‘lsa o‘sha kishining gapiga ko‘proq quloq tutishadi, demak lobbilash adolatdan yiroq turadi. O‘zbekistonda lobbilash qonuniylashtirilmagan bo‘lib, bu obro‘li kishilarga siyosatchilar bilan o‘z masalalari doirasida gaplashishga xalaqit bermaydi. Ba’zi hollarda lobbilashga poraxo‘rlikni qonuniylashtirish deb qaraladi. Boshqalar esa barchasi yashirin emas, balki rasmiy va madaniy tarzda amalga oshirilgani yaxshi deb hisoblaydilar, lekin u baribir mavjud.

Agar manfaatlar guruxi boy va nufuzli bo‘lsa, u demokratiyaga qarshi bo‘lishi mumkin. Bu hukumat barcha saylovchilarning emas, balki unchalik katta bo‘lmagan kishilar guruhining ko‘nglini olishini anglatadi. Masalan, hukumat daraxt kesganlik uchun jazoni oshirmaydi, chunki bu boy bizneschilarning manfaatiga mos keluvchi yangi uy-joy qurilishini murakkablashtiradi.

Davomi: Fuqarolarning mitinglari, yig’ilishlari va namoyishlari haqida

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib…

Azamat Shamuzafarov

Written by

Siyosat nima?

Biz yoshlarga siyosat haqida tushunarli tilda gapirib beramiz

More From Medium

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

More on Uzbekistan from Siyosat nima?

Fuqaro sifatida nima qila olasiz?

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Jamiyatni kim boshqaradi

More on Siyosat from Siyosat nima?

More on Siyosat from Siyosat nima?

Muhokama qilishni o‘rganamiz

Welcome to a place where words matter. On Medium, smart voices and original ideas take center stage - with no ads in sight. Watch
Follow all the topics you care about, and we’ll deliver the best stories for you to your homepage and inbox. Explore
Get unlimited access to the best stories on Medium — and support writers while you’re at it. Just $5/month. Upgrade